Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

Erasmus+ dasturining 2017 yil uchun tanlovi e`lon qilindi

2016 yil 23-noyabr kuni universitetning 1-bino  4-qavatida joylashgan “Smart Classroom” auditoriyasida Xalqoro aloqalar bo`limi tomonidan Erasmus+ dasturi doirasidagi loyihalar chaqiruvi boshlanganligi hamda loyiha yo`nalishlari tog`risida batafsil ma`lumot olishlari uchun taqdimot o`tkazildi. Mazkur taqdimot uch qismdan iborat bo`lib, taqdimotning birinchi qismida prorektor O. Xamidov tomonidan universitet xodimlari ushbu loyihalarda ishtirok etishi va bugungi kungacha Erasmus+ doirasida bajarilgan loyihalar to`g`risida ma`lumot berildi.

Taqdimotning ikkinchi qismida Xalqaro aloqalar bo`limi boshlig`i  N. Zufarova tomonidan Erasmus+ dasturining 4 xil loyihalari:

  • Credit mobility
  • Joint Master Degrees
  • Capacity Building for Higher Education
  • Jean Monnet activities

bo`yicha hamda  universitet xodimlari uchun loyihada qatnashish talablari to’g’risida ma’lumot berildi.

Seminarlarning uchinchi qismida Korporativ boshqaruv kafedrasining mustaqil izlanuvchisi Z. Ashurov tomonidan Erasmus+ dasturi loyihasi doirasida o`zining tajribasi asosida ishtirokchilar bilan bilim va ko’nikmalarini ulashdi.

Seminar so`nggida ishtirokchilar bilan savol-javob almashinildi. Erasmus+ Milliy ofisi tomonidan mazkur loyiha asosida nashr etilgan tarqatma materiallar seminar ishtirokchilariga yetkazildi.

 


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi