Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti 2-kurs talabalarining ota-onalari ishtirokida “Dekanat va ota-onalar muloqoti” uchrashuvi tashkil etildi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan yurtimizning barcha vazirlik, hokimiyat, idora, korxona, tashkilot, muassasalar tizimida jamiyatning hamkorlik bo‘g‘inlari bilan uchrashuv, muloqotlar tashkil etilmoqda.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ham universitet rektori bilan talabalar va ularning ota-onalari ishtirokida tizimli ravishda muntazam uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Universitetning Iqtisodiyot fakultetida ham tasdiqlangan reja asosida har bir ta'lim-tarbiya maslahatchisiga biriktirilgan akademik guruhlarda tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari bilan universitetda muloqotlar tashkil etilmoqda. 

Xususan, joriy yilning 4 mart kuni fakultetning 2-kurs iqtisodiyot ta'lim yo‘nalishi EKM 84-, 85-, 86-, 87-guruhlarda tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari bilan “Dekanat va ota-onalar muloqoti” uchrashuvlari tashkil etildi.

  

Muloqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ta'lim-tarbiya borasida imzolagan me'yoriy hujjatlari, joylardagi ma'ruzalarida belgilab bergan ustuvor vazifalar, universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoit, qo‘shimcha imkoniyat va innovatsion loyihalar hamda talabalarni oliy ta'lim muassasalarining odob-axloq qoidalari va universitet ichki tartib qoidalari (darsga kechikib kelish, dars davomati, kiyinish va muomala madaniyatiga amal qilmaslik, soch-soqolni o‘stirib yurish, dars vaqtida qo‘l telefonidan foydalanish misolida)ga amal qilishi va bu borada mavjud, yuzaga kelayotgan muammmo va kamchiliklar to‘g‘risida fikr yuritildi. Shuningdek, talabalarni 2016/2017-o‘quv yilining 1-semestrida o‘zlashtirish darajasi, fanlardan qarzdorlik va bu boradagi mavjud muammolar, yechim, takliflar va talabalarni 2016/2017-o‘quv yili uchun kontrakt-to‘lovlarini to‘lash tartibi va to‘lovni belgilangan muddatdan kechiktirmaslik to‘g‘risida ham atroflicha mulohazalar yuritildi.

Muloqot jarayonida ota-onalar tomonidan farzandi ta'lim-tarbiyasi bilan bog‘liq fikrlari hamda universitetda yaratilgan qulaylik va imkoniyatlardan qoniqish munosabatlari bildirildi.

Aytish o‘rinliki, fakultetda namunaviy tizim joriy etilib, unga ko‘ra har bir akademik guruhda Ota-onalar kengashiga rais saylandi. Tizim maqsadi, hamkorlikda ta'lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash, sohada mavjud, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ijtimoiy hamkorlik mexanizmi joriy qilindi. EKM 84-guruhiga Yusufjon Ilhomovning onasi Komila Shaxramova, EKM 85-guruhiga Aziza Azamovaning onasi Nargiza Jo‘rayeva, EKM 86-guruhiga Nigora Mo‘minovaning otasi Mirzakarim Xuddiev va EKM 87-guruhiga Shaxruz Tursunovning otasi Kahramon Rashidovlar Ota-onalar kengashi raisi etib ko‘pchilik ovoz bilan saylandi. 

Uchrashuv yakunida universitet ijtimoiy-siyosiy hayotida faol, ma'naviy qiyofasi namunali, fanlarni o‘z vaqtida ijobiy o‘zlashtirgan 15 nafar talabalarning ota-onasiga Tashakkurnomalar berildi.

Sherzod XIDIROV, 
Iqtisodiyot fakulteti dekani muovini 


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi