Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

Xalqimizda azal-azaldan bir olijanob, ezgu insoniy odatlar mavjudki, ularni boshqa xalqlarda uchratish qiyin. Ulardan biriumumxalq hasharlaridir. Hashar halqimizning eng qadimiy va boqiy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida xalqimizning vatanni sevish, yurtni obod etish, o‘zgalarni e’zozlash va farovon turmush barpo etishga intilishi mujassam.


  

Har yili bayramlarimiz arafasida hashar o‘tkazilib, atrof-muhitni tozalash, obodonlashtirish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli xayrli ishlar amalga oshirilib kelinadi. Bu jarayonda universitetimiz mehnat jamoasi ham faol ishtirok etdilar.

Yurtimizning barcha go‘shalarida bo‘lgani kabi, universitetimizda ham 11-12 mart kunlari o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Hashar kunlarining erta tongidan universitet pedagog jamoasi, ishchi-xizmatchilar va talaba yoshlar ta'lim muassasamiz hududini obodonlashtirish, binolar holatini yaxshilash, maishiy va qurilish chiqindilarini olib chiqish, daraxtlarni oqlash va ularga shakl berish, yangi ko‘chatlar va manzarali gullar o‘tqazish, ariqlarni tozalash ishlarga bel bog‘ladilar.

  

Shuningdek, yurtimizda e’lon qilingan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi doirasida universitetimiz jamoasi O‘zbekiston milliy bog‘i hududini obodonlashtirish ishlariga ham hissa qo‘shdilar. Hasharchilarimiz sa'y-harakatlari bilan 30 gektar maydon tartibga keltirildi.

Создано Qo‘shbaqov Aybek Shovqiyevich

Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi