Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

 

    2016-yil 14-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” fakulteti talabalari uchun 14-noyabr-Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuniga bag’ishlangan “Diabet: barcha yosh va davlatlar muammosi” mavzusida mutaxassis-shifokorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda fakultet dekani, dotsent A. Sobirov, ta’lim-tarbiya maslahatchilari N.S.Nuriddinova, N.O. Muhtorova hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Uchrashuvni “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” fakulteti dekani f.n., dotsent        A.A. Sobirov  kirish so’zi bilan ochdi.

Uchrashuvga taklif etilgan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiy endokrinologiya markazi bolalar bo’limi mudiri, oily toifali shifokor                  Sh.Sh. Azimovaning “Qandli diabetda o’z-o’zini anglash va uni oldini olish”       mavzusida, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Jismoniy madaniyat” kafedrasi katta o’qituvchisi X.N. Barakayevaning “Sog’lom turmush tarz- salomatlik garovi” mavzusida, universitet “Salomatlik markazi” hamshirasi M.Hakimovaning “Qandli diabetda taomnomaga rioya etish tartibi” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi. Uchrashuv mazmunli munozaraga boy bo’lib, talabalar qandli diabet bilan bog’liq o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Tadbir yakunida ta’lim-tarbiya maslahatchisi N.S.Nuritdinova so’zga chiqib, talaba – yoshlar uchun foydali ma’lumotlarga boy bo’lgan sermazmun ma’ruzalari uchun mehmonlarga o’z minnatdorchiligini bildirdi. Mehmonlarga fakultet tashakkurnomasi taqdim etildi.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi