Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

DOIMIY HARAKATDAGI MUAMMOLI ILMIY SEMINAR

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institute bilan hamkorligida:

  • Iqtisodiyot va moliya yo’nalishi bo’yicha ilmiy maktablarni shakllantirish;
  • Iqtisodiyotimizni rivojlantirishdagi muammolarni muhokama qilib taklif va tavsiyalar berish;
  • Yosh kadrlarni ilmiy izlanish olib borishga yo’naltirish;
  • Hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash maqsadida har oyda bir marta doimiy harakatdagi Muammoli ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminar har oyning to’rtinchi haftasida ketma-ketlikda bir oy Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida va bir oy Toshkent moliya institutida tashkil etiladi.Muammoli ilmiy seminarda Respublikamizning yetakchi vazirliklarining mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot markazlarining olimlari ma’ruza qilishadi.Hozirgacha O‘zbekiston Milliy universiteti “Makroiqtisodiyot” kafedrasi mudiri iqtisod fanlari doktori, professor A.V. Vahabov, Toshkent moliya instituti professori, iqtisod fanlari doktori T.S. Malikov va Iqtisodiy tadqiqotlar markazi xodimi iqtisod fanlari nomzodi O.G‘aybullaevlar iqtisodiyotimizning dolzarb masalalari bo‘yicha ma'ruza qilishdi.

Ushbu Muammoli ilmiy seminarga barcha xohlovchilar taklif etiladi

|30/01/2014| Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda Muammoli ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

Iqtisodchilarning navbatdagi Muammoli ilmiy seminari 2014 yil 30 yanvar kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazildi. Seminarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya instituti professor-o'qituvchilari hamda katta ilmiy xodim-izlanuvchilari qatnashdi. Seminarni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori i.f.d., prof. A.Vahabov kirish so‘zi bilan ochdi. Muammoli seminarda ma'ruza qilish uchun, Toshkent moliya instituti professori, iqtisod fanlari doktori Sh.Shoha'zamiy taklif qilindi.

Ma'ruzachi “Milliy-moliyaviy bozorning davlatning makroiqtisodiy siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatida yuzaga keladigan muammolari va rivojlanish yo’nalishlari” mavzusida ma’ruza qildi va bu borada o‘z tahlillarini seminar ishtirokchilari hukmiga havola etdi.


|28/11/2013| Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Toshkent moliya institute bilan hamkorlikda Muammoli ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keying ta'lim hamda oily malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attstatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni ta'minlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institute hamkorligida har oyda bir marta doimiy harakatdagi Muammoli ilmiy seminar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi seminar 2013 yil 28 noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazildi. Seminarda Respublikamizning yetakchi vazirliklarining mutaxassislari, oily o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot markazlarining olimlari hamda katta ilmiy xodim-izlanuvchilari qatnashdi. Seminarni   Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori i.f.d., prof. A.Vahabov kirish so‘zi bilan ochdi. Notiq o‘z so‘zida Muammoli ilmiy seminarni maqsadi va ahamiyati haqida to‘xtaldi.


|26/09/2013| Universitetimizda TMI bilan hamkorlikda Muammoli ilmiy seminar bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-sonli qarorida belgilangan vazifalarni bajarishni ta'minlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya instituti hamkorligida doimiy harakatdagi Muammoli ilmiy seminar o‘z ishini boshladi.

2013 yil 26 sentabr kuni birinchi seminar o‘tkazildi. Seminarda Respublikamiz  yetakchi vazirliklarining mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlari  va ilmiy-tadqiqot markazlarining olimlari hamda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar qatnashdi. Seminarni   Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori i.f.d., prof. A.Vahabov kirish so‘zi bilan ochdi.



Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi