Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

     2016-yil 24-oktyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 7-bino “Faollar zali”da “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” fakulteti talabalari uchun “Saylov-demokratiya ko’zgusi” mavzusida huquqshunos-mutaxassislar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida universitet ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i           R. Najimadinov, fakultet dekani, dotsent A. Sobirov, ta’lim-tarbiya maslahatchilari N.S.Nuriddinova, N.O. Muhtorova hamda 150 nafar talaba yoshlar ishtirok etishdi. Davra suhbatini “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” fakulteti dekani i.f.n, dotsent A.A.Sobirov kirish so’zi bilan ochdi.

       Davra suhbatiga taklif etilgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huquqshunosi, dotsent A.N. Raxmonovning “O’zbekiston Resbublikasi Prezidenti saylovining huquqiy asoslari” mavzusida, Toshkent davlat yuridek universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, yu,f,n. M.M.Nurmatovning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi saylov komissiyalari” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi. Davra suhbati qiziqarli munozaraga boy bo’lib, talabalar O’zbekiston Respublikasi saylov tizimi bilan bog’liq o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Davra suhbati yakunida saylov komissiyalari faoliyatiga bag’ishlangan videorolik namoyish etildi. Tadbirda ishtirok etgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’lim boshlig’I R. Najimadinov mazmunli ma’ruzalari uchun mehmonlarga o’z minnatdorchiligini bildirib, bu kabi tadbirlarning talaba-yoshlarimizning siyosiy faolligini oshirishga, huquqiy ongini va bilimlarini kengayishiga turtki bo’lishini ta’kidlab o’tdi.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi