Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va makroiqtisodiy barqarorlikka erishish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar: yutuqlar, muammolar va rivojlanish istiqbollari» mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Ta'lim dargohimizning Magistratura bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirni Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Umar Burxonov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda Magistratura bosqichi talabalarining «O‘zbekistonda davlat byudjeti daromadlari tizimi va uni takomillashtirish yo‘llari», «Tendency of world economy developing and its impact for the emerging market economies», «Vozmojnosti straxovыx kompaniy po uglubleniyu v globalnuyu ekonomiku, problemы i puti ix resheniya», «Kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga xorijiy kredit liniyalari», «International partnership in logistics», «Kontrol kachestva audita. Sistema kontrolya kachestva audita v Uzbekistane» mavzularidagi ma'ruzalari tinglandi va keng muhokama qilindi.

Ma'ruzachilar o‘z tanlagan mavzusining turli jihatlariga alohida to‘xtalib, uning mohiyatini batafsil yoritib berishga harakat qildilar.

Ilmiy-amaliy anjuman qizg‘in bahs-munozaralar va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

 


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi