Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

Halqaro loyihalar, grantlar va ularni tadbiq qilish

Universitet halqaro tashkilotlarning dasturlarida faol ishtirok etmoqda:

TEMPUS; JICA; JICE; KOICA; DAAD; Sasakava  Foundation, Butun jahon banki loyihalari va boshqalar. 1993 yilda Universitet Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Jahon banki instituti bilan hamkorlikda Birlashgan Vena Instituti va Birlashgan bank va moliya markazi tashkil qildi. Unda AQSh, Avstriya va MDH mamlakatlari davlat ishchilari, bank rahbarlari va olimlar uchun ko’plab seminar va ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil qilindi.

1996-1999 yillarda Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti AQSh bilan birgalikda qo’shma loyiha amalga oshiridi, hususan, Nyu Palstdagi Nyu-York Universiteti bilan MVA kursini tashkil qilindi.

1996-2006 yillarda universitet uchta Evropa hamjamiyati bilan hamkorlikda va bir kichik kompakt Tempus loyihalarini amalga oshirdi. Shu jumladan, 1999 yil CP-20537-99 «Irotas-halqaro aloqalar bo’limi»  mobil halqaro bo’lim yaratish, Evropaning yetakchi institutlarining tajribasini Toshkent Davlatiqt isodiyot universiteti halqaro aloqalarini rivojlantirishda tadbiq etish, xalqaro bo’lim xodimlarini professional bilim va ko’nikmalarini mukammalashtirish bo’yicha loyiha amalga oshirdi. Ushbu loyihada Belgiyaning Gent universiteti, ISACF La Cambre markazi va Italiyaning Milan politexnika instituti hamkorlar bo’lishdi. 2000 yilda IB-JEP 21126-2000 “Matador2000” –menejerlarni o’qitish loyihasi Daniyaning “Daniya ish beruvchilar assostiastiyasi” Xerning kolleji tomonidan amalgao shirildi. O’ndan ortiq kishi Daniya va Italiyada tajribalarini oshirib qaytishdi. 

2002 yilda ikkita mintaqaviy loyiha CD-JEP-23030-2002 «Ijtimoiy iqtisodiyotda magistr darajasi o’quv rejani rivojlantirish” Venadagi akademik tadqiqotlar instituti va Kassel universiteti va MP-JEP-23027-2002 “ToHoST-CA: O’rta Osiyoda turizm va mexmondo’stlikni o’qitish» Bryusselning Erasmus oliy maktabi, Finlyandiyaning Rovaniemi politexnika instituti, Italiyaning Perudji universiteti va Buyuk Britaniyaning Solford universiteti hamkorligida. Ularu niversitetning amaliy iqtisodiyot va turizm sohasidagi intelektual va texnik bazasini ko’tarishga katta ko’mak berishdi.

Тоshkent davlat iqtisodiyot unversiteti jaxonning etakchi universitetlari, ilmiy markazlari, xalqaro tashkilotlari bilan aloqa qilib kelmogda. Hozirgi kunda Evropa va Osiyo mamlakatlarining nufuzli unversitetlari bilan bir qator kelushiv memorandumlari imzolangan. Ulardan Germaniyaning Bremen amaliy fanlar universiteti, Xitoydagi Shanxay universiteti, Buyuk Britaniyaning Bat Universiteti. Magdeburg amaliy fanlar universiteti bilan xamkorlik doirasida xar yili 50dan ortiq professor-o’qituvchilar va talabalar  Germaniyada ingliz tilida o’tiladigan o’quv kurslari orqali o’z malakalarini oshirib sertifikatlar olmoqdalar.

Buyuk Britaniyaning Bat Universiteti bilan kelgusida yozgi ilgliz tili kurslarida universitetimiz o’qituvchilar va talabalar qatnashishi muhokama qilinmoqda.

Uniersitetimiz 2012 yildan boshlab uchta TOSCA Polshaning Adam Miscevich universiteti, CANEM Ispaniyaning Las Palmas de Canaria Universiteti va EURASIA Sloveniyaning Ljubljana Universitetlari bilan hamkorlikda Erasmus Mundus loyixalarda faol qatnashib kelmoqda. 2013 yilda yana ikkita CANEM 2 va EURASIA 2 Erasmus Mundus loyixalari yutib olindi. Ushbu loyihalar doirasida talabalar bakalavr va magistratura dasturlarida qatnashaoladilar. Bundan tashqari yosh olimlar uchun PhD va post-PhD dasturlarida qatnashish imkonlari berilgan.

Singapur Menejment UnIversitetining professori Phang Sock Yong bilan mazkur universite bilan hamkorlik tuzish kelgusi rejalar

Evropada ta’lim stipendiyalari yarmarkasida EACEA2, CANEM2 loyihalarining namoishi

AQSh elchixonasi ko’magida R.Dion Fulbright mutaxassisi Turizm mavzusida TDIU talabalari va professorlariga qilgan ma’ruzasi

 


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi