Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “O‘zbekistonda inson taraqqiyotining dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjuman ishini O‘quv ishlari prorektori B.Usmonov ochib berdi.

XXI asrda inson salohiyatini, uning aqliy ijodiy yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish iqtisodiy o‘sish daromad va boyliklarni orttirishga nisbatan ustuvor ekanligi tan olinmoqda. Zamonaviy barqaror taraqqiyotning strategik istiqboli inson va innovatsion salohiyatning kengayib boruvchi takror barpo bo‘lishiga yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidir.

Shu nuqtai-nazardan Mehnat va ijtimoiy soha iqtisodiyoti kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjumanning maqsadi – O‘zbekistonda inson taraqqiyoti bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish inson salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyanomalar ishlab chiqishdan iborat.

Anjumanda iqtisodiy o‘sish va inson taraqqiyoti o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorligini ochib berish, O‘zbekistonda shakllangan zamonaviy demografik vaziyatning inson taraqqiyoti rolini aniqlash, ta'lim sohasida inson taraqqiyoti konsepsiyasini amalga oshirish yo‘llari va yo‘nalishlarini aniqlash, inson taraqqiyoti kontekstida ish bilan bandlikning samarali shakllarini rivojlantirish yo‘llarini o‘rganish, turmush tengsizlik darajasining inson taraqqiyotiga ta'sirini ilmiy asoslash, inson taraqqiyoti kontekstida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi asosiy yo‘nalishlarini belgilab berish, inson barqaror rivojlanishini ta'minlash shart-sharoitlari va omillarini yoritish kabi masalalar muhokama qilindi.

Muhokama etilgan masalalar O‘zbekiston Respublikasida barqaror ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning va inson taraqqiyoti tamoyillarini amalga oshirishni ta'minlashga yordam beradi.

Tadbir davomida Sog‘lom avlod – o‘zbek taraqqiyot modeli poydevori, Iqtisodiyotda insonning nanaiqtisodiy faoliyati xususiyatlari, Aholi bandligini ta'minlashdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashishini ta'minlashda amalga oshirilgan ishlar samaradorligi, Aholini ish bilan bandligini tartibga solish kabi mavzularda ma'ruzalar tinglandi.

Shundan so‘ng anjuman ishtirokchilari sho‘balarga bo‘linib, Iqtisodiyotni barqaror o‘sish sur'atlarini ta'minlash yo‘nalishlari, O‘zbekistonda ta'lim sohasini rivojlantirish istiqbollari, Inson taraqqiyoti omillari, Inson taraqqiyotida ish bilan bandlik masalalari kabi mavzularni muhokama qildilar.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot unversitetining Toshkent shahridagi filiali, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot instituti vakillari ishtirok etdilar.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi