Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

Kasb ta’limi” (iqtisodiyot) kafedrasi tomonidan Kasb ta’limi (iqtisodiyot) hamda Kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiyalari) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 1-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan “Pedagogika. Psixologiya” fanidan xorijiy adabiyotlar asosida yaratilgan o‘quv-uslubiy majmua (O‘UM) bilan tanishtirish va qo‘llash yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar berish maqsadida turdosh oliy ta’lim muassasalari hamda universitet professor-o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningning maqsadi – “Pedagogika. Psixologiya” fanidan yaratilgan O‘umni tayyorlash jarayoni bilan bog‘liq fikr-mulohazalarni umumlashtirish, Toshkent shahridagi turdosh oliy ta’lim muassasalari ixtiyoriga taqdim etish, seminar-trening natijasida yuzaga kelgan yutuq va kamchiliklarni aniqlash, O‘umni yanada takomillashtirish borasidagi takliflarni eshitish, turdosh oliy ta’lim muassasalari uchun metodik tavsiyalar berishdan iborat bo‘ldi.

Mazkur seminar-treningga turdosh oliy ta’lim muassasalari vakillari, jumladan Toshkent davlat agrar universiteti O‘zbek tili. Pedagogika. Psixologiya kafedrasi dotsenti O.Ablayev, Toshkent moliya instituti “Kasbiy ta’lim” kafedrasi professor-o‘qituvchilari N. Xolyigitova, U.Aglayeva, R.Sarsinbayeva, Toshkent arxitektura qurilish instituti Qurilish texnologiyasi va tashkiloti kafedrasi professor-o‘qituvchilari L. Xolmatova, N. Aripova, X. Cho‘lponova, Toshkent irrigatsiya va meleoratsiya instituti Pedagogika. Psixologiya va o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti T.Boyto‘rayevlar tashrif buyurishdi.

Seminar treningda Kasb ta’lim (iqtisodiyot) kafedrasi mudiri v.v.b. Ikrom Mamajonov ma’ruza qilib, “Pedagogika. Psixologiya” fanidan yaratilgan O‘umni tayyorlash jarayoni, o‘quv-uslubiy majmuaning tarkibiy qismlari, fanlardan o‘quv-uslubiy majmualarni yaratishning Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tajribasi xususida gapirib o‘tdi.

Seminar-trening jonli, o‘zaro savol-javoblar asosida tashkil etildi. Turdosh oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar Kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi tomonidan tashkil etilgan seminar-trening uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi