Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

2015 yil 16 oktyabrda “Xalqaro turizm” fakulteti “Turizm” kafedrasining “Mexmonxona xo‘jaligini tashkil etish” yo‘nalishi bo‘yicha iqtidorli talabalarning “Turistik xizmatlarni ko‘rsatish jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni takomillashtirish” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi.

Seminarda universitetning Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori K. Axmedjanov, “Xalqaro turizm” fakulteti dekani R. Yusupov, “Turizm” kafedrasi mudiri Z. Adilova, kafedra professor-o‘qituvchilari R. Shodiev, A. Abduvoxidov, M. Alieva, T. Sodiqov, Sh. Sidikov, U. Rustamova qatnashdilar.

Seminarni Ilmiy ishlar bo‘yichaprorektor K. Axmedjanov o‘z ma'ruzasi bilan ochib berdi va bugungi kunda talabalar bilimini yanada oshirish maqsadida talabalar o‘rtasida dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ilmiy seminarlar o‘tkazish yaxshi an'anaga aylanganini ta'kidladi. Bu kabi seminarlar talabalarning ilmiy saviyalarini oshirishga turtki bo‘lishini ishtirokchilarga bildirib o‘tdi.

Shundan so‘ng “Turizm” kafedrasi mudiri prof. Z. Adilova ketma-ketlikda taqdimotchilarga so‘z berdi.

Seminarda Abdiev Otabek “The role of ICT in Tourism” mavzusida, TL-76 guruh talabasi Ashrapov Alisher tomonidan “Mehmonxonalarda bronlashtirish tizimlari” mavzusida va TL-33 guruh talabalari Zufarov Elyor hamda Axmedov Akmal “Программный продукт в деятелности туристских фирм” mavzusidataqdimot qildilar.

Eshitilgan ma'ruzalar bo‘yicha talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida bahs-munozara bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzalar yakunlangandan so‘ng so‘zga Ilmiy ishlar bo‘yichaprorektori K. Axmedjanov so‘zga chiqib quydagilarni aytdilar: “Talabalar ma'ruzalarini  o‘z fikrlari bilan yoritib bera olganlari bizni juda xursand qildi. Bizning qo‘ygan maqsadimiz ham sizlarning kelajakdagi ma’ruzalaringizni erkin va ravon, berilayotgan savollarga aniq javob bera olishini ilmiy seminarimiz samarasi hisoblanadi. Ushbuilmiy seminarda talabalar yangi bilim va ma'lumotlarga ega bo‘lishlarini va kelgusi ilmiy seminarlar bundan ham yuqori darajada bo‘lishi lozimligini takidlab ilmiy seminarga  yakun yasadilar.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi