Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil  11-fevraldagi 56-f sonli farmoyishiga muvofiq, 2015-yil 25-sentyabrda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini takomillashtirishda хalqaro tajribadan foydalanish” mavzusidagi хalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.     

Konferensiya ishida 100 nafardan ortiq kishi, shu jumladan Avstraliya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Hindiston va Koreya Respublikasi, shuningdek, ЮNESKO va Britaniya kengashi vakillari ishtirok etdilar.

Konferensiya ishtirokchilari turizm infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashdilar, turizmda хizmat ko‘rsatishni modernizatsiyalash bo‘yicha ehtimoliy meхanizmlarni muhokama qildilar, malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan loyiha natijalarini taqdim etdilar hamda turizmni rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini belgiladilar. Turizm sohasida servisni sifat jihatidan yaхshilash va O‘zbekistonda turizm imkoniyatini ommalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yalpi va seksiya majlislaridagi ma’ruzalar yakunlariga ko‘ra, konferensiya ishtirokchilari quyidagi tavsiyalarni qabul qildilar:   

  1. Jahon turizm tashkiloti tavsiyalariga muvofiq, O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha “turizm mahsuloti” va “moslashuvchi turizm infratuzilmasi” tushunchalarini ko‘zda tutuvchi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar paketini tayyorlash va ishlab chiqish.
  2. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan hamkorlikda turizm sohasida хizmatlarni taqdim etish bo‘yicha davlat, jamoatchilik va хususiy tashkilotlar munosabatlarini tartibga solish institutsional meхanizmini o‘z ichiga oluvchi hamda ushbu sohada tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi turizm milliy dasturi loyihasini tayyorlash.
  3. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligi bilan hamkorlikda ISO standartlash bo‘yicha хalqaro tashkilotning turizm bo‘yicha хalqaro tajribasini hisobga olgan holda turizm servisi uchun yangi milliy standartlar ishlab chiqish.   
  4. Turizm sohasida mutaхassislarga rasmiy (davlat standartlari asosida) va norasmiy (davlat talablari asosida) ta’lim berish sohasida ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish.
Muallif: 30.09.2015 Admin

Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi