Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Yong‘in xavfsizligini ta'minlashning dolzarb muammolari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Chilonzor tuman IIB YoXB vakillari, soha mutaxassislari, universitet pedagog jamoasi, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida so‘z olgan Chilonzor tumani IIB YoXB boshlig‘i Abdurahmon Ahmedov mamlakatimizda 2016 yil 10 noyabrdan 2017 yil 10 yanvarga qadar o‘tkazilishi belgilangan yong‘in xavfsizligi oyligining mohiyati haqida gapirib o‘tdi. Ushbu oylikdan ko‘zlangan asosiy maqsad iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob'ektlari, shuningdek, uy-joy fondini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish hamda o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan ob'ektlarda yong‘in xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat ekanligiga davra suhbati ishtirokchilari e'tiborini qaratdi.


Shundan so‘ng, Chilonzor tuman IIB yong‘in xavfsizligi boshqarmasi vakillari kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlar vaqtida qanday harakatlanish lozimligi to‘g‘risida amaliy taqdimot namoyish qildilar. Yong‘in sodir bo‘lganda qanday harakatlanish lozimligi, birinchi tibbiy xizmat ko‘rsatish qoidalari, yong‘inni o‘chirish va uni bartaraf etishning yo‘l-yo‘riqlariga doir ko‘rgazmali chiqishlarni amalga oshirdilar.

Tadbir so‘ngida mutaxassislar yig‘ilganlarni ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chorlab, kundalik hayotda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilish davlat va o‘z shaxsiy mulkingizni, uy-joyingizni yong‘indan asragan, shuningdek, yaqinlaringiz va farzandlaringiz xavfsizligini ta'minlagan bo‘lasiz, deya ta'kidlashdi.

Muallif: 15.12.2016 Qo‘shbaqov Aybek Shovqiyevich

Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi