Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

|25/09/2015| “O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini takomillashtirishda хalqaro tajribadan foydalanish” mavzusidagi хalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil  11-fevraldagi 56-f sonli farmoyishiga muvofiq, 2015-yil 25-sentyabrda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini takomillashtirishda хalqaro tajribadan foydalanish” mavzusidagi хalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.     

Konferensiya ishida 100 nafardan ortiq kishi, shu jumladan Avstraliya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Hindiston va Koreya Respublikasi, shuningdek, ЮNESKO va Britaniya kengashi vakillari ishtirok etdilar. Konferensiya ishtirokchilari turizm infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashdilar, turizmda хizmat ko‘rsatishni modernizatsiyalash bo‘yicha ehtimoliy meхanizmlarni muhokama qildilar, malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan loyiha natijalarini taqdim etdilar hamda turizmni rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini belgiladilar. Turizm sohasida servisni sifat jihatidan yaхshilash va O‘zbekistonda turizm imkoniyatini ommalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


|26/05/2015| O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishi

2015-yil 26-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishida milliy mentalitetning o‘rni va roli” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. “Keksalarni e'zozlash yili”ga bag‘ishlangan anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Konferensiyada so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Narimon Umarov, universitet rektori Mahmudjon Boltaboev, Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali va boshqalar mustaqillik yillarida milliy mentalitet rivojining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari yangicha qarashlar bilan boyib borayotganligini e'tirof etdilar. Mamlakatimizda keksa avlod vakillari e'zoz topayotgani hamda ularga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan hurmat-e'tibor — milliy mentalitetimizning oliy qadriyati ekanligi ta'kilab o‘tildi.


|20/05/2014| Ilmiy-amaliy anjuman

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va makroiqtisodiy barqarorlikka erishish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar: yutuqlar, muammolar va rivojlanish istiqbollari» mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Ta'lim dargohimizning Magistratura bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirni Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Umar Burxonov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda Magistratura bosqichi talabalarining «O‘zbekistonda davlat byudjeti daromadlari tizimi va uni takomillashtirish yo‘llari», «Tendency of world economy developing and its impact for the emerging market economies», «Vozmojnosti straxovыx kompaniy po uglubleniyu v globalnuyu ekonomiku, problemы i puti ix resheniya», «Kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga xorijiy kredit liniyalari», «International partnership in logistics», «Kontrol kachestva audita. Sistema kontrolya kachestva audita v Uzbekistane» mavzularidagi ma'ruzalari tinglandi va keng muhokama qilindi.


|25/04/2014|“Milliy iqtisodiyotning xalqaro raqobatbardoshligini oshirish va bank-moliya tizimini takomillashtirish masalalari”ga bag’ishlangan Respublika ilmiy-amaliy anjumani

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti hamda G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali hamkorligida tashkil etilgan anjumanda yosh olimlar, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilari, tadqiqotchilar, magistrlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy ishlari bo’yicha prorektor U.Burxanov, Toshkent moliya instituti ilmiy ishlari bo’yicha prorektori N.Haydarov, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali ilmiy ishlari bo’yicha prorektori N.Zokirovalar o’z kirish so’zlari bilan boshlab berishdi. Shundan so’ng ma’ruzachilar o’z ma’ruzalarini boshlashdi. Ma’ruzalar ingliz, rus va o’zbek tillarida bo’lib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirishga bag’ishlangan edi. Ushbu ma’ruzalar orqali yosh olimlar o’z fikr mulohazalari bilan almashinishdi.


|04/03/2014| Mintaqalar tashqi iqtisodiy faoliyatini innovatsion rivojlantirish

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Mintaqalar tashqi iqtisodiy faoliyatini innovatsion rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi tomonidan tashkil etildi.

Global jahon iqtisodiyotidagi jiddiy muammolar hamda ularning dunyodagi ko‘plab mamlakatlar qatorida respublikamiz iqtisodiyotiga ham ko‘rsatayotgan salbiy ta'siriga qaramay, so‘nggi yillarda yuqori va barqaror o‘sish sur'atlarini saqlab, makroiqtisodiy barqarorlik va mutanosiblikni ta'minlaganimiz o‘ziga xos ijobiy ko‘rsatkich bo‘ldi.


|03/03/2014| Ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi integratsiya jarayonlari

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Ta'lim tizimini rivojlantirishda ta'lim bosqichlari o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.

Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq, milliy ta'lim tizimining huquqiy asoslari shakllantirildi va uning yagona, uzluksiz modeli yaratildi. O‘zbekistonda MDH mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib, ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, shuningdek, uzluksiz ta'lim tizimini shakllantirishga oid huquqiy asoslar yaratildi. 1997 yilda mamlakat Prezidenti tashabbusi va rahnamoligida O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. O‘z mazmun va mohiyatiga ko‘ra Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 12 yillik ta'limga o‘tish va uzluksiz ta'limning yaxlit tizimini yaratishni ko‘zda tutgan.


|19/12/2013| O‘zbekistonda inson taraqqiyotining dolzarb masalalari

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “O‘zbekistonda inson taraqqiyotining dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjuman ishini O‘quv ishlari prorektori B.Usmonov ochib berdi.

XXI asrda inson salohiyatini, uning aqliy ijodiy yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish iqtisodiy o‘sish daromad va boyliklarni orttirishga nisbatan ustuvor ekanligi tan olinmoqda. Zamonaviy barqaror taraqqiyotning strategik istiqboli inson va innovatsion salohiyatning kengayib boruvchi takror barpo bo‘lishiga yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidir. Shu nuqtai-nazardan Mehnat va ijtimoiy soha iqtisodiyoti kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjumanning maqsadi – O‘zbekistonda inson taraqqiyoti bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish inson salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyanomalar ishlab chiqishdan iborat.


|08/10/2013|“Turizm” kafedrasi “O’zbekturizm” MK bilan hamkorligida “Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida turizm infrastrukturasini rivojlantirish va ekoturizmning ahamiyatini oshirish yo’llari” mavzusidagi xalqaro  ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 yanvardagi 25-f-sonli Farmoyishiga binoan, 2013 yil 8 oktyabr kuni “Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida turizm infrastrukturasini rivojlantirish va ekoturizmning ahamiyatini oshirish yo’llari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi: turistik tarmoqlar  salohiyati  va  infratuzilmasi rivojining zamonaviy tendentsiyalari bilan keng jamoatchilikn tanishtirish, turizm sohasida bandlikni bosqichma-bosqich kengayib borishini ta’minlash, xorij tajribasini o’rganishni amalga oshirishdir.

 


|13/03/2013|“Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimida xorijiy tillarni o’qitishda innovatsion hamkorlik” mavzusida o’tkazilgan respublika ilmiy-amaliy anjumani

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Biznes fakulteti “Ingliz tili” va O’zbekiston Davlat Jahon Tillar Universiteti Nemis filologiyasi fakulteti “Grammatika” kafedralari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 13 fevraldagi 141-f qarori bilan tasdiqlangan rejasiga muvofiq 2013 yil 13 martda “Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimida xorijiy tillarni o’qitishda innovatsion hamkorlik” mavzusida o’tkazilgan respublika ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi. Ushbu anjumanning asosiy maqsadi oliy ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tillari o’qitishda axborot kommunikativ vositalaridan foydalanishning samarali yo’llari, ta’lim muassasasi mutaxassisliklariga mos o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish istoqbollari, til o’qitishda xalqaro va innovatsion hamkorlikning ahamiyati, til o’qitishda talabalar mustaqil ta’limni tashkil etish, til o’qitishning uslublarini takommilashtirish muammolarini yechish hamda uning samaradorligini oshirishda erishilgan yutuqlarni muhokama qilish va muammolar yechimiga  doir takif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Shu bilan birga mazkur sohaga oid professor-o’qituvchilar, stajyer-tadqidotchi-izlanuvchi va amalyotchilarning ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalarini jamlash, ular bo’yicha tegishli vazirlik, idoralarga taqdim etiladigan taklif va amaliy tavsiyalar tizimini shakllantirishdan iborat.



Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi