Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

|14-12-2016| “Kasb ta`limi (iqtisodiyot) kafedrasi  tomonidan 1-kurs  talabalari uchun mo`ljallangan  “Pedagogika.Psixologiya” fanidan  o`quv  uslubiy majmua bilan  tanishtirish va  qo`llash  yuzasidan  professor-o`qituvchilari uchun  seminar-trening  o`tkaziladi.

       “Kasb ta`limi (iqtisodiyot)  hamda  Kasb ta’limi  (informatika  va  axborot  texnologiyalari)   bakalavriat  ta`lim   yo`nalishlari  1-kurs  talabalari  uchun mo`ljallangan  “Pedagogika.Psixologiya”  fanidan  xorijiy   adabiyotlar asosida yaratilgan  o`quv  uslubiy majmua  (O`UM) bilan  tanishtirish va  qo`llash  yuzasidan uslubiy  ko`rsatmalar berish  maqsadida turdosh  oliy  ta`lim  muassasalari  hamda  universitet  professor-o`qituvchilari uchun  seminar-trening  o`tkaziladi.


|13-12-2016|Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hududidagi oshxona va bufetlarda 2017 yili davomida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish maqsadida ichki tanlov e’lon qilinadi.

1. 7-sonli o‘quv binosida joylashgan oshxona;

2. 1-sonli yotoqxonada joylashgan oshxona;

3. 1-sonli o‘quv binosida joylashgan bufet;


 |25/11/2016|2016 yil 7 dekabr kuni Asqarov Nodirbek Ibragimovichning dоktоrlik dissеrtаtsiyasining himоyasi bo’lib o’tаdi.

Asqarov Nodirbek Ibragimovichning  08.00.13 – Mеnеjmеnt iхtisоsligi bo’yichа «O’zbеkistоn  Respublikasida tashqi savdo va  bojxona  sohalarini  uyg`un  boshqarishning tashkiliy – iqtisodiy mehanizmlarini takomillashtirish» mаvzusidаgi dоktоrlik dissеrtаtsiyasining himоyasi Tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot univеrsitеti huzuridаgi ilmiy kеngаshning 2016 yil 7 dekabr sоаt 16:00 dаgi mаjlisidа bo’lib o’tаdi.


  |18/11/2016| 2016 yil  7 dekabr kuni Murodova Nodira Qullievnaning «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab – quvvatlashning nazariy asoslarini takomillashtirish» mavzusidagi doktorlik dissertasiyasi himoyasi bo’lib o’tadi.

  Murodova  Nodira Qullievnaning 08.00.01- Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot  fanlari)  ixtisosligi  bo’yicha  «Kichik  biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab – quvvatlashning  nazariy asoslarini takomillashtirish»  mavzusidagi  doktorlik  dissertasiyasi  himoyasi Toshkent davlat iqtisodiyot  universiteti  huzuridagi Ilmiy  kengashning  2016 yil  7 dekabr 14:00 dagi majlisida bo’lib o’tadi.

 Himoya  2 – binoning  majlislar  zalida  bo’lib  o’tadi.


|18/04/2016| 2015-yil 22-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida“O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi

2015-yil 22-aprel kuni ta'lim dargohimizda O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida o‘rnatilgan diplomatik aloqalarning 24 yilligi munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro savdo-iqtisodiy munosabatlarning bugungi kundagi holatini tahlil etish va uni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.


|25/03/2016| Hurmatli yosh olimlar va talabalar

Hurmatli yosh olimlar va talabalar, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining 2016 yil 10 martdagi “Yosh olim va talabalarning “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostidagi hududiy va respublika ilmiy-amaliy konferentsiyalarini o’tkazish to’g’risida”gi 14/5/3/2/2/11-sonli qaroriga muvofiq Yosh olim va talabalarning “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostidagi hududiy (Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun) ilmiy-amaliy konferentsiyasijoriy yil 24-25 may kunlariToshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo’lib o’tadi.


O‘zbekiston tarixi kafedrasi Sohibqiron Amir Temurning 680 yilligi munosabati bilan “Amir Temurning o‘zbek davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni” mavzusida viktorina savollarini e’lon qiladi. Viktorina 2016-yil 15-martdan 5-aprelgacha o‘tkaziladi. Mazkur viktorina g‘oliblari ro‘yxati 7-aprel kuni “Temur va temuriylar davri tarixiy, madaniy, ma'naviy merosi va uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni” mavzusida o‘tkaziladigan ilmiy seminarda e'lon qilinib, ular 1-, 2-, 3-darajali diplomlar bilan taqdirlanadilar.


|22/01/2016| 2016-yil 1-apreldan 30-mayga qadar “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining eng yaxshi pedagogi” tanlovi

2015-yil 21-dekabrdagi “2015/2016 o‘quv yilida “Universitetning eng yaxshi pedagogi” tanlovini yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish to‘g‘risida”gi 304-sonli universitet rektori buyrug‘iga muvofiq, 2016-yil 1-apreldan 30-mayga qadar “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining eng yaxshi pedagogi” tanlovining universitet bosqichi o‘tkaziladi.

Tanlovda “Iqtisod”, “Pedagogika”, “Kompyuter texnologiyalari va informatika”, “Qishloq xo‘jaligida menejment” va “Xizmat ko‘rsatish sohasi” ta'lim sohalari bo‘yicha “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog”, “Eng yaxshi pedagog tadqiqotchi”, “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.


|07/12/2015| 9-dekabr kuni “Auditorlik faoliyatining milliy standartlarini xalqaro standartlarga moslashtirish” mavzusida ilmiy seminar

2015-yil 9-dekabr kuni “Auditorlik faoliyatining milliy standartlarini xalqaro standartlarga moslashtirish” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tadi.

Iqtisodiy tahlilva audit kafedrasi tomonidan “Auditorlik faoliyatining milliy standartlarini xalqaro standartlarga moslashtirish” mavzusida ilmiy seminar tashkil etilmoqda. Tadbir 2015-yil 9-dekabr kuni soat 14-00da boshlanadi.


|03/12/2015| 12-dekabr kuni bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari uchun “Karera kuni” tadbiri o‘tkaziladi

2015/2016-o‘quv yili bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari uchun “Karera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri universitetning 2-o‘quv binosida 2015-yil 12-dekabr kuni soat 9:00da boshlanadi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga universitet, fakultetlar, kafedralar, o‘quv, ilmiy va ma'naviy-ma'rifiy jarayonlardagi innovatsiyalar, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashning eng diqqatga sazovor tomonlarini yoritib beriladi. Bitiruvchi kurs talabalari xususidagi ma'lumotlar ish beruvchi korxona va tashkilotlarga taqdim etiladi.


Saxifa 1 dan 3 1 2 3 > >>

Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi