Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-sonli qarorida belgilangan vazifalarni bajarishni ta'minlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya instituti hamkorligida doimiy harakatdagi Muammoli ilmiy seminar o‘z ishini boshladi.

2013 yil 26 sentabr kuni birinchi seminar o‘tkazildi. Seminarda Respublikamiz  yetakchi vazirliklarining mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlari  va ilmiy-tadqiqot markazlarining olimlari hamda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar qatnashdi. Seminarni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori i.f.d., prof. A.Vahabov kirish so‘zi bilan ochdi.

Notiq o‘z so‘zida Muammoli ilmiy seminarni maqsadi haqida to‘xtalar ekan, jumladan quyidagilarni ta'kidladi: “Mazkur seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad iqtisod va moliyaning eng dolzarb muammolarini muhokama etish va iqtisodiyotdagi mavjud muammolarni hal etishning ilmiy jihatdan o‘rganish, iqtisodiyotni rivojlantirishni istiqbolli yo‘nalishlari va sohadagi dolzarb masalalar to‘g‘risida iqtisodchi olimlar va sohaning yetakchi mutaxassislarining o‘zaro fikr almashishi uchun imkoniyat yaratishdan iboratdir”.

 

Kirish so‘zini yakunida bugungi muammoli seminarda ma'ruza qilish uchun ko‘pchilik olimlarni taklifiga binoan O‘zbekiston Milliy universiteti “Makroiqtisodiyot” kafedrasi mudiri iqtisod fanlari doktori, professor Abdurahim Vosiqovich Vahabov taklif qilinganligini aytdi. Seminar raisi  Abdurahim Vosiqovich “Iqtisodiy        fanning barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlashdagi o‘rni (xalqaro tajriba)” mavzusida ma'ruza qilishini aytib, so‘zni ma'ruzachiga berdi.

Ma'ruzachi o‘z ilmiy ma'ruzasida iqtisodiy fanning vazifalari, oliy o‘quv yurtlarida ilmiy tadqiqot ishlarini ustuvor yo‘nalishlari va iqtisodiyot fanidagi kashfiyotlar va ularni milliy  iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta'minlashdagi o‘rni masalalariga batafsil to‘xtaldi.

  

Muammoli ilmiy seminar bahs-munozaralarga boy bo‘ldi va qatnashchilarda katta ta'surot qoldirdi.

Navbatdagi Muammoli ilmiy seminar Toshkent moliya institutida 31 oktabr kuni soat 1400 da o‘tkazilishiga kelishib olindi.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi