Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

2015 yil 18 sentabrda “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti “Moliya va soliqlar” kafedrasining “Soliq va soliqqa” tortish yo‘nalishi bo‘yicha iqtidorli talabalarning “Byudjet soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida  ilmiy seminar  o‘tkazildi.

Ilmiy seminarda universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori K. Axmedjanov, “Buxgalteriya xisobi va audit” fakulteti dekani v.v.b., Z. Muqumov, kafedra mudiri v.v.b. dots. Q.T. Bazarov, kafedra professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalar qatnashdilar.

Talabalar ilmiy seminarini universitet ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori K. Axmedjanov kirish so‘zi bilan ochib universitetimizda talabalarning ilmiy izlanishlari, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida so‘z yuritdi va kun tartibidagi hozirgi kundagi asosiy dolzarb masalalardan biri ekanligini ta’kidladi. K. Axmedjanov mamlakatimizda byudjet-soliq siyosatining iqtisodiyotimizda tutgan o‘rni, ahamiyati, shuningdek mamlakatimizda olib borilayotgan byudjet soliq siyosati asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga yaratilayotgan shart sharoitlar to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.

 

Shundan so‘ng ilmiy seminarda “Byudjet-soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari” to‘g‘risida ma’ruzachi i.f.n. dots. X. Qurbonovga berildi.

X. Qurbonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir” mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzasida Mamalakatimizda byudjet soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va bu borada erishilgan natijalarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, ilmiy seminarda “Jismoniy shaxslarning jami daromadlarini deklaratsiyalash tizimini takomillashtirish mexanizmi” mavzusida SS-62 guruh talabasi Axmadjonov Shoxrux “Soliq siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida, SS-61 guruh talabasi Latipov Dadamurod “Jismoniy shaxslardan undiriladigan mahalliy soliqlarni xisob-kitob mexanizmini takomillashtirish masalalari” mavzusida, SS-62 guruh talabasi Olimov Arobiddin “Kichik biznes sub’ektlarining soliq va majburiy to‘lovlarni to‘lash tartiblari” mavzusida, SS-61 guruh talabasi Sarvar Sobitovlar tomonidan ma’ruzalar tinglandi.

Ma’ruzalar yakunlangandan so‘ng Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor K. Axmedjanov so‘zga chiqib quyidagilarni aytdi: “Talabalar ma’ruzalarini o‘z fikrlari bilan yoritib bera olganlari bizni juda xursand qildi. Bizning qo‘ygan maqsadimiz ham sizlarning kelajakdagi ma’ruzalaringizni erkin va ravon, berilayotgan savollarga aniq javob bera olishini ilmiy seminarimiz samarasi hisoblanadi. Ushbu ilmiy seminarda talabalar yangi bilim va ma’lumotlarga ega bo‘lishlarini va kelgusi ilmiy seminarlar bundan ham yuqori darajada bo‘lishi lozimligini ta’kidlab ilmiy seminarga yakun yasadilar.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi