Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

Iqtisodchilarning navbatdagi Muammoli ilmiy seminari 2014 yil 30 yanvar kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazildi. Seminarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya instituti professor-o'qituvchilari hamda katta ilmiy xodim-izlanuvchilari qatnashdi. Seminarni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori i.f.d., prof. A.Vahabov kirish so‘zi bilan ochdi.

Muammoli seminarda ma'ruza qilish uchun, Toshkent moliya instituti professori, iqtisod fanlari doktori Sh.Shoha'zamiy taklif qilindi.

Ma'ruzachi “Milliy-moliyaviy bozorning davlatning makroiqtisodiy siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatida yuzaga keladigan muammolari va rivojlanish yo’nalishlari” mavzusida ma’ruza qildi va bu borada o‘z tahlillarini seminar ishtirokchilari hukmiga havola etdi.

Shundan so‘ng Muammoli seminar mavzusi bo‘yicha bahs-munozaralarga o‘tildi. Seminar so‘nggida seminar ishtirokchilari ma'ruzachiga o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollar bilan murojaat qilishdi.  Muammoli ilmiy seminar bahs-munozaralarga boy bo‘ldi va qatnashchilarda katta taasurot qoldirdi.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi