Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti hamda G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali hamkorligida tashkil etilgan anjumanda yosh olimlar, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilari, tadqiqotchilar, magistrlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy ishlari bo’yicha prorektor U.Burxanov, Toshkent moliya instituti ilmiy ishlari bo’yicha prorektori N.Haydarov, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali ilmiy ishlari bo’yicha prorektori N.Zokirovalar o’z kirish so’zlari bilan boshlab berishdi.

Shundan so’ng ma’ruzachilar o’z ma’ruzalarini boshlashdi. Ma’ruzalar ingliz, rus va o’zbek tillarida bo’lib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirishga bag’ishlangan edi. Ushbu ma’ruzalar orqali yosh olimlar o’z fikr mulohazalari bilan almashinishdi.

Tashkil etilgan anjuman makroiqtisodiy rivojlanish va iqtisodiyotni modernizastiyalash sharoitida ustuvor tarmoqlar raqobatbardoshligini oshirish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlanishi, bank-moliya tizimi barqarorligini ta’minlash masalalariga bag’ishlandi.

Mazkur anjuman iqtisodiyot va bank-moliya, xalqaro munosabatlar, tizim muammolari va uning yechimi, soha yangiliklari borasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan mutaxassislarni rag’batlantirishga xizmat qiladi.

Tadbirda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash ko’lamini kengaytirish, yangi ish o’rinlari yaratish, moliya bozorini rivojlantirish istiqbollari kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi