Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlariga alohida o’rin ajratilgan. Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va ro’yobga chiqarish O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’z.R. oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan chiqarilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, universitet Nizomi, rektor buyruqlari va ilmiy ishlar prorektori ko’rsatmalari asosida amalga oshirilib kelinmoqda.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o’z imkoniyatlaridan kelib chiqgan holda,   ilmiy tadqiqot ishlari doirasida davlatimizning yagona siyosatini amalga oshirishni ta’minlab kelmoqda. Shu bilan birga, ularning sifat va samaradorgini yuksaltirish, yuqori toifali mutaxassislar tayyorlashda fan va texnikaning ilg’or butunjahon yutuqlaridan foydalanish, ishlab chiqarish va o’quv jarayonida ITI natijalarini qo’llash yo’lga qo’yilgan.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

  • fundamental ilmiy tadqiqotlar;
  • amaliy ilmiy tadqiqotlar;
  • innovatsion ilmiy tadqiqotlar;
  • yoshlar ilmiy tadqiqotlari;
  • 8 nufuzli yo’nalishni o’z ichiga olgan umumuniversitet majmuaviy ilmiy mavzusi;
  •  xo’jalik ilmiq tadqiqotlari, konsalting xizmati va seminarlar;
  • ilmiy nashrlar (monografiya, maqola, tezis va h.k.);
  • anjuman, seminar, debat va davra suhbatlarining o’tkazilishi;
  • yozma xatlarning yuqori turuvchi va boshqa talabgor tashkilotlarga taqdim etilishi;
  • ilmiy tadqiqot natijalarining ishlab chiqarishda qo’llanilishi;
  • yuqori toifali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
  • iqtidorli talaba-yoshlar bilan ishlash.

2007-2012 yillarda ilmiy-tadqiqot ishlardagi asosiy ko’rsatkichlar

Ko’rsatkichlar 2007 2008 2009 2010 2011 2012 Jami
 Bajarilgan fundamental, amaliy, innovatsion, yoshlar ilmiy tadqiqotlari, soni/mln.so’m 8/33,774 9/58,648 9/148,95 11/205,64 9/263,1 12/412,6 21/1122,7
 Bajarilgan xo’jalik ITI, soni/ mln.so’m 42/20,87 61/34,3 87/67,7 68/66,3 65/96,24 65/78,7 65/387,87
 Ilmiy nashrlar:
 Monografiya 15 20 21 25 31 15 127
 Ilmiy to’plamlar 15 8 12 12 27 17 91
 Broshyura 54 33 36 11 10 5 149
 Maqola va tezislar 1316 1365 1367 1361 1732 1327 8468
 O’tkazilgan anjuman va seminarlar 38 44 32 26 49 41 230
 Ishlab chiqarish va o’quv jarayoniga ITI natijalarining qo’llanilishi 70 82 115 197 248 340 1052
 Yozma xatlar 52 57 58 60 50 39 316
 Dissertatsiya himoyasi:
 Doktorlik 5 3 1 3 4 5 21
 Nomzodlik 11 20 16 29 27 19 122
 Prezident va nomli Davlat stipendiyasi laureatlari 4 5 7 5 5 5 31
 Olimpiada va konkurs g’oliblari 7 11 7 8 12 9 54

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy va pedagogik kadrlari–bu oliy darajadagi ilmiy tadqiqotlar kafolati. Har yili universitet tomonidan o’tkaziladigan ishlanmalarda 300 dan ortiq professor, dotsent va ilmiy xodimlar band. Ilmiy tadqiqotlarda katta ilmiy xodimlar, magistrlar va talabalr faol ishtirok etib kelishmoqda. Universitetda oliygohimizning etuk olimlari rahbarligida  axborot texnologiyalari, menejnemt, marketing, tarmoqlararo va hududiy iqtisodiyot, mehnat iqtisodiyoti va aholishunoslik, buxgalteriya hisobi va audit, moliya va bank ishi  bo’yicha ilmiy maktablar shakllantirilib. faoliyati yo’lga qo’yilgan.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi