Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

2015-yil 22-aprel kuni ta'lim dargohimizda O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida o‘rnatilgan diplomatik aloqalarning 24 yilligi munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro savdo-iqtisodiy munosabatlarning bugungi kundagi holatini tahlil etish va uni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

Anjumanda Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi huzuridagi Rossiya va Markaziy Osiyo tadqiqotlar markazi, Markaziy moliya va iqtisodiyot universiteti, Sinszyan agrar universiteti hamda respublikamizning vazirlik va idoralari, yetakchi ta'lim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlari xodimlari, tadqiqotchilar, magistrlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadilar.

Ilmiy-amaliy anjumanning yalpi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy hamkorlikning zamonaviy holati va uni rivojlanish istiqbollari”, “Erkin iqtisodiy va industrial zonalarni shakllantirish va rivojlantirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning roli”, “Innovatsiya v sotrudnichestve mejdu Kitaem i Uzbekistanom”, “The development of small and medium entrepreneurship in Uzbekistan” va “Building a Better Connected world” kabi mavzulardagi ma'ruzalar tinglanadi.

Shu bilan bir-qatorda anjuman “O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro savdo-iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy holati” hamda “O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining iqtisodiy rivojlanishida erkin iqtisodiy zonalarning roli va ahamiyati” yo‘nalishdagi sho‘balarda ham o‘z ishini olib boradi.

Bundan tashqari konferensiyada bir qator korxonalar, jumladan, “PENG SHENG” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi MChJ, “UZTE” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi, Xitoy Xalq Respublikasining “Huawei Tech Investment Tashkent” xorijiy korxonasi MChJ, Xitoy Milliy neftgaz korporatsiyasining O‘zbekistondagi bo‘limi (CNPC) va “KERUI GROUP” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Muallif: 18.04.2016 Qo‘shbaqov Aybek Shovqiyevich

Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi