Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

2015 yil 14oktyabr kuni “Menejment” fakulteti “Menejment” kafedrasi tomonidan “Zamonaviy menejerning ahloqiy-ruhiy fazilatlari” mavzusida iqtidorli talabalarning ilmiy seminari o‘tkazildi.

Seminarda universitetning Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektoriK.Axmedjanov, “Menejment” fakulteti dekani o‘rinbosari Sh. Xidirov, “Menejment” kafedrasi professori N. Yo‘ldoshev, “Menejment” kafedrasiv.v.b. dots. G. Adilova, professor-o‘qtuvchilar va iqtidorli talabalar qatnashishdi.  

Ilmiy seminarni Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor K. Axmedjanov kirish so‘zi bilan ochib berdi va bugungi kunda talabalar bilimini yanada oshirish maqsadida talabalar o‘rtasida dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ilmiy seminarlar o‘tkazilib kelinayotganligini, ushbu ilmiy seminarlar talabalarning ilmiy saviyalarini oshirishga turtki bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng “Menejment” kafedrasi mudiri v.v.b. G. Adilova ilmiy seminar taqdimotchilariga ma'ruza qilishlari uchun so‘z berdi.

Ushbu ilmiy seminarda 3-kurs MN-75 guruhi talabalari Rajabov Muxiddin “ISO standartlarini qo‘llashda zamonaviy menejerning boshqaruv etikasi” mavzusida,  Abdimurodova Kamola “Mehnat jamoalarini boshqarishda rahbarning roli”  mavzusida, Umirov Anvar  “Ishlab chiqarish korxonalarini boshqarishning ijtimoiy – ruhiy usullari” mavzusida va Axmedov Nozim “Zamonaviy korporativ munosabatlarni tashkil etish yo‘nalishlari” mavzusida ma'ruza qilishdi.

Ma'ruzalardan so‘ng professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda taqdimotchilar o‘rtasida qiziqarli bahs-munozara bo‘lib o‘tdi va tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ijobiy javob olishdi. Bahs-munozaradan so‘ng “Menejment” kafedrasi professori N. Yo‘ldoshev so‘zga chiqib,  “Men maruzalarning barchasini eshitdim,  ammo o‘tgan seminarda qilingan ma'ruzalardan bugungi qilingan ma'ruzalar ancha yaxshi ekanligini va ma'ruzachilar o‘zlarini ustida ancha ishlaganlaridan dalolat berishini, “Ilmning  ko‘chasi ko‘p! Savollar ham ko‘p!”- deb aytdilar.

Shundan so‘ng Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor K. Axmedjanov so‘zga chiqib, talabalar ma'ruzalarini  o‘z fikrlari bilan yoritib bera olganlari, talabalarning kelajakdagi ma'ruzalarida erkin va ravon so‘zlashlari, berilayotgan savollarga o‘ylanmay aniq javob bera olishlari ham ilmiy seminarning maqsadi hisoblanishini aytib o‘tdi. Balki talabalar o‘z ma'ruzalarini to‘laqonli yoritib bera olmagandir, lekin o‘z fikrlarini bildira olganlari quvonarli holat ekanligini va keyingi ilmiy seminarlar bundan ham yuqori saviyada bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi. Seminar yakunida ilmiy seminarda faol qatnashgan talabalar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi