Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

     Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 29 noyabrdagi   87-02-158-XFU xatiga hamda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2016 yil 24 noyabrdagi 08/30417-sonli xatiga javoban joriy yil  13 dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati tomonidan Shanxay Xalqaro aloqalar departamenti direktori hamda Shanxay siyosiy-yuridik universiteti qoshidagi ShHT doirasida adolatli Xalqaro aloqalar va hamkorlikka tayyorlov instituti koordinatori Wang Wei boshchiligidagi delegatsiya kutib olindi.

Wang Wei boshchiligidagi delegatsiya tarkibi:

  Din Yunbao –  Shanxay siyosiy-yuridik universiteti qoshidagi ShHT doirasida adolatli Xalqaro aloqalar va hamkorlikka tayyorlov instituti a’zosi, professor;

         Hua Li – Shanxay siyosiy-yuridik universiteti qoshidagi jahon tillari instituti professori;

 Dai Yuanguang – Shanxay siyosiy-yuridik universiteti qoshidagi gumanitar fanlar instituti professori;

     Yuan Shengyu – Shanxay siyosiy-yuridik universiteti qoshidagi Xalqaro tadqiqotlar va gumanitar fanlar davlat   boshqaruvi instituti professori.

     Wang Wei boshchiligidagi delegatsiya Rektorat binosining fayesida universitet rahbariyati tomonidan kutib olindi va muzokara uchun mazkur binoning beshinchi qavatida joylashgan konferenstiya xonasiga olib borildi.

   Dast  avval, universitet prorektori O. Xamidov tomonidan mazkur uchrashuvdan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati mamnun ekanligini bildirgan holda, hozirgi kunda universitetning mavjud salohiyati, uning tarixi va istiqbollari haqida to’xtalib o’tdi.

   So’ngra Wang Wei boshchiligidagi delegatsiya mazkur do’stona va samimiy qabuldan nihoyatda mamnun ekanligini izhor etgan holda, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish istagini bildirdi. Muzokarada tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan muloqot olib borildi.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi