Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga 1931-yilda asos solingan. Hozirgi kunda TDIU O’rta Osiyoning eng yirik iqtisodiy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitetda yettita kunduzgi fakultetlar: bank ishi, biznes, axborot texnologiyalari va statistika, halqaro turizm, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit hamda menejement. Har yili universitet kontrakt asosida 5-7 xorijiy talabalarni qabul qiladi.

Bundan tashqari, magistratura, aspirantura va doktorantura maxsus fakultetlari mavjud. Shu bilan birga,  Iqtisodiyot, biznes, malaka oshirish instituti, iqtisodiyot listeyi, gimnaziyasi, turli xil ilmiy tadqiqot, maslaxatchi, o’quv markazlari mavjud. Universitetda 6 mingga yaqin talabalar tahsil oladilar, 750dan ortiq professor-o’qituvchilar faoliyat yuritadi.

Respublikada 1996-yilda milliy ta’lim tizimidagi islohatlar bilan bog’liqlikda ikki darajali oliy ta’lim tizimiga o’tdi. Hozirgi vaqtda universitet quyidagi sohalar bo’yicha mutaxassilar tayyorlaydi: Iqtisodiyot nazariyasi, mexnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi; Davlat munitsipal siyosati; bank ishi; halqaro valyuta-kredit munosabatlari; moliyaviy menejment; soliq va soliqqa tortish; sug’irta ishi; audit; iqtisodiyotda axborot tizimlari; menejment; marketing; ishlab chiqarish vositalari tijorati va marketingi; tovar va xizmatlar marketingi; tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing; tashqi iqtisodiy faoliyatda buxgalteriya hisobi; jahon iqtisodiyoti va halqaro iqtisodiy munosabatlar; halqaro biznes; biznes menejment; bojxona ishi; statistika; halqaro turizni boshqarish va boshqalar.

Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti halqaro aloqalarni o’rnatgan vaqtdan buyon o’zining tarixi va butun jahon tan olinishiga erishdi.

Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti Buyuk Britaniyaning Nottingem Trent Universiteti 10 yilga yaqin hamkorlik qildi, natijada buxgalterlarni qayta tayyorlash resurs markazi tashkil qilindi, 20dan ziyod o’qituvchilar Angliya va O’zbekistonda tayyorlov kurslaridan o’tishdi, 30dan ziyod talabalar Nottingem Trent Universitetida ingliz tili kurslarida tahsil olishdi. Uch nafar bitiruvchi mutaxassislarimiz biznes boshqaruvi magistri darajasini Xall Universitetida va yana ikkitasi Nottingem Trent universitetida iqtisodiy kurslarni o’tishdi hamda Londonda Britaniya Knegashi stipendiyasiga sazovor bo’lishdi.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi