Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

|11/11/2015| Iste’mol tovarlar bozorini mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’ldirish masalalari mavzusida talabalar ilmiy seminari

2015 yil 11 noyabrda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Iste’mol tovarlar bozorini mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’ldirish masalalari” mavzusida talabalarning ilmiy seminari bo’lib o’tdi. TDIU «Marketing» kafedrasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirni Ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori Najmiddin Qodirov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Seminarda “Bank ishi” fakulteti “Marketing” ta’lim yo’nalishi talabalarining “Issledovanie sostoyaniya razvitiya prodovolstvennix tovarov v Respublike Uzbekistan”, “Marketingoviy obzor razvitiya piщevoy promыshlennosti v Uzbekistane”, “Vnutrenniy rinok ot eksporta plodoovoshey ne postradayet”, “Nasыshaya prodovolstvenniy rinok”, “Oziq-ovqat sanoat tadbirkorlik faoliyati shaklanishida ta’sir etuvchi omillar”, “Aholi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni indikativ rejalashtirish”, “Perspektivi razvitiya prodovolstvennogo rinka Uzbekistana”,  “Dostijenie prodovolstvennoy bezopasnosti v Respublike Uzbekistan”, “O’zbekiston yaxna ichimliklar bozorida brend ishlab chiqish va uni amalga oshirish” mavzulardagi  ma’ruzalari tinglandi va keng muhokama qilindi.


|05/11/2015| Ташкентский государственный экономический университети “Большая четверка” «Делойт» - путь к успеху!

5 ноября 2015 года в ТГЭУ прошел научно-практический семинар на тему: «Leadership–pathtosuccess» проведенный главой аудита компании «Делойт» Каспийского региона Эндрю Виксом.

Компания «Делойт» в Узбекистане является частью «Делойт СНГ Холдингс Лимитед», входящей в состав «Делойт Туш Томацу Лимитед». Предоставляет услуги в области аудита, налогообложения, консалтинга и корпоративных финансов. Отделения компании «Делойт» открыты в 11 странах СНГ, а также Грузии и Украине. Специализируется в предложении полного перечня услуг в области аудита для повышения доверия к информации, предоставляемой клиентами. Международный подход компании к аудиту применяется повсеместно.


|16/10/2015| “Turistik xizmatlarni ko‘rsatish jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni takomillashtirish” mavzusida talabalar ilmiy seminari

2015 yil 16 oktyabrda “Xalqaro turizm” fakulteti “Turizm” kafedrasining “Mexmonxona xo‘jaligini tashkil etish” yo‘nalishi bo‘yicha iqtidorli talabalarning “Turistik xizmatlarni ko‘rsatish jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni takomillashtirish” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi.

Seminarda universitetning Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori K. Axmedjanov, “Xalqaro turizm” fakulteti dekani R. Yusupov, “Turizm” kafedrasi mudiri Z. Adilova, kafedra professor-o‘qituvchilari R. Shodiev, A. Abduvoxidov, M. Alieva, T. Sodiqov, Sh. Sidikov, U. Rustamova qatnashdilar. Seminarni Ilmiy ishlar bo‘yichaprorektor K. Axmedjanov o‘z ma'ruzasi bilan ochib berdi va bugungi kunda talabalar bilimini yanada oshirish maqsadida talabalar o‘rtasida dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ilmiy seminarlar o‘tkazish yaxshi an'anaga aylanganini ta'kidladi. Bu kabi seminarlar talabalarning ilmiy saviyalarini oshirishga turtki bo‘lishini ishtirokchilarga bildirib o‘tdi.


|14/10/2015| “Zamonaviy menejerning ahloqiy-ruhiy fazilatlari” mavzusida iqtidorli talabalarning ilmiy seminari

2015 yil 14oktyabr kuni “Menejment” fakulteti “Menejment” kafedrasi tomonidan “Zamonaviy menejerning ahloqiy-ruhiy fazilatlari” mavzusida iqtidorli talabalarning ilmiy seminari o‘tkazildi. Seminarda universitetning Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektoriK.Axmedjanov, “Menejment” fakulteti dekani o‘rinbosari Sh. Xidirov, “Menejment” kafedrasi professori N. Yo‘ldoshev, “Menejment” kafedrasiv.v.b. dots. G. Adilova, professor-o‘qtuvchilar va iqtidorli talabalar qatnashishdi.  

Ilmiy seminarni Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor K. Axmedjanov kirish so‘zi bilan ochib berdi va bugungi kunda talabalar bilimini yanada oshirish maqsadida talabalar o‘rtasida dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ilmiy seminarlar o‘tkazilib kelinayotganligini, ushbu ilmiy seminarlar talabalarning ilmiy saviyalarini oshirishga turtki bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng “Menejment” kafedrasi mudiri v.v.b. G. Adilova ilmiy seminar taqdimotchilariga ma'ruza qilishlari uchun so‘z berdi.


|30/09/2015| “Moliya bank tizimi barqarorligini ta'minlashning xalqaro standartlari va uni O‘zbekistonda joriy qilish imkoniyatlari” mavzusida iqtidorli talabalarning ilmiy seminari

2015 yil 30 sentyabrda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari bilan hamkorlikda universitetning “Bank ishi” kafedrasi tomonidan “Moliya bank tizimi barqarorligini ta'minlashning xalqaro standartlari va uni O‘zbekistonda joriy qilish imkoniyatlari” mavzusida iqtidorli talabalarning ilmiy seminari o‘tkazildi.

Ilmiy seminarda AT “Xalq bank” boshqaruvi raisi o‘rinbosari V. Zokirov, ATB “Mikrokreditbank” kredit bo‘limi boshlig‘i J. Maxmudov, AT “Trastbank” kredit bo‘limi boshlig‘i O. To‘laganov va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori K. Axmedjanov, “Bank ishi” fakulteti dekani M. Tashxodjayev, “Bank ishi” kafedrasi mudiri R. Tojiyev, fakultet dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar hamda “Bank ishi” fakulteti iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.


|18/09/2015| “Byudjet soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida talabalar ilmiy seminari

2015 yil 18 sentabrda “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti “Moliya va soliqlar” kafedrasining “Soliq va soliqqa” tortish yo‘nalishi bo‘yicha iqtidorli talabalarning “Byudjet soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida  ilmiy seminar  o‘tkazildi. Ilmiy seminarda universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori K. Axmedjanov, “Buxgalteriya xisobi va audit” fakulteti dekani v.v.b., Z. Muqumov, kafedra mudiri v.v.b. dots. Q.T. Bazarov, kafedra professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalar qatnashdilar.

Talabalar ilmiy seminarini universitet ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori K. Axmedjanov kirish so‘zi bilan ochib universitetimizda talabalarning ilmiy izlanishlari, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida so‘z yuritdi va kun tartibidagi hozirgi kundagi asosiy dolzarb masalalardan biri ekanligini ta’kidladi. K. Axmedjanov mamlakatimizda byudjet-soliq siyosatining iqtisodiyotimizda tutgan o‘rni, ahamiyati, shuningdek mamlakatimizda olib borilayotgan byudjet soliq siyosati asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga yaratilayotgan shart sharoitlar to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi