Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

Qirollik geografik jamiyati a’zosi Yatsek Palkevich tashrifi

2016 yil 11- noyabrdagi 10/32635-sonli Tashqi ishlar vazirligining xatidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 18 noyabr kuni soat 10:30 da Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori O. Xamidov boshchiligida Polsha Respublikasidan kelgan mehmonlarni kutib oldi.

Uchrashuv boshida O’zbekistondagi Polshaning favqulotda muxtor elchisi Pyotr Ivashkevich hamda qirollik geografik jamiyat a’zosi Yatsek Palkevich ochiq osmon ostidagi muzey bo’ylab sayri tashkil etildi. So’ngra universitet birinchi binosida joylashgan 429-sonli auditoriyasida “Xalqaro turizm” va “Korporativ boshqaruv” fakultetlari talabalariga Yatsek Palkevich o’z hayoti mobaynida ko’rgan-kechirgan  sayohatlari va ekspeditsiyalaridan kelib chiqqan holda, hayotda doimo olg’a borish, har doim tinimsiz o’z ustida ishlanishda bo’lish kerakligi to’g’risida taqdimot tarzida ma’ruza o’qidi. Ma’ruza so’nggida talabalar bilan savol-javob   almashinuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuv nihoyasida mehmonlar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ma’muriyatiga iliq va samimiy uchrashuvdan mamnun ekanliklarini bildirib, o’z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi