Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     
Qo'shimcha ma'lumotlar


"Chilonzor" akademik litseyi

TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litseyi 1992 yilda tashkil topgan Respublika iqtisodiyot litseyi bazasida 1999 yilda tashkil etilgan. Davlat byudjeti va Koreya Respublikasi hukumati krediti loyihasi asosida fizika (1 komplekt), kimyo (1 komplekt), biologiya (1 komplekt), informatika (2 ta kompyuter sinfi), lingafon (2 komplekt) o‘quv xonalari jihozlangan.

TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litseyiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 10 sentyabrdagi 406-sonli “1999-2005 yillarda litseylararo va kasb-hunar kollejlarining moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda mablag‘ bilan ta’minlash” to‘g‘risidagi qaroriga asosan “TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litseyi” maqomi berilgan.


Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi

TDIU qoshidagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi (bundan keyin qisqacha AFIDUM) 1997 yilda OLiy va o’rta mahsus ta’limi va Xalq ta’limi vazirliklarining qo’shma 18 avgust 213-sonli, 18-avgust 168-sonli buyruqlari asosida gimnaziya maqomida TDIU qoshida ochilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7-avgustdagi 173-sonli “Ayrim fanlar chuqur o’rgatiladigan Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga asosan shu vazirliklar hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat Test markazi komissiyalari tekshiruvi va xatlovidan muvaffaqiyatli o’tib AFIDUM maqomini olishga erishgan va o’z faoliyatini vazirliklar tasdiqlagan Nizom asosida, hamda TDIU Ilmiy Kengashi va rektorati ko’rsatmalariga amal qilgan holda ish faoliyatini olib bormoqda.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi