Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

|17/01/2017| Vatanparvarlikni chinakam e'tiqodga aylantiraylik

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 25 yilligi va 14 yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatanparvarlikni chinakam e'tiqodga aylantiraylik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida so‘z olgan B. Ergashev bugungi yoshlarimiz mustaqil vatanimizning posbonlaridir, biz navqiron avlod vakillarini barkamol, yetuk kishilar qilib voyaga yetkazsak, ularning har birida or-nomus, milliy g‘ururni izchil shakllantirib borsak, vatanimiz shunchalik qudratli davlatga aylanadi, deya ta'kidladi.

|16/01/2017| Vatan himoyasi muqaddas burch

Korporativ boshqaruv” fakulteti va Bank ishi kafedrasi hamkorlikda 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 25 yilligi munosabati bilan “Vatan himoyasi muqaddas burch” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Bank ishi kafedrasi mudiri Norboy Karimov kirish so‘zi bilan tadbirni ochdi. Tadbir va undagi masalalar mazmun-mohiyati bilan yig‘ilish ishtirokchilarni tanishtirdi.

 

|14/01/2017| Vatan himoyachilari – faxrimiz, g‘ururimiz

Marketing kafedrasi tomonidan 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan “Vatan himoyachilari – faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusidagi o‘tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Ta'kidlanganidek, 14-yanvar kunini mamlakatimizda har yili milliy bayram sifatida katta tantana bilan nishonlash o‘ziga xos an'anaga aylangan. Barchamizning bugungidek tinch, xotirjam hayotimiz Qurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda himoya qilinmoqdaki, mana shunday ma'suliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo‘layotgan o‘g‘lonlarimizni har qancha e'zozlasak, ko‘kka ko‘tarsak arziydi.

|13/01/2017| O‘zbekiston – mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz faxru g‘ururimiz!

O‘zbekiston tarixi kafedrasi Xalqaro turizm fakulteti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil etilganligini yigirma besh yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston – mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz faxru g‘ururimiz!” shiori ostida “Avlodlar uchrashuvi” mavzusida jasorat darsini tashkil etdi.

 

|24/12/2016| Yuzma-yuz  muloqotlar bo`lib o`tdi

Mamlakatimizda e'lon qilingan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan ta'lim dargohimizda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va ota-onalar ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan uchrashuvlarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida ilgari surilgan ustuvor masalalar ijrosini ta'minlashga qaratilgan vazifalar keng muhokama qilindi.

 

|23/12/2016| ‘’Konstitutsiya – demokratik taraqqiyotimizning huquqiy asosi mavzusida o’tkazilgan ochiq “Manaviyat soati

1992-yil 8-dekabr qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimiz hayotida muhim tarixiy voqea bo’ldi. Konstitutsiyamiz umume’tirof etilgan demokratik prinsiplarga asoslanish bilan birga, xalqimizning bebaho qadiriyatlari va boy davlatchilik tajribasini o’zida ifoda etgan. Bosh Qomusimiz inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini kafolatlab bergan oliy yuridik maqomga ega bo’lgan hujjat hisoblanadi. Konstitutsiya asosida yurtimizda milliy qonunchilik tizimi barpo etildi. Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilgan samarali islohotlarga asos bo’ldi.

|22/12/2016| Qozog‘iston xalq xo‘jaligi universiteti professori ta’lim dargohimizda

Qozog‘iston xalq xo‘jaligi universiteti o‘qituvchisi Gulashar Doskeyeva ishchi tashrif bilan universitetimizda bo‘ldi.

Tashrif davomida universitetlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, universitetlararo professor-o‘qituvchilarning mobilligi, ilmiy tadqiqot ishlarida va xalqaro grantlarda hamkorlik olib borish masalalari muhokama qilindi.

|20/12/2016| Kafedra tomonidan seminar-trening tashkil etildi

Kasb ta’limi” (iqtisodiyot) kafedrasi tomonidan Kasb ta’limi (iqtisodiyot) hamda Kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiyalari) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 1-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan “Pedagogika. Psixologiya” fanidan xorijiy adabiyotlar asosida yaratilgan o‘quv-uslubiy majmua (O‘UM) bilan tanishtirish va qo‘llash yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar berish maqsadida turdosh oliy ta’lim muassasalari hamda universitet professor-o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.


|17/12/2016|Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida adolatli Xalqaro aloqalar va hamkorlikka tayyorlov instituti koordinatori Wang Wei boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi

   Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 29 noyabrdagi  87-02-158-XFU xatiga hamda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2016 yil 24 noyabrdagi 08/30417-sonli xatiga javoban joriy yil 13 dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati tomonidan Shanxay Xalqaro aloqalar departamenti direktori hamda Shanxay siyosiy-yuridik universiteti qoshidagi ShHT doirasida adolatli Xalqaro aloqalar va hamkorlikka tayyorlov instituti koordinatori Wang Wei boshchiligidagi delegatsiya kutib olindi.

|16/12/2016| Universitetimizda Respublika ilmiy - anjumani  bo`lib o`tdi

Ta'lim dargohimizda “O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning nazariy asoslari va ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi depuptatlari, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, O‘zstandart agentligi, “Ijtimoiy fikr” markazi vakillari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professor-o‘qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari, magistrant va iqtidorli talabalari ishtirok etdi.


|15/12/2016|  Yong`in xavfsizligi oyligiga bag`ishlangan davra suhbati

Davra suhbatida so‘z olgan Chilonzor tumani IIB YoXB boshlig‘i Abdurahmon Ahmedov mamlakatimizda 2016 yil 10 noyabrdan 2017 yil 10 yanvarga qadar o‘tkazilishi belgilangan yong‘in xavfsizligi oyligining mohiyati haqida gapirib o‘tdi. Ushbu oylikdan ko‘zlangan asosiy maqsad iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob'ektlari, shuningdek, uy-joy fondini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish hamda o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan ob'ektlarda yong‘in xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat ekanligiga davra suhbati ishtirokchilari e'tiborini qaratdi.

|13/12/2016|Gretsiyaning Panteon universiteti rektori Ismini Kriarini Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tashrifi                                                   

    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 24-noyabrdagi   87-02-472-sonli xatiga hamda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining   2016 yil 27 noyabrdagi 10/34395-sonli xatiga javoban joriy yil 1-dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati boshchiligidagi guruh tomonidan Grestiyaning Afina shahridagi Panteon universiteti rektori Ismini Kriari kutib olindi.     


Saxifa 1 dan 53 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 30 50 > >>

Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi