Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

     Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 24-noyabrdagi  87-02-472-sonli xatiga hamda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining  2016 yil 27 noyabrdagi 10/34395-sonli xatiga javoban joriy yil 1-dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati boshchiligidagi guruh tomonidan Grestiyaning Afina shahridagi Panteon universiteti rektori Ismini Kriari kutib olindi.

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan Panteon universiteti o’zaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish maqsadida o’zaro hamkorlik memorandumi imzoladi. Muzokarada tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan muloqot olib borildi.

    Panteon universiteti rektori Ismini Kriari universitet Axborot resurs markazi, “Universitet tarixi” muzeyi bilan tanishtirildi hamda muzeydagi Faxriy mehmonlar kitobida oliygohimizga bo’lgan  o’z samimiy va ezgu tilaklarini yozib qoldirdi.  


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi