Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

O‘zbekiston tarixi kafedrasi Sohibqiron Amir Temurning 680 yilligi munosabati bilan “Amir Temurning o‘zbek davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni” mavzusida viktorina savollarini e’lon qiladi. Viktorina 2016-yil 15-martdan 5-aprelgacha o‘tkaziladi. Mazkur viktorina g‘oliblari ro‘yxati 7-aprel kuni “Temur va temuriylar davri tarixiy, madaniy, ma'naviy merosi va uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni” mavzusida o‘tkaziladigan ilmiy seminarda e'lon qilinib, ular 1-, 2-, 3-darajali diplomlar bilan taqdirlanadilar.


“AMIR TEMURNING O‘ZBEK DAVLATCHILIK TARIXIDA TUTGAN O‘RNI” MAVZUSIDAGI VIKTORINA SAVOLLARI

Viktorina ishtirokchisining ismi va sharifi:
Fakulteti:
Guruh va kursi:

  1. Amir Temurning Markaziy Osiyo tarixida tutgan o‘rniga qanday baho berasiz?
  2. Sohibqiron Amir Temur haqida nimalarni bilasiz?
  3. Amir Temur davriga oid daslabki yozilgan tarixiy manbalarni sanab bering.
  4. Amir Temurning ma'naviy va ma'rifiy qarashlari, uning o‘z farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o‘gitlari qaysi asarida mujassamlashgan?
  5. Amir Temur va uning avlodlari sa’yi-harakatlari bilan qurilgan me'moriy obidalarni sanab bering.
  6. Amir Temur haqidagi birinchi kitob 1553-yili qayerda nashr etilgan?
  7. Toshkentdagi Amir Temur hiyobonida Temuriylar davri muzeyi qachon barpo etilgan?
  8. “Temur tuzuklari”da iktisodiy masalalar qanday yoritilgan?
  9. Nechanchi yilda Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi tashkil etildi?
  10. Amir Temur ordeni qachon ta’sis etilgan?
  11. Temur va temuriylar davri Markaziy Osiyo madaniyatida qanday o‘rin tutadi?
  12. Amir Temur markazlashgan davlat tuzish jarayonida nimalarga alohida e’tibor bergan?
  13. “Qudratimizni ko‘rmoq istasangiz binolarimizga boq” iborasi kim tomonidan qaerga yozilgan?
  14. Toshkent viloyatidagi Zangiota hamda Turkiston shahridagi Ahmad Yassaviy maqbaralar kim tomonidan bunyod etilgan?
  15. Nima sababdan yevropa davlatlarida Amir Temur shaxsiga nisbatan hurmat va ehtirom kuchli?
  16. Temuriylar davrida qanday shoir va yozuvchilar yashab ijod etishgan?
  17. Amir Temur hiyoboni markazida Sohibqiron haykali nechanchi yilda bunyod etildi?
  18. XV-XVI asrlarda Hirotda yashab ijod qilgan, o‘z zamonasining mashhur shoiri Abdulloh Hotifiy hamsaga qo‘l uradi. U hamsa janri talabidan kelib chiqib “Iskandarnoma” degan dostonni yozishi kerak edi. Lekin “Iskandarnoma” emas, “Temurnoma” dostonini yozadi. Nega bunday bo‘ldi?
  19. Sohibqiron Amir Temur qanday fazilatli insonlarni qadrlagan?
  20. Amir Temur yodi xotirasiga atab bunyod etilgan Temuriylar tarixi davlat muzeyining tantanali ochilish marosimi qachon bo‘lib o‘tdi?

Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi