Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan “OIV/OITS infeksiyasi etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi va profilaktikasi” mavzuida davra suhbati tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi OITS ga qarshi kurashish markazining shifokorlari, Korporativ boshqaruv fakul'tetining dekan muovinlari, Jismoniy madaniyat va sport kafedrasining professor-o‘qtuvchilari, ta'lim-tarbiya maslahatchilari va 200 nafar talaba yoshlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida Ma'naviyat va ma'rifiyat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ravshanbek Najmiddinov so‘zga chiqib, asr vabosidan biri sifatida qarab kelinayotgan OIV/OITS infeksiyasi bugungi kunda eng jiddiy kasalliklardan biriga aylanib borayotganligi, dunyoning barcha mintaqalarida OIV/OITS infeksiyasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar avj olib borishi kuzatilayotganligi, bu esa jahon hamjamiyatidan qa'tiy va muvofiqlashtirilgan hatti-harakatlarni amlga oshirish, OIV/OITS infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha har tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, qolaversa, OIV/OITS infeksiyasi va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirishni talab etayotganligini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazining shifokori S. Xoshimova so‘zga chiqib, talabalarga butun dunyoda, shu jumladan mamlakatimizda ham OITS va OIV infeksiyasiga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar gapirib berdi. OITS inson zavoli ekanligi, uning oqibatlari ayanchli bo‘lishini aytib, yig‘ilganlar fikrini mavzuga qaratdi. OITS markazi tomonidan va boshqa qator hamkor tashkilot mutaxassislari hamkorligida mamlakatimizda ayniqsa, yoshlar orasida ushbu kasallikni tarqalishini oldini olish va unga qarshi kurash bo‘yicha tezkor tadbirlar va uning ahamiyati to‘g‘risida atroflicha so‘zlab berdi. Shuningdek, bu borada OITSga qarshi kurashish hamda O‘zbekistonda buning oldini olish uchun amalga oshirilayotgan bir qator chora-tadbirlar va hayotiy misollarga to‘xtaldi. Jumladan, OIV infeksiyasining inson organizmiga ta'siri, giyohvand moddalarni iste'mol qilish va uning oqibatlari, hozirgi kunda OITS bilan chalinganlarni ruyxatga olinganlik holati, ayniqsa, yoshlar orasida OITS ta'siriga tushib zararlanib qolganlar, bu kabi illatli kasalliklarni orttirish, domiga tushib qolish, proflaktika muolaja qilinish tartibi va kelajakdagi davomiy asoratlari haqida keng ma'lumot berildi. Shu bilan birga Mamlakatmizda yoshlari o‘rtasida “Biz yoshlar – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz”, “OITS – umr zavoli” kabi mavzularda turli tadbirlar uyushqoqlik bilan o‘tkazilayotganligini ta'kidlab, bunday illatlarning oldini olishda barchamiz birgalikda kurash olib borishimiz zarurligi aytib o‘tildi. Agar biror kishida zararlanish aniqlansa va u shaxs mahalliy aholi orasida bo‘lsa, yashab turgan joyidan ro‘yxatdan ajratib doimiy kuzatuvda bo‘ladi. Xorijidan kelgan bo‘lsa, o‘z mamlakatiga qonun bo‘yicha jo‘natilib yuborilishi, kasallik aniqlangan bemorlar OITS markazlarida davolanishi, davolanish vaqtida OITS infeksiyali giyohvand shaxslarga bir marta ishlatiladigan shpritslar va dizenfeksiyalovchi moddalar bilan ta'minlanishi haqida ma'lumot berib o‘tdi.

Ta'kidlash lozimki, bu kabi tadbirlar OIV/OITS infeksiyasiga qarshi kurashish bilan bog‘liq muammolarga jamiyat e'tiborini qaratish, aholi orasida OIV/OITS infeksiyasining salbiy oqibatlari haqida bilimlarni oshirish, sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish orqali yosh avlodning tarbiyalashga munosib hissa qo‘shish, Shuningdek mazkur tadbir O‘zbekiston tomonidan xalqaro hamjamiyat oldida OIV/OITS infeksiyasiga qarshi kurash sohasida olgan majburiyatlarini to‘la-to‘kis va izchilik bilan amalga oshirib kelayotganligidan dalolat beradi.

Tadbir davomida yoshlarga OIV/OITS infeksiyasi tushunchasi, ularning salbiy oqibatlari bilan bog‘liq choralar, hamda OIV/OITS infeksiyasining inson organizmiga salbiy ta'siiri to‘g‘risida talaba-yoshlarga ko‘rgazmali slaydlar asosida batafsil ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbirda OIV/OITS infeksiyasini yoyilib ketishi ustidan nazoratini ta'minlash hamda bu boradagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, shu bilan bir qatorda mahallalar, ayniqsa yoshlar orasida tarbiyaviy-ma'rifiy va profilaktik chora-tadbirlarni tizimli olib borishga doir qator taklif-mulohazalar bildirildi. Shundan so‘ng tadbirda ishtirok etayotgan talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, o‘z savollariga javob olishdi. Tadbir savol javoblar bilan yanada jonlantirildi Uchrashuv so‘ngida muhokoma qilingan masalalar yuzasidan talaba-yoshlarga bu borada tegishli tavsiyalar berildi.

Muallif: 18.03.2017 Qo‘shbaqov Aybek Shovqiyevich

Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi