Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi “Start-up tashabuslari loyihasi” koordinatori Usmon Rahimjonov ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbir davomida iqtidorli talabalarga “Start-up tashabuslari loyihasi”ning ikkinchi bosqichi, undan ko‘zlangan maqsad, loyihada ishtirok etish tartibi, loyihalarga qo‘yiladigan talablar, talabalar guruhlarining vazifalari batafsil tushuntirib berildi.

“Start-up tashabusslari loyihasi” koordinatori Usmon Rahimjonov talabalarni bugungi kunda amalga oshrilayotgan Start-up loyihalari bilan tanishtirib talabalar tomonidan berilgan savollarga har tomonlama javoblar berdi.

“Start-up tashabusslari loyihasi”da ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar diqqatiga: Loyihalar onlayn tarzda 2017-yil 31-mart soat 18.00gacha ro‘yxatdan o‘tkazilish lozim.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi mudiri Ibodulla Xotamovga murojaat qilishingiz mumkin (Tel.: 239-28-20).

 

Start-up tashabusslari loyihasi haqida ma’lumot

“Startup” Tashabbuslari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi, BMT Taraqqiyot Dasturi va SASOL tomonidan tashkil etilgan bo’lib, startaplarni intensiv qo‘llab-quvvatlash dasturi talabalar uchun o‘z innovatsion startaplarini ochish va tadbirkorlik sohasida o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratadi.

 

Kim uchun?

Dasturda oliy o‘quv yurtlarining barcha talabalari va xodimlari, shuningdek o‘qituvchi va tadqiqotchilari ishtirok etishlari mumkin.

 

Dastur qatnashchilari qanday imkoniytlarga ega bo‘ladilar?

  • Yakka holdagi biznes-murabbiy (treker) ning maslahatlarini olish;
  • Loyihani amalga oshirish yo‘l haritasini biznes murabbiy bilan birgalikda ishlab chiqish;
  • Tematik o‘quv-mashg‘ulotlarda va bozor ekspertlarining mahorat darslarida ishtirok etish;
  • Mahsulot yoki xizmatning minimal ishchi modelini yaratishga, uni sinash va mijozlar fikrini o‘rganishga ko‘mak;
  • Istiqboldagi hamkorlar bilan aloqa o‘rnatish va mijozlar jalb qilishga yordam;
  • Istiqboldagi investorlarga loyihani taqdim qilish imkoniyati (Demo Day).

 

Nima uchun bu dasturda qatnashish lozim?

  1. BEPUL

Dastruda loyiha bilan qatnashish bepul

  1. TEZ

Dasturni amalga oshirishning qisqa muddati davomida siz nafaqat g‘oyangizni sinab ko‘rasiz, balki o‘z biznesingizni boshlashingiz ham mumkin

  1. FOYDALI

Dasturda qatnanshish orqali siz o‘zbekistonda biznes boshlash va yuritish masalalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar olasiz

 

Loyihalarni tanlash mezonlari nimalar?

  • G‘oya yoki loyiha dastur formatiga va oliy o‘quv yurti ustuvor yo‘nalishlariga mos kelishi;
  • Loyihaning texnologik jixatdan yangiligi va amaliy bajarish imkoniyati, raqobatchilardan farqlanishi va keng ommalashish istiqboli;
  • Yakuniy mahsulot yoki hizmat bozorga yo‘naltirilganligi va foyda olish ko‘zlanganligi;
  • Kamida ikki kishidan iborat dastur maydonida intensiv tarzda ishlashga tayyor jamoangiz mavjudligi.

Ariza toldirish tartibi:

  1. “Ariza yuborish” tugmasini SHU YERDA bosing va taklif qilingan ariza shaklini to‘ldiring
  2. Arizalar asosida birlamchi tanlov o‘tkazish
  3. Agar sizning arizangiz tanlab olinsa siz suhbatga taklif qilinasiz
  4. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tsangiz siz yakuniy tanlovga – loyihaning taqdimotiga (pitching) taklif qilinasiz.
Создано Qo‘shbaqov Aybek Shovqiyevich

Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi