Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Biznes fakulteti “Ingliz tili” va O’zbekiston Davlat Jahon Tillar Universiteti Nemis filologiyasi fakulteti “Grammatika” kafedralari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 13 fevraldagi 141-f qarori bilan tasdiqlangan rejasiga muvofiq 2013 yil 13 martda “Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimida xorijiy tillarni o’qitishda innovatsion hamkorlik” mavzusida o’tkazilgan respublika ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi. Ushbu anjumanning asosiy maqsadi oliy ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tillari o’qitishda axborot kommunikativ vositalaridan foydalanishning samarali yo’llari, ta’lim muassasasi mutaxassisliklariga mos o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish istoqbollari, til o’qitishda xalqaro va innovatsion hamkorlikning ahamiyati, til o’qitishda talabalar mustaqil ta’limni tashkil etish, til o’qitishning uslublarini takommilashtirish muammolarini yechish hamda uning samaradorligini oshirishda erishilgan yutuqlarni muhokama qilish va muammolar yechimiga  doir takif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Shu bilan birga mazkur sohaga oid professor-o’qituvchilar, stajyer-tadqidotchi-izlanuvchi va amalyotchilarning ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalarini jamlash, ular bo’yicha tegishli vazirlik, idoralarga taqdim etiladigan taklif va amaliy tavsiyalar tizimini shakllantirishdan iborat.

2013-2014 yil olib borilgan seksiyalarda 150 ta mavzudagi ma’ruzalar tinglanishi rejalashtirilgan edi. Shulardan 135 ta mavzuda ma’ruzalar tinglandi. Sho’balar ish faoliyatida respublikamiz oliy o’quv yurtlaridan Toshkent tibbiyot akademiyasi, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O’zekiston davlat texnika universiteti, Samarqand davlat universiteti, O’zbekiston davlat konservatoriyasi, O’zbekiston toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent moliya instituti, Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti professor-o’qituvchilari, TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litseyi, Tibbiyot kolleji soha mutaxassislari, Natasha Xoltsbauer Avstriyaning Vena universiteti ilmiy tadqiqotchisi, Sayyora Akramova Brement universiteti Germanistika fakultetining magisranti hamda amaliyotning yetuk mutaxassislari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi