Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keying ta'lim hamda oily malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attstatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni ta'minlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institute hamkorligida har oyda bir marta doimiy harakatdagi Muammoli ilmiy seminar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi seminar 2013 yil 28 noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazildi. Seminarda Respublikamizning yetakchi vazirliklarining mutaxassislari, oily o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot markazlarining olimlari hamda katta ilmiy xodim-izlanuvchilari qatnashdi. Seminarni   Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori i.f.d., prof. A.Vahabov kirish so‘zi bilan ochdi. Notiq o‘z so‘zida Muammoli ilmiy seminarni maqsadi va ahamiyati haqida to‘xtaldi.

Kirish so‘zini yakunida notiq bugungi muammoli seminarda ma'ruza qilish uchun ko‘pchilik olimlarni taklifiga binoan Iqtisodiy islohotlar markazining koordinatori iqtisod fanlari nomzodi O.G‘aybullaev taklif qilinganligini aytdi. Seminar raisi O.G‘aybullaev bugungi kunda iqtisodiyotimiz uchun o‘ta muhim bo‘lgan “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashni fiscal rag‘batlantirishni samaradorligini oshirish”  mavzusida ma'ruza qilishini aytib, so‘zni ma'ruzachiga berdi.

Ma'ruzachi o‘z ilmiy ma'ruzasida ishlab chiqarishni modernizatsiyalashni rag‘batlantirishning samarali tizimini yaratish maqsadida korxonalarga soliq va bojxona to‘lovlari borasida ko‘pgina imtiyozlar berilganligi haqidagi masalalarga batafsil to‘xtaldi. Notiq ushbu imtiyozlar berilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 martdagi PF-3860 sonli Farmoni to‘g‘risida keng to‘xtaldi. Respublikamizda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash borasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar va yechimini kutayotgan muammolar borasida o‘z tahlillarini seminar ishtirokchilari hukmiga havola etdi.

Shundan so‘ng Muammoli seminar mavzusi bo‘yicha bahs-munozaralarga o‘tildi. Unda professorlar B.Berkinov, A.Fattaxov,  M.Ikramovva, N.Xaydarovlar o‘z fikr muloxazalarini bildirdilar. Seminar so‘nggida seminar ishtirokchilari ma'ruzachiga o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollar bilan murojaat qilishdi.  Muammoli ilmiy seminar bahs-munozaralarga boy bo‘ldi va qatnashchilarda katta taasurot qoldirdi.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi