Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar”

ilmiy elektron jurnali haqida

Universitetimizning “Iqtisodiyot va ta'lim” nomli ilmiy jurnali hajmining cheklanganligi unda professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqolalarni to‘liq chop etishga to‘sqinlik qilmoqda. Shuning uchun  ham Toshkent  davlat iqtisodiyot universitetining “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” nomli ilmiy electron jurnalini ta'sis etish bo‘yicha Ilmiy Kengash qaror qabul qildi.

Ushbu electron ilmiy jurnalda mualliflar o‘z maqolalarini sanoat, infratuzilmalar, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish, bank-moliya tizimini yanada isloh etish va uning barqarorligini oshirish, uzoq istiqboldagi tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish va iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini yanada oshirishni ta'minlash masalalariga qaratishlari tavsiya qilinmoqda.

Universitet rektori topshirig‘iga binoan ishchi guruh tuzilib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.10.06 yildagi 214-sonli “O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori har tomonlama o‘rganilib chiqildi. Ushbu qarorning birinchi “Umumiy qoidalar” nomli bobining ikkinchi bandida ommaviy axborot vositasi deyilganda ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega bo‘lgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va (yoki) electron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronika dasturlar, umumfoydala-nishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari tushuniladi, deb ta'kidlangan.

Hozirgi kunda ilmiy electron jurnallar chet elning yetakchi universitetlarida keng joriy qilingan. Axborotlashgan jamiyatning shakllanib borishi bilan umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar negizida tashkil qilinayotgan electron ommaviy axborot vositalarining salmog‘I ortib bormoqda. Bu turdagi nashrlarning keng amaliyotga joriy etilishi nafaqat axborotlarni tezkor yetkazib berishni oshiradi, balki qog‘ozdan ham samarali foydalanishga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.07.10 yildagi 155-sonli  “Respublikada qog‘ozni tejash va undan ratsional foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” haqidagi Qarorida ham boshqaruv tizimi, local va tarmoqlararo masalalarni tezkor hal qilish jarayonlarida qog‘ozni sarf qilishni kamaytirish borasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy qilinib borilayotgani ta'kidlab o‘tilgan. Elektron hujjat almashuvi tizimidan amaliyotda keng foydalanishga o‘tilmoqda va davlat hamda tashkilotlarning interaktiv turdagi xizmatlari tarmog‘I kengaymoqda. Boshqaruv jarayonlarining hujjat aylanishida qog‘ozni tejash va undan ratsional foydalanish borasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish vazifasi ushbu qarorda dolzarb qilib keltirilgan.

Nashr qilinayotgan “Iqtisodiyot va innovatsion texno-logiyalar” nomli electron jurnalining Internet axborot tarmog‘idagi manzili:

http://www.iqtisodiyot.uz

Respublikamizning yetuk olimlari va amaliyotchilarining nufuzli ilmiy ishlari natijalari bilan yosh olimlar, kata ilmiy xodim-izlanuvchilar va magistrlarni yaqindan tanishtirib boorish va respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida erishilayotgan yutuqlarini ommaga tezkorlik bilan yetkazib berish ushbu electron jurnalning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi