Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  1. Rektor nomiga ariza;
  2. O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asli;
  3. 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  4. Pasportning nusxasi;
  5. 3,5x4,5 sm hajmdagi 6 ta rasm.

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 20 iyulgacha taqdim etishlari shart aks holda undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

Abiturient hujjatlarining to‘liqligi tekshirilgandan so‘ng web kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abiturientlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Suratga tushmagan abiturientning hujjatlari qabul qilinmaydi.

Abiturientlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilib olinadi va qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi.

Abiturientlar quyidagi fanlar bo’yicha test sinovlari topshiradilar:

  • Matematika (informatika)
  • Chet tili (Fizika - “Informatika va axborot texnologiyalari” yo’nalishlari uchun)
  • Ona tili va adabiyoti

 

— "2016/2017-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida"gi PQ 2534-sonli qaror
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 118-sonli qarori
— Test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom
— Ikkinchi oliy ta'lim muassasasi sufatida belgilanishi mumkin bo‘lgan oliy ta'lim muassasalari, ta'lim yo‘nalishlari va ta'lim tili bo‘yicha qabul kvotalari ro‘yxati

Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi