Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

  2016-yil 25-oktyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 7-bino “Faollar zali”da Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti  “Saylov tizimining huquqiy asoslari”  mavzusida huquqshunos-mutaxassislar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

  Tadbirni Ma'naviyat va ma'rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i R. Najimadinov kirish so‘zi bilan ochib, demokratik huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda saylov jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Har bir davlat saylovlarning adolatli va xolisona o‘tishiga alohida e'tibor beradi va saylov jarayonlarining mazmuniga qarab saylovlarga baho beriladi. Shuning uchun ham mustaqillikning ilk kunlaridanoq demokratik prinsiplarga asoslangan saylov tizimini yaratishga alohida e'tibor qaratildi. Bugungi kunda saylov qonunchiligi milliy kadriyatlarimiz va davlatchilik tariximiz asosida, fuqarolarning siyosiy huquq, erkinligi va manfaatlarini ta'minlash hamda xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan tamoyillari va rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilganligi to‘g‘risida so‘zladi.

Shundan keyin so‘z navbatini o‘zbekistonda  demokratik jamiyat qurish nazariyasi  va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi dots. A.Sodiqovga berildi.

  A.Sodiqov hozirgi kunda -O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga

oshiriladi. Fuqarolarning davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etishdagi ishtiroki asosan saylovlarda namoyon bo‘ladi. Erkin va bevosita saylovlar orqali fuqarolar o‘zi munosib bilgan shaxslarni hokimiyat organlariga saylaydi, ularga nisbatan o‘z munosabatini bildiradi hamda davlat boshqaruvini amalga oshirishda ishtirok etishi mumkinligi haqida talabalarga tushuntirib o‘tdi va saylov tizimining mazmun mohiyati haqida talaba yoshlarga quyidagi ma'lumotlarni ham yetkazdi. Saylov tizimi - demokratik jamiyat siyosiy tizimining muhim qismi bo‘lib, fuqarolarning saylash va saylanishdan iborat huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar yig‘indisini anglatadi. Ushbu tushuncha davlatning saylab qo‘yiladigan organlarini shakllantirish tartib-taomillarini ham o‘z ichiga qamrab oladi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda - dekabr oyi uchinchi

o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. 

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

birinchidan, saylovning Markaziy saylov komissiyasi tizimi tomonidan mustaqil ravishda olib borilishi, ya'ni MSK a'zolari Oliy Majlis tomonidan shakllantiriladi va hech kaysi davlat organlariga tobe bo‘lmaydi hamda har qanday siyosiy mafkuralardan xolisona faoliyat olib boradi.

ikkinchidan, saylov o‘tkaziladigan muddatning aniq belgilanishi, ya'ni Konstitutsiyada vakolat muddati tugaydigan yili dekabr oyining uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi qat'iy belgilanishining ahamiyati muhimdir. Chunki, har bir siyosiy partiya yoki fuqarolar o‘zining harakat dasturi va saylov platformasini belgilashda barqarorlikni ta'minlaydi, saylovda qatnashuvchi jamoat tashkilotlari, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari uchun ham qulaylik tug‘diradi va yil yakunlari mana shu vaqtga to‘g‘ri kelishini hisobga oladigan bo‘lsak, yangi muddatga saylangan rahbar bilan yangi yil rejalarini belgilash uchun juda muhimdir.

          O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar.

         "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi Qonun mamlakatimizda saylovga oid qabul qilingan birinchi qonun bo‘lib, unda ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida fuqarolar tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi hamda yashirin ovoz berish yo‘li bilan davlat rahbarini saylashning demokratik asoslari belgilab berildi.

           O‘zbekiston Respublikasining saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunning qabul qilinishi nafaqat siyosiy, balki huquqiy jihatdan xam muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Qonun saylov tizimini tartibga soluvchi qoidalarning izchilligini ta'minlash va saylovchilarning huquqlarini amalga oshirilishini kafolatlashni nazarda tutganligi bilan ajralib turadi. Fuqarolarning saylov huquqi siyosiy xuquqlarning asosi bo‘lganligi bois alohida qonun bilan kafolatlanishi katta ahamiyatga ega. Saylov jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarning uzviyligini, muvofiqligini hamda o‘zaro aloqadorligini ta'minlash, bunda saylovchilarning hamda nomzodlarning huquqlarini himoya qilishni ta'minlash va amalga oshirilishini kafolatlash jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.

         Saylovga oid qonunchilikka ko‘ra, shu jumladan "O‘zbekiston Respublikasi saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunda ham belgilanganidek, bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin. Saylovlarda xolislikni ta'minlash maqsadida "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunning 16-moddasiga ko‘ra saylov huquqiga ega, biron bir siyosiy partiyaning a'zosi bo‘lmagan, deputatlikka nomzod yoki uning ishonchli vakili etib ko‘rsatilmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylov komissiyalarining a'zosi bo‘lishlari mumkin. Ya'ni, nomzodlarning ishonchli vakillari saylov komissiyasi a'zosi bo‘lishi mumkin emas.

Saylovlar ma'lum bir davr oralig‘ida davlat hokimiyati tarkibini yangilab boradi, ushbu imkoniyat shu davrdagi yetakchi g‘oya, fikr va ustuvor yo‘nalishlarga yana bir bor nazar tashlashni taqozo etadi. Har bir saylovchi ushbu huquq va erkinliklarni amalga oshirishda Konstitutsiyamizda mustahkamlangan tamoyilga asoslanadi, ya'ni "O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilmaxilligi asosida

rivojlanadi". Albatta har bir g‘oya, mafkura va fikrlar asosli ravishda ifodalanishi, mavjud Konstitutsiyaviy tuzumning barqarorligi hamda rivojlanishini ta'minlashga xizmat qilishi lozim. Shuning uchun ham ushbu siyosiy maydonda siyosiy partiyalar va nomzodlar o‘zaro hurmat asosida, haqqoniylik bilan, o‘zgalarga nisbatan umuminsoniy qadriyatlarga xos va mos ravishda munosabatda bo‘lishi talab etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

     birinchidan, saylovning Markaziy saylov komissiyasi tizimi tomonidan mustaqil ravishda olib borilishi, ya'ni MSK a'zolari Oliy Majlis tomonidan shakllantiriladi va hech kaysi davlat organlariga tobe bo‘lmaydi hamda har qanday siyosiy mafkuralardan xolisona faoliyat olib boradi.

     ikkinchidan, saylov o‘tkaziladigan muddatning aniq belgilanishi, ya'ni Konstitutsiyada vakolat muddati tugaydigan yili dekabr oyining uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi qat'iy belgilanishining ahamiyati muhimdir. Chunki, har bir siyosiy partiya yoki fuqarolar o‘zining harakat dasturi va saylov platformasini belgilashda barqarorlikni ta'minlaydi, saylovda qatnashuvchi jamoat tashkilotlari, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari uchun ham qulaylik tug‘diradi va yil yakunlari mana shu vaqtga to‘g‘ri kelishini hisobga oladigan bo‘lsak, yangi muddatga saylangan rahbar bilan yangi yil rejalarini belgilash uchun juda muhimdir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi Qonun mamlakatimizda saylovga oid qabul qilingan birinchi qonun bo‘lib, unda ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida fuqarolar tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi hamda yashirin ovoz berish yo‘li bilan davlat rahbarini saylashning demokratik asoslari belgilab berildi.

O‘zbekiston Respublikasining saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunning qabul qilinishi nafaqat siyosiy, balki huquqiy jihatdan xam muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Qonun saylov tizimini tartibga soluvchi qoidalarning izchilligini ta'minlash va saylovchilarning huquqlarini amalga oshirilishini kafolatlashni nazarda tutganligi bilan ajralib turadi. Fuqarolarning saylov huquqi siyosiy xuquqlarning asosi bo‘lganligi bois alohida qonun bilan kafolatlanishi katta ahamiyatga ega. Saylov jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarning uzviyligini, muvofiqligini hamda o‘zaro aloqadorligini ta'minlash, bunda saylovchilarning hamda nomzodlarning huquqlarini himoya qilishni ta'minlash va amalga oshirilishini kafolatlash jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.

Saylovga oid qonunchilikka ko‘ra, shu jumladan "O‘zbekiston Respublikasi saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunda ham belgilanganidek, bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin. Saylovlarda xolislikni ta'minlash maqsadida "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunning 16-moddasiga ko‘ra saylov huquqiga ega, biron bir siyosiy partiyaning a'zosi bo‘lmagan, deputatlikka nomzod yoki uning ishonchli vakili etib ko‘rsatilmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylov komissiyalarining a'zosi bo‘lishlari mumkin. Ya'ni, nomzodlarning ishonchli vakillari saylov komissiyasi a'zosi bo‘lishi mumkin emas.

Saylovlar ma'lum bir davr oralig‘ida davlat hokimiyati tarkibini yangilab boradi, ushbu imkoniyat shu davrdagi yetakchi g‘oya, fikr va ustuvor yo‘nalishlarga yana bir bor nazar tashlashni taqozo etadi. Har bir saylovchi ushbu huquq va erkinliklarni amalga oshirishda Konstitutsiyamizda mustahkamlangan tamoyilga asoslanadi,

ya'ni "O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilmaxilligi asosida rivojlanadi". Albatta har bir g‘oya, mafkura va fikrlar asosli ravishda ifodalanishi, mavjud Konstitutsiyaviy tuzumning barqarorligi hamda rivojlanishini ta'minlashga xizmat qilishi lozim. Shuning uchun ham ushbu siyosiy maydonda siyosiy partiyalar va nomzodlar o‘zaro hurmat asosida, haqqoniylik bilan, o‘zgalarga nisbatan umuminsoniy qadriyatlarga xos va mos ravishda munosabatda bo‘lishi talab etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining mustaqil sudlov hokimiyati fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilishni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi. Saylov jarayonida fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini himoya qilish odil sudlovning zimmasidagi muhim vazifa ekanligi ushbu normada o‘zining yorkin ifodasini topgan.

Xulosa qilib aytganda,  mamlakatimiz  saylov tizimi  xalqaro huquqning  umum e'tirof qoidalari, rivojlangan demokratik davlatlarning bu boradagi ilg‘or tajribasi va xalqimizning milliy mentalitetini inobatga olgan holda shakllantirilgan bo‘lib, fuqarolarga davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali erkin hamda ixtiyoriy ishtirok etish uchun teng sharoitlarni kafolatlaydi. Mamlakatimizda joriy yil 4 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining o‘tkazilishi va ushbu saylov kompaniyasida turli aholi qatlamlari manfaatlarini ifodalovchi siyosiy partiyalar hamda saylovchilar tashabbuskor guruhining faol ishtirok etayotganligi saylov tizimining adolatli yana bir dalolatdir.

Tadbir yakunida ma'naviyat va ma'rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i R. Najimadinov barcha tadbir ishtirokchilariga hamda tadbir mehmoni A.Sodiqovga o‘z minnatdorchiligini bildirgan holda tadbirni yakunladi.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi