Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

O’zbekiston mustaqillikka erishganidan boshlab maqsadli tarzda bozor munosabatlariga o’tish dasturini amalga oshirmoqda, unda muhim o’rinni jaxon talablariga javob beradigan, ya’ni yuqori professional darajadagi, tadbirkorlik qobilyatiga ega bo’lgan mutahassislar tayyorlashga qaratilgan.

1991 yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida Halqaro aloqalar bo’limi ochishga zaruriyat tug’ildi va bugunda jahonning yetakchi universitet va ilmiy markazlari bilan halqaro aloqalar o’rnatish va qo’llab quvvatlash bo’yicha respublikada yetakchi o’rinda turadi. Universitetda zamonaviy halqaro tajribaga asoslangan tashqi iqtisodiy profildagi mutaxassilar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha keng miqqiyosdagi dastur ishlab chiqilgan. O’zbekiston va cheteldagi tashqi-savdo muassalarida va qo’shma korxonalarida mutahassislar va professor-o’qituvchilarni tajriba oshirishlari uchun dastur belgilangan. Xorijiy oliy ta’lim muassassalari bilan kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, xususan, kadrlarni o’qitishda xamkorlik qilish, ilmiy-tadqiqot ishlar, anjumanlar,  simpoziumlar o’tkazish masalalari bo’yicha to’g’ridan to’g’ri aloqa qilish jarayonni faol rivojlantirilmoqda.

Xalqaro aloqalar bo’limi quyidagi masalalar bilan shug’ullanadi:

  • Chet el ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni va do’stlikni rivojlantirish va mustaxkamlash;
  • Milliy kadlar tayyorlashda rivojlanayotgan davlatlarga yordam berish;
  • Xorijiy ta’lim muassasalaridagi fan va texnika sohasidagi ijobiy yutuqlarni o’rganishda ko’maklashish va o’zbek tilini chetelda targ’ib qilishda xamkorlik qilish;
  • TDIU olim va mutaxasislarini halqaro ilmiy forumlar faoliyatida qatnashishlarini joriyqilish;
  • Kadrlar tayyorlash tizimi va ilmiy tadqiqotni rejalashtirish bilan tanishtirish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazish;
  • O’qish, ilmiy-amaliy tajriba ortirish, malaka oshirish va chet tillarni bilish darajasini rivojlantirish;
  • O’zbek tilini o’qitishni chet elda rivojlantirish;
  • Ilmiy forumlarda, xalqaro ilmiy kongresslarda va anjumanlarda qatnashish;
  • Dolzarb ilmiy muammolar bo’yicha lekstiyalar o’qish va chet elda tarqatish.

Xalqaro bo’limda funkstional majburiyatlari quyidagi shaklda tasdiqlangan:

Bo’lim boshlig’i

  • Bo’limning barcha faoliyati va xodimlarining umumiy boshqaruvi;
  • Chet elga chiqish uchun nomzodlar tanlashni nazorat qilish;
  • Xorijdan mexmonlar,  delegastiyalar,  amaliyotchilar va aspirantlar qabul qilishni tashkillashtirish;
  • Xalqaro loyixalar va dasturlarni tayyorlash va ularni boshqarish va ularning natijalarini umulashtirish va taxlil qilish;
  • Yuqori instanstiyalar bilan aloqada bo’lish;
  • Chet el oliy ta’lim muassalari bilan halqaro almashinuv dasturlari doirasida marosimlar rejalashtirish va o’tkazish;
  • Chet el oliy ta’lim muassalari bilan to’g’ridan to’g’ri kelishuvlar olib borish va tashkillashtirish;
  • Muzokaralar olib borish;
  • Elchixonalar va xalqaro tashkilotlar bilan o’qish va malaka oshirish masalalar bo’yicha xamkorlik o’rnatish; 
  • Yillik hisobot tayyorlash;
  • Chet el oliy ta’lim muassalari bilan ish aloqalarini olib borish;
  • Chet el oliy ta’lim muassalari bilan zamonaviy va to’g’ri yozishmalarni olib borilishini nazorat qilish;
  • Xorijiy deligastiya va mutaxassislarni qabul qilish;
  • Elchixonalar va halqaro tashkilotlar bilan o’qish va tajriba amaliyot dasturlari masalasida aloqa qilish.

Nazoratchi

  • Kelish va ketish xujjatlarini rasmiylashtirish,
  • Toshkent davlat iqtisodiyo universitetida o’qiyotgan xorijiy talabalarni ro’yxatdan o’tkazish;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o’qiyotgan xorijiy talabalarning davlatlaridagi muxim sanalarini nishonlash;
  • Yuqori instanstiyalar bilan xalqaro talabalarning o’qishi masalasida aloqada bo’lish;
  • Xujjatlarni va xatlarni tarjima qilish;
  • Xorijiy talabalarni o’qishga qabul qilish va ular bilan shartnomalar tuzish.

Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi