Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

1992-yil 8-dekabr qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimiz hayotida muhim tarixiy voqea bo’ldi. Konstitutsiyamiz umume’tirof etilgan demokratik prinsiplarga asoslanish bilan birga, xalqimizning bebaho qadiriyatlari va boy davlatchilik tajribasini o’zida ifoda etgan. Bosh Qomusimiz inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini kafolatlab bergan oliy yuridik maqomga ega bo’lgan hujjat hisoblanadi. Konstitutsiya asosida yurtimizda milliy qonunchilik tizimi barpo etildi. Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilgan samarali islohotlarga asos bo’ldi.

Fuqarolarimizning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning siyosiy faoliyatini oshirishda ham Konstitutsiyaning o’rni ahamiyati beqiyosdir. 2016 yilning 12-dekabirida “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” fakultetida ta’lim-tarbiya-maslahatchisi N.S Nuritdinova tomonidan universitet “Kamolot” YIHBT homiyligida o’tkazilgan ochiq ´Manaviyat soati” ham ana shu mavzuga bag’ishlandi. Bosh Qomusimiz qabul qilinganining 24 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – demokratik taraqqiyotimizning huquqiy asosi” mavzusida o’tkazilgan ochiq “Manaviyat soati” da fakultetning 1-kurs IIT-91 guruhi “Bilimdonlar” jamoasi, IIT-92 guruhi “Iqtisodchi – Informatikalar “ jamoasi hamda KE-91 guruhi “Qomusshunoslar” jamoasi Konstitutsiyamizning qabul qilinish tarixi, uning mazmun-mohiyati hamda shu kunga qadar Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgarish va qo’shimchalar to’g’risidagi bilimlarini namoyish etishdi. Ochiq “Ma’naviyat soati” davlatimiz madhiyasi yangrashi bilan boshlandi.

Talabalar mamlakatimiz tarixiga muhrlangan siyosiy jarayonlar jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo’lib o’tgan saylovlar jarayonlari to’g’risida, tadbirkorlar va ishbilarmonlar O’zbekiston liberal demokratik partiyasidan ko’rsatilgan nomzod  Shavkat Mirziyoyevning 88.61 % ovoz bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi hamda mamlakatimiz  iqtisodiy, ijtimoiy sohalarida ro’y berayotgan jarayonlar haqida ma’lumot  berishdi.

Darsning asosiy qismida jamoalar O’zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini o’zlari tayorlagan slayd va bukletlar orqali atroflicha yoritib berishdi. Mavzu savol-javoblar va “Klaster” usuli orqali mustahkamlandi. Talabalar tomonidan Konstitutsiyamizning asoschisi va  tashabbuskori hisoblangan O’zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti I.A. Karimovning qonunchilik va ijtimoiy adolat sohasida aytib o’tgan hikmatli  iboralari esga olindi. “Iqtisodchi - Informatiklar” jamoasining rasm chizishga  iqtidorli bo’lgan talabasi Esirgapov Tohir tomonidan mavzu sur’atlarda aks  ettirildi. Dars yakunida universitet “Kamolot” YoIHBT tomonidan jamoalarga faol  ishtiroki uchun, o’z bilimi va iqtidorini namoyon eta olgan zukko talabalarga esdalik sovg’alari hamda “Kamolot” YoIHBTning  faxriy yorliqlari  topshirildi.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi