Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

     Yevropa Komissiyasining Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ishtirok etayotgan “GER-UZB Staff Mobility towards Enhancement of Teaching Competence and Professional Development” (“O’qitish sifatini yaxshilash va  malaka oshirish borasida Germaniya va O’zbekiston o’rtasidagi o’qituvchilar mobilligi”) loyihasi doirasida Germaniyaning Bremenhaven amaliy fanlar universiteti professori Gerhard Feldmayer 2016-yil 10-noyabrdan
24-noyabrgacha universitetimizga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifning asosiy maqsadi universitet talabalariga ingliz tilida iqtisodiyot fanlari, xususan “Xalqaro biznes”, “Xalqaro menejment”, “Xalqaro turizm”, “Bank ishi” va boshqa fanlar bo’yicha ma’ruza mashg’ulotlarini o’tkazish hamda universitetlar o’rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo’ldi.

Xorijlik professorning Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalariga o’tkazgan ma’ruza mashg’ulotlari universitet rahbariyati tomonidan tasdiqlangan jadval  asosida tashkil etildi. Unga muvofiq, prof. Gerhard Feldmayer tomonidan ma’ruza mashg’ulotlari universitetining 1-bino 134-xonasida joriy yil 14-noyabrdan 23-noyabrgacha o’tkazilib, ularda Iqtisodiyot, Xalqaro turizm, Iqtisodiyotda axborot tizimlari, Korporativ boshqaruv, Buxgalteriya hisobi va audit hamda Magistratura bo’limi talabalari ishtirok etidilar. Shuningdek, ma’ruza mashg’ulotlari 22-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutining tinglovchilari uchun ham tashkil qilindi va o’tkazildi. Xorijlik professor tomonidan ma’ruza mashg’ulotlari zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda o’tkazildi.

Shu qatorda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Germaniyaning Bremen amaliy fanlar universiteti o’rtasidagi hamkorlik memorandumini amaolga oshirish doirasida mazkur universitet professori Martina Ryorix 2016-yil
12-noyabrdan 28-noyabrgacha universitetimizga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifning asosiy maqsadi universitet talabalariga ingliz tilida iqtisodiyot fanlari bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish hamda universitetlar o’rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo’ldi.

Professor Ryorix tomonidan ma’ruza va amliy mashg’ulotlar 2016-yil 14-17-noyabr kunlari mobaynida o’tkazilib, ularda Korporativ boshqaruv fakulteti hamda Magistratura bo’limi talabalari ishtirok etdilar. Xorijlik professor tomonidan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar zamonaviy axborot va pedagogik, shu jumladan keys-stadi texnologiyalaridan foydalangan holda o’tkazildi.  


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi