Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

BOSHLANG‘ICH TASHKILOT MAQSAD VA VAZIFALARI

Dasturning elektron versiyasi (pdf)

Universitet “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkilotining asosiy maqsadi – universitetdagi talaba-yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlariga jalb qilish, ularning huquq, erkinlik va manfaatlarini himoya qilinishini ta'minlash, yigit ¬qizlarning ma'naviy, ma'rifiy va intellectual darajasini yuksaltirish, ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Boshlang‘ich tashkilotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat'iy e'tiqodiga ega, jamiyatda munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish va yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir barkamol avlodni shakllantirish, ularning siyosiy¬huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashish;
  • universitetda yoshlarni ma'naviy ¬axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
  • yoshlarni diniy¬ekstremistik va boshqa buzg‘unchi g‘oyalar ta'siridan hamda “ommaviymadaniyat” niqobi ostida chetdan kirib kelayotgan tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish;
  • talaba ¬yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning o‘z kasbini etuk mutaxassisi bo‘lishga qaratilgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash;
  • iste'dodli talaba ¬yoshlarni qo‘llab¬ quvvatlash, ularning ijodiy va intellectual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart¬sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
  • yoshlarda sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiyava sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;
  • talaba-yoshlarni universitet talabalar turar joylariga joylashtirish, ularga qulay shart-sharoit va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlarni bajarish va boshqalar.

Yuqoridagi maqsad va vazifalarni ijro etishda boshlang‘ich tashkilot o‘z faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli chora¬tadbirlar dasturi: universitet rahbariyati va tuman Kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi, “Sog‘lom bola yili” va “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar” Davlat Dasturlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan universitet harakat dasturlari hamda “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va Ijtimoiy himoya tadbirlar” rejasida belgilangan shuningdek, universitet hamda hamkorlar tomonidan qabul qilingan chora ¬tadbirlar dasturlari doirasida tashkiliy-amaliy ishlarni birgalikda amalga oshirib kelmoqda.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi