Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     
O'ZBEKISTON “KAMOLOT” YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATINING OLIY TA'LIM MUASSASASIDAGI BOSHLANG'ICH TASHKILOTI
NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1.1.“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining oliy ta'lim muassasasidagi boshlang'ich tashkiloti (keyingi o'rinlarda – Boshlang'ich tashkilot deb yuritiladi) harakatning Ustavi va Dasturida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshiruvchi hamda ta'lim muassasasidagi harakat a'zolarini birlashtiruvchi quyi bo'ginidir.

1.2.Yoshlarni harakatga a'zo qilish va a'zolar safidan chiqarish “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Ustavida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

1.3.Boshlang'ich tashkilot o'zi joylashgan tuman (shahar)dagiharakatning mahalliy Kengashiga birlashadi.

1.4.Boshlang'ich tashkilot harakatning kamida besh nafar a'zosi yig'ilishi qarori bilan tuzilib, harakat a'zolarining ixtiyoriyligi, teng huquqliligi, o'zini o'zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik tamoyillari asosida faoliyat yuritadi.

1.5.Boshlang'ich tashkilotga “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi qarori bilan yuridik shaxs maqomi berilishi mumkin. Mazkur masalani ko'rib chiqishda birinchi navbatda uning moliyaviy imkoniyatlari hisobga olinadi.

1.6.Boshlang'ich tashkilot o'z faoliyatini tashkil etishda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to'g'risida”gi, “Ta'lim to'g'risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida”gi, “O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g'risida”gi qonunlari, shuningdek, O'zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Ustavi va Dasturi, oliy ta'lim muassasasi faoliyatiga oid boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar hamda faoliyatini belgilovchi mazkur Nizomga asoslanadi.


1.7.Boshlang'ich tashkilotning to'liq nomi:

davlat tilida – O'zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining oliy ta'lim muassasasidagi boshlang'ich tashkiloti (O`zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining oliy ta’lim muassasasidagi boshlang`ich tashkiloti);
rus tilida – pervichnaya organizatsiya obhestvennogo dvijeniya molodyoji Uzbekistana «Kamolot» v vo'sshem uchebnom zavedenii;
ingliz tilida – primary organization of the civic movement of youth of Uzbekistan "Kamolot" in a higher educational institution.

Boshlang'ich tashkilotning qisqartirilgan nomi:

davlat tilida – “Kamolot” YoIH BT (“Kamolot” YIH BT);
rus tilida – PO ODM «Kamolot»;
ingliz tilida – PO CMY "Kamolot".

II. Boshlang'ich tashkilotning maqsad va vazifalari

2.1.Boshlang'ich tashkilotning asosiy maqsadi – ta'lim muassasasidagi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlariga jalb qilish, ularning huquq, erkinlik va manfaatlarini himoya qilinishini ta'minlash, yigit-qizlarning ma'naviy, ma'rifiy va intellektual darajasini yuksaltirish, ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish va intilishlarini qo'llab-quvvatlashdir.

2.2.Boshlang'ich tashkilotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • mustaqil fikrlaydigan, o'zining hayotiy pozitsiyasi va qat'iy e'tiqodiga ega, jamiyatda munosib o'rin egallash, mamlakatni islohqilish va yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo'lishga qodir barkamol avlodni shakllantirish, ularning siyosiy-huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga ko'maklashish;
  • ta'lim muassasasida yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g'urur va o'zlikni anglash, ro'y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg'ularini shakllantirish;
  • yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg'unchi g'oyalar ta'siridan hamda “ommaviy madaniyat” niqobi ostida chetdan kirib kelayotgan tahdidlardan asrash, yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish;
  • talaba-yoshlarninghuquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning o'z kasbini etuk mutaxassisi bo'lishga haratilgan intilishlarini qo'llab-quvvatlash;
  • iste'dodli talaba-yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
  • yoshlarda sog'lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga keng jalb qilish va boshqalar.

2.3.Yuqoridagi maqsad va vazifalarni ijro etishda boshlang'ich tashkilot o'z faoliyatining turli yo'nalishlari bo'yicha tegishli chora-tadbirlar dasturini qabul qilishi, shuningdek, ta'lim muassasasi hamda hamkorlar tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar dasturlariga qo'shilishi mumkin.

III.Boshlang'ich tashkilotning huquqva majburiyatlari

3.1. Boshlang'ich tashkilot huquqlari quyidagilardan iborat:

  • ta'lim muassasasi, shuningdek, jamiyat hayotining turli masalalari bo'yicha tashabbus ko'rsatish, ta'lim muassasasi rahbariyatiga, harakatning yuqori tashkilotlari hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga takliflar kiritish;
  • ta'lim muassasasi, harakatning hududiy Kengashi ish rejalari hamda yoshlar masalalariga oid chora-tadbirlarning ishlab chiqilishida o'rnatilgan tartibda ishtirok etish;
  • ta'lim muassasasidagi yoshlar masalalari bilan bog'liq barcha komissiyalar ishida, Ilmiy Kengash yig'ilishlarida yoshlar nomidan ishtirok etish, takliflar kiritish;
  • “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati a'zosi hisoblangan talaba-yoshlarni talabalar safidan chiqarish, yosh xodimlarni ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan bo'shatish masalalari yoki intizomiy jazo choralari qo'llanilishi oldidan fikr bildirish;
  • ta'lim muassasasidagi barcha fakultet, kafedra, bo'lim, talabalar turar joylari, madaniy, sport-sog'lomlashtirish ob'ektlari va boshqalardan talaba-yoshlarga taalluqli ma'lumotlarni olish;
  • o'z faoliyatiga doir ma'lumotlarni tarqatish, targ'ib etish;
  • o'z faoliyati yuzasidan yig'ilishlar, majlislar, tadbirlar, anjumanlar, seminarlar va davra suhbatlari o'tkazish;
  • Nizomda belgilangan tartibda ta'lim muassasasida o'zining tuzilmalarini tashkil etish.
  • Boshlang'ich tashkilot tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanishi mumkin.

3.2. Boshlanqich tashkilot majburiyatlari quyidagilardan iborat:

  • O'zbekiston Respublikasining qonun vaqonunosti hujjatlarida, “Kamolot” YoIHhamda oliy ta'lim muassasasida qabul qilingan ichki tartib qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilish;
  • harakatninghududiy Kengashiga o'z faoliyati to'g'risidagi hisobotlarni o'rnatilgan tartibda taqdim etish;
  • faoliyati yuzasidan ta'lim muassasasi rahbariyatiga so'ralgan paytda hisobot taqdim etish, ta'lim muassasasi Ilmiy Kengashida axborot berish hamda ta'lim muassasasi rahbariyatining mazkur Nizom talablariga zid bo'lmagan tavsiya va ko'rsatmalarini bajarish;
  • boshlang'ich tashkilot uchun ajratilgan xonalar, moddiy-texnik vositalar, mablag'lardan maqsadli va to'g'ri foydalanish;
  • ta'lim muassasasiga ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirishda, talabalar o'rtasida turli tadbirlarni tashkil etishda ko'maklashish.

Boshlang'ich tashkilot tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega.

IV.Boshlang'ich tashkilotda harakat a'zolarini hisobga olish va hisobdan chiqarish

4.1.Ta'lim muassasasidagi boshlang'ich tashkilot yoshlarni harakat a'zoligiga chaqirish, a'zo qilish, a'zolar safidan chiqarish, harakat a'zolarini o'z hisobiga olish va undan chiqarish, a'zolar bilan maqsad-vazifalari doirasida turli yo'nalishlarda ishlar olib borish huquqiga ega.

4.2.Avvaldan harakat a'zosi bo'lgan yoshlar ta'lim muassasasiga o'qishga yoki ishga qabul qilingan taqdirda harakatning boshlang'ich tashkilotiga hisobga olinadi va o'qishni tugatishi yoki boshqa ishga o'tishi munosabati bilan hisobdan chiqariladi.

4.3.Harakat a'zolari ta'lim muassasasidan boshqa ish yoki o'qish joyiga o'tgan taqdirda, uning a'zoligi bilan bog'liq hujjatlari ana shu ish yoki o'qish joyidagi harakatning boshlangich tashkilotiga taqdim qilish uchun beriladi.

4.4.Boshlang'ich tashkilot tomonidan a'zolikka qabul qilingan, a'zolar safidan chiqarilgan, hisobga olingan va hisobdan chiqarilgan harakat a'zolari to'g'risida doimiy tahlil olib boriladi hamda bu to'g'rida harakatning mahalliy Kengashiga ma'lumot taqdim etib boriladi.

V.Boshlang'ich tashkilotning tashkiliy tuzilmasi

5.1. Boshlang’ich tashkilotning tashkiliy tuzilmasi tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • a'zolarning Umumiy (hisobot-saylov) yig’ilishi;
  • boshlang’ich tashkilot Kengashi;
  • boshlang’ich tashkilot yo'nalishlari;
  • boshlang’ich tashkilotning fakultetlardagi tuzilmalari;
  • boshlang’ich tashkilotning ta'lim muassasasi mehnat jamoasidagi tuzilmasi;
  • boshlang’ich tashkilotning talabalar turar joylaridagi tuzilmasi;
  • boshlang’ich tashkilotning guruhlardagi tuzilmalari.

5.2.Boshlang’ich tashkilotda hisobda turgan harakat a'zolarining bir yilda kamida bir marta, yuridik mahomga ega bo'lgan boshlang’ich tashkilotlarda ikki yarim yilda bir marta o'tkaziladigan Umumiy (hisobot-saylov) yig’ilishi uning rahbar organidir.

5.2.1.Umumiy yig’ilishning navbatdan tashqari majlisi harakatning tuman (shahar) Kengashi Ijroiya ho'mitasi, boshlang’ich tashkilot Kengashi qarori yoki harakat a'zolarining uchdan ikki qismi talabiga ko'ra chaqiriladi.

5.2.2.Umumiy yig’ilish o'z ishida jami qatnashchilarning (delegatlarning) uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirdagina vakolatli hisoblanadi. Ushbu organ tomonidan qabul qilinadigan qarorlar qatnashchilarning yarmidan ko'pi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.

5.2.3.Umumiy yig’ilishda ko'rib chiqiladigan masalalar harakatning tuman (shahar) Kengashi Ijroiya qo'mitasi, boshlang’ich tashkilot Kengashi (Kengash tuzilmagan qollarda boshlang’ich tashkilot etakchisi) va harakat a'zolari tomonidan kiritiladi. Umumiy yig’ilish qatnashchilari majlis o'tkazilishidan kamida bir kun oldin xabardor qilinadi.

5.2.4.Umumiy yig’ilish vakolatlariga quyidagilar kiradi:

  • boshlang’ich tashkilot umumiy faoliyatiga oid qarorlar qabul qilish;
  • boshlang’ich tashkilotning Nizomi va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
  • boshlang’ich tashkilot Kengashi (etakchisi)ning yillik umumiy faoliyati bo'yicha hisobotini eshitish va baholash;
  • boshlang’ich tashkilot Kengashi a'zolari sonini belgilash va uning tarkibini saylash;
  • Kengash a'zolari orasidan boshlang’ich tashkilot etakchisini saylash (Ko'mak guruhi bilan kelishgan holda);
  • harakat a'zoligiga qabul qilish va a'zolikdan chiqarish;
  • harakatning yuqori tashkilotlari belgilagan kvotaga asosan uning oliy va yuqori organlari konferentsiyalariga delegatlar saylash;
  • uzoq muddatli (yillik) ish rejasini tasdiqlash;
  • yuridik shaxs maqomi berilgan boshlang’ich tashkilotlarda uning shtatlar jadvalini tasdiqlash (harakatning tuman (shahar) Kengashi bilan kelishilgan holda);
  • boshlang’ich tashkilot faoliyatini tugatish to'g’risida qaror qabul qilish.

5.3.Boshlang’ich tashkilot Kengashi harakatning yuz nafardan ortiq a'zosini birlashtirgan boshlang’ich tashkilotlarda harakat a'zolari orasidan kamida to'qqiz kishidan iborat tarkibda tuziladi. Kengashga boshlang’ich tashkilot etakchisi rahbarlik qiladi. Kengash boshlang’ich tashkilotning ijroiya organi hisoblanib, tashkilot oldida turgan vazifalar, tasdiqlangan reja tadbirlarining amalga oshirilishini ta'minlaydi. harakatning yuqori tashkilotlari qarorlarini hayotga tadbiq qiladi, boshlang’ich tashkilotining kundalik faoliyatini boshqaradi. Kengash ikki oyda kamida bir marta chaqiriladi. Boshlang’ich tashkilot Kengashi yig’ilishi a'zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirdagina vakolatli hisoblanadi. Ushbu organ tomonidan qabul qilinadigan qarorlar qatnashchilarning yarmidan ko'pi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Kengash tuzilmagan boshlangich tashkilotlarda uning vazifasini etakchi bajaradi.

5.3.1.Boshlang’ich tashkilot Kengashi tarkibiga harakatning ta'lim muassasasidagi yakka yoki jamoaviy tartibdagi a'zolarining vakillari saylanadi. Boshlang’ich tashkilotning fakultet, mehnat jamoasi va talabalar turar joyi sardorlari egallab turgan lavozimiga ko'ra boshlang’ich tashkilot Kengashi a'zosi hisoblanadi.

5.3.2.Boshlang’ich tashkilot Kengashi majlisida ko'rib chiqiladigan masalalar boshlang’ich tashkilot etakchisi, yo'nalish sardorlari, fakultet, mehnat jamoasi, talabalar turar joyi sardorlari hamda harakat a'zolari tomonidan kiritiladi.

5.3.3.Boshlang’ich tashkilot Kengashi:

  • boshlang’ich tashkilot maqsad va vazifalarini amalga oshiradi, boshlang’ich tashkilot Nizomidagi talablarning ijrosini ta'minlaydi, yuqori tashkilotlari va organi qarorlarini bajaradi;
  • boshlang’ich tashkilotning kundalik faoliyatiga oid qarorlar qabul qiladi;
  • Umumiy yig’ilishlar oralig’ida harakat a'zoligiga qabul qilish, a'zolikdan chiqarish, hisobga olish va hisobdan chiqarish bo'yicha qaror qabul qiladi;
  • kundalik ish rejalarni belgilaydi va bajaradi;
  • yo'nalish sardorlari orasidan etakchi o'rinbosarini saylaydi;
  • boshlang’ich tashkilotning fakultet, mehnat jamoasi, talabalar turar joyi kengashlari (sardorlari) va tashkil etilgan boshqa tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, shuningdek, ustama xaqi va mukofotlash uchun tavsiya etiladigan faollar nomzodini tasdiqlaydi;
  • boshlang’ich tashkilot Kengashi a'zolarining choraklik va yarim yillik yakunlariga doir hisobotlarini tinglaydi, majburiyatlarni taqsimlaydi, vakolatini muddatidan oldin tugatadi;
  • boshlang’ich tashkilot faoliyatining ustuvor yo'nalishlari bo'yicha ta'lim muassasasida komissiyalar va ishchi guruhlar tuzadi, ularning hisobotlarini tinglaydi, tegishli qarorlarni qabul qiladi;
  • harakat a'zolarining huhuq va manfaatlarini himoya qilishga doir masalalarni ko'rib chiqadi;
  • boshlang’ich tashkilotning ichki me'yoriy hujjatlarini tasdiqlaydi;
  • Umumiy yig’ilishlar oraliqida boshlang’ich tashkilotning amaldagi etakchisi yoki Kengash a'zolaridan biri o'z zimmasidagi vazifalarni bajara olmagan taqdirda, vakolat vavazifalarini boshqa nomzodga vaqtincha yuklaydi;
  • Umumiy yig’ilish va yuqori tashkilotlar topshirig’iga binoan boshqa masalalarni hal etadi.

5.3.4.Boshlang’ich tashkilot etakchisi boshlang’ich tashkilotning butun faoliyatiga rahbarlik qiladi. Etakchi boshlang’ich tashkilotdagi harakat a'zolarining Umumiy yig’ilishida Boshlang’ich tashkilot Kengashi a'zolari orasidan ochiq ovoz berish yo'li bilan saylanadi. Boshlang’ich tashkilot etakchisi lavozimiga 35 yoshdan oshmagan, ushbu ta'lim muassasasida taqsil olayotgan talabalar yoki mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar nomzod sifatida ko'rib chiqiladi.

5.3.5.Boshlang’ich tashkilot etakchisining vazifalari hamda vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:

  • boshlang’ich tashkilot Nizomi doirasidagi umumiy faoliyatni muvofiqlashtirish;
  • boshlang’ich tashkilot faoliyatini tashkil qilish va unga rahbarlik qilish;
  • boshlang’ich tashkilot nomidan ish yuritish;
  • harakat yuqori organlari, boshlang’ich tashkilotning rahbar va ijroiya organlari qarorlarining bajarilishini ta'minlash;
  • boshlang’ich tashkilot Kengashi a'zolari orasidan boshlang’ich tashkilot yo'nalish sardorlarini tayinlash;
  • boshlang’ich tashkilotning rahbar organlari qaroriga ko'ra boshqa vakolatlarni bajarish hamda mazkur Nizomga zid bo'lmagan harakatlarni amalga oshirish.

5.3.6.Etakchi o'rinbosari boshlang’ich tashkilot Kengashi yig’ilishida yo'nalish sardorlari orasidan ochiq ovoz berish yo'li bilan saylanadi. U o'zi sardor etib tayinlangan yo'nalish ishini tashkil etish bilan bir qatorda quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • boshlang’ich tashkilot etakchisi yo'qligida (xizmat safari, mehnat ta'tili, davolanish ta'tili, vazifasidan ozod etilgan va boshqa hollarda) uning vazifasini bajarib turish;
  • boshlang’ich tashkilot ish rejasida belgilangan chora-tadbirlarning to'liq amalga oshirilishi bo'yicha boshlang’ich tashkilot etakchisi oldida hisobdor bo'lish;
  • boshlang’ich tashkilot yo'nalish sardorlarining kundalik ishini hamda fakultet va guruh sardorlari faoliyatini bevosita muvofiqlashtirib borish;
  • yo'nalish, fakultet va guru sardorlarining taklif-tashabbuslarini boshlanh’ich tashkilot etakchisiga olib chiqish.

5.3.7.Boshlang’ich tashkilot etakchisi va sardorlariga qo'yiladigan talablar:

  • tabiiy etakchilik qobiliyati va notiqlik maxorati, tashabbuskorlik, intiluvchanlik va fidoiylik;
  • boshqaruv madaniyati, tashkilotchilik, keng jamoatchilik bilan ishlash va ish yuritish bo'yicha bilim-ko'nikma;
  • zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash bo'yicha malaka;
  • mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosati, ta'lim-tarbiya jarayoniga doir me'yoriy-huhuqiy hujjatlar hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Ustavi va Dasturini bilish;
  • yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'sir qiluvchi buzg’unchi qoya va mafkuralar, ma'naviy taqdidlar, zararli illatlar haqida etarli tasavvurga ega bo'lish;
  • boshlan’ich tashkilot faoliyati, shuningdek, o'zi etakchilik yoki sardorlik qiladigan tizimdagi yoshlar to'g’risidagi ma'lumotga ega bo'lish.

5.4.Mazkur Nizomda belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun boshlang’ich tashkilot quyidagi yo'nalishlarda faoliyat olib boradi:

5.4.1.Tashkiliy va axborot-tahlil yo'nalishi a'zolarning Umumiy yig’ilishi, boshlang’ich tashkilot Kengashi yig’ilishlari kun tartibi va bayonlarini ishlab chiqadi, boshlang’ich tashkilotning ish rejalari va hisobotlarini tayyorlaydi, devonxona ishini tashkil etadi, shuningdek, axborot va ma'lumotlarni umumlashtirish, sardorlarga uslubiy ko'mak ko'rsatish, kadrlar zahirasini shakllantirish faoliyatini olib boradi. Talaba-yoshlar to'g’risida axborot bankini tuzadi, ularning ijtimoiy ahvoli, shaxsiy fazilatlari, muammolari bo'yicha monitoring olib boradi.

5.4.2.huhuqiy savodxonlik yo'nalishi talaba-yoshlarning huhuqiy savodxonligini oshirishga va huhuqiy madaniyatini shakllantirishga, ularning demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlaridagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etadi. Yoshlarga oid qonun va qonunosti hujjatlarining targ’ibot va tashviqotini olib boradi. huhuqiy mavzudagi ko'rik-tanlovlarda talaba-yoshlarning ishtirokini ta'minlaydi. huhuq sohasi vakillari bilan hamkorlikda chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

5.4.3.Ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar yo'nalishi talaba-yoshlarning yuksak ma'naviyatli shaxslar bo'lib etishishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhining shakllanishiga, past saviyali “ommaviy madaniyat” va milliy ma'naviyatimizga zid bo'lgan tag’didlardan himoya hilishga qaratilgan ishlarni tizimli ravishda tashkil etadi. Talabalarning madaniy dam olishi va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etilishiga haratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi. Talabalarning oliy ta'lim muassasasi ichki tartib-qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib boradi hamda aniqlangan kamchilik va muammolarni boshlang’ich tashkilot Kengashi kun tartibiga kiritadi.

5.4.4.Ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalish talaba-yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy axvolidan doimiy xabardor bo'lish va qo'llab-quvvatlash choralarini ko'radi, talabalarning o'quv amaliyotlarini mazmunli o'tkazishi, bitiruvchilarning ishga joylashishi yuzasidan mehnat yarmarkalari, korxona, muassasa va tashkilotlarga tashriflar uyushtirishda, talabalarda tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirishda ta'lim muassasasiga ko'maklashadi. “Bunyodkor” yoshlar mehnat guruhlari faoliyatini tashkil etishda ko'maklashadi.

5.4.5.Iqtidorli yoshlar va yosh olimlar yo'nalishi ta'lim muassasasidagi iqtidorli talaba-yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, iste'dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda, tashabbus va maqsadli loyihalarni amalga oshirishda ko'maklashadi. Ularni turli klub va markazlar faoliyatiga birlashtiradi qamda respublika miqyosida e'lon qilingan tanlovlarda, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlashga haratilgan loyiha va dasturlardagi ishtirokini ta'minlaydi. Yoshlar uchun ta'sis etilgan mukofotlar, Prezident stipendiyasi va nomdor stipendiyalar uchun ta'lim muassasasida o'tkaziladigan tanlovlarni tashkil etishda faol qatnashadi. Iqtidorli va iste'dodli yoshlar haqidagi ma'lumotlar bazasini shakllantiradi va yangilab boradi.

5.4.6.Sport, salomatlik va ekologik madaniyat yo'nalishi talaba-yoshlar ongiga sog’lom turmush tarzi va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish qoyalarini singdirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Turli sport-sog’lomlashtirish tadbirlari, sog’lom turmush tarziga oid suhbatlar, ekologik savodxonlikni oshirishga qaratilgan loyihalar, obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlari, ommaviy qasharlarni tashkil etadi. Talabalar o'rtasida OITS, giyohvandlik, ichkilikbozlik va kashandalikka qarshi tizimli targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi.

5.4.7.Muddatli harbiy xizmatni o'tab, o'qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo'nalishi ushbu talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularning salohiyatidan keng foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Ular to'g’risidagi ma'lumotlarni umumlashtirib boradi va faoliyatini monitoring qiladi. Muddatli harbiy xizmatni o'tab kelgan talabalar ishtirokida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari, jamoatchilik aktsiyalarini o'tkazadi.

5.4.8.Matbuot yo'nalishi “Kamolot” YoIH BT faoliyatiga oid ma'lumotlar, o'tkazilgan tadbirlarni devoriy gazetalarda, Internet saytlarda, ta'lim muassasasi hamda “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi muassisligidagi va boshqa ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta'minlaydi. Ta'lim muassasasi radiosi faoliyatini yo'lga qo'yadi. Targ’ibot burchaklarini tashkil etadi, shuningdek, talabalarning ijod namunalarini chop etishda ko'maklashadi.

5.4.9.Yo'nalishlar ishiga yo'nalish sardorlari rahbarlik qiladi.

5.5.Boshlang’ich tashkilotning fakultet Kengashi harakatning yuz nafardan ortiq a'zosini birlashtirgan fakultet yig’ilishida harakat a'zolari orasidan kamida to'qqiz kishidan iborat tarkibda saylab olinadi. Kengashga boshlang’ich tashkilotning fakultet sardori rahbarlik qiladi. Kengash bir oyda kamida bir marta chaqiriladi va ta'lim muassasasi boshlang’ich tashkiloti oldida turgan vazifalar, yo'nalishlar faoliyati va belgilangan chora-tadbirlarning o'z tizimida amalga oshirilishini ta'minlaydi. Kengash tuzilmagan fakultetlarda uning vazifasini fakultet sardori bajaradi.

5.5.1.Fakultet Kengashi tarkibiga harakatning fakultetdagi yakka yoki jamoaviy tartibdagi a'zolarining vakillari saylanadi. Egallab turgan lavozimlariga ko'ra guruh sardorlari fakultet Kengashi a'zosi hisoblanadi.

5.5.2.Boshlang’ich tashkilotning fakultet sardori boshlan’ich tashkilotning fakultetdagi faoliyatiga rahbarlik qiladi. Sardor boshlanh’ich tashkilotning fakultet yig’ilishida Kengash tarkibiga saylangan a'zolar orasidan ochiq ovoz berish yo'li bilan saylanadi.

5.6.Boshlang’ich tashkilotning mehnat jamoasidagi Kengashi harakatning yuz nafardan ortiq a'zosini birlashtirgan mehnat jamoasi yig’ilishida harakat a'zolari orasidan kamida to'qqiz kishidan iborat tarkibda saylab olinadi. Kengashga boshlang’ich tashkilotning mehnat jamoasidagi sardori rahbarlik qiladi. Kengash bir oyda kamida bir marta chaqiriladi va ta'lim muassasasi boshlang’ich tashkiloti oldida turgan vazifalar, yo'nalishlar faoliyati va belgilangan chora-tadbirlarning o'z tizimida amalga oshirilishini ta'minlaydi. Kengash tuzilmagan mehnat jamoasida uning vazifasini mehnat jamoasi sardori bajaradi.

5.6.1.Mehnat jamoasidagi Kengash tarkibiga harakatning mehnat jamoasidagi a'zolari vakillari saylanadi. Ta'lim muassasasining harakat a'zosi hisoblangan yosh rahbarlari (rektor, prorektor, dekan, dekan muovini, bo'lim boshlig’i, kafedra mudiri), o'qituvchi va ishchi-xodimlari mehnat jamoasidagi Kengash tarkibiga kirishi mumkin.

5.6.2.Boshlang’ich tashkilotning mehnat jamoasidagi sardori boshlang’ich tashkilotning mehnat jamoasidagi faoliyatiga rahbarlik qiladi. Sardor mehnat jamoasi yig’ilishida Kengash tarkibiga saylangan a'zolar orasidan ochiq ovoz berish yo'li bilan saylanadi.

5.7.Boshlang’ich tashkilotning talabalar turar joyidagi Kengashi harakatning yuz nafardan ortiq a'zosini birlashtirgan talabalar turar joyi yig’ilishida harakat a'zolari orasidan kamida to'qqiz kishidan iborat tarkibda saylab olinadi. Kengashga boshlang’ich tashkilotning talabalar turar joyidagi sardori rahbarlik qiladi. Kengash bir oyda kamida bir marta chaqiriladi va ta'lim muassasasi boshlang’ich tashkiloti oldida turgan vazifalar, yo'nalishlar faoliyati va belgilangan chora-tadbirlarning o'z tizimida amalga oshirilishini ta'minlaydi. Kengash tuzilmagan talabalar turar joyida uning vazifasini talabalar turar joyi sardori bajaradi.

5.7.1.Talabalar turar joyidagi Kengash tarkibi talabalar turar joyida yashovchi harakat a'zolari orasidan shakllantiriladi.

5.7.2.Boshlang’ich tashkilotning talabalar turar joyidagi sardori boshlang’ich tashkilotning talabalar turar joyidagi faoliyatiga rahbarlik qiladi. Sardor talabalar turar joyidagi harakat a'zolari yig’ilishida Kengash tarkibiga saylangan a'zolar orasidan ochiq ovoz berish yo'li bilan saylanadi.

5.9.Guruh Kengashi guruh yig’ilishida to'qqiz kishidan kam bo'lmagan tarkibda ochiq ovoz berish yo'li bilan harakat a'zosi hisoblangan talabalar orasidan saylanadi. Kengash bir oyda kamida bir marta chaqiriladi va boshlang’ich tashkilot oldiga turgan vazifalar, yo'nalishlar faoliyati va belgilangan chora-tadbirlarning o'z tizimida amalga oshirilishini ta'minlaydi.

5.9.1.Guruh sardori boshlang’ich tashkilotning guruhdagi faoliyatiga rahbarlik qiladi. Sardor guruh yig’ilishida saylangan Kengash a'zolari orasidan ochiq ovoz berish yo'li bilan saylanadi.

VI.Boshlang’ich tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy yordam ko'rsatish

6.1.Boshlang’ich tashkilot ishini to'g’ri tashkil etish va unga uslubiy yordam ko'rsatish mahadida ta'lim muassasasida Ko'mak guruhi faoliyati tashkil etiladi. Ko'mak guruhi oliy ta'lim muassasasi rahbariyati, ta'lim muassasasida obro'-e'tibor qozongan professor-o'qituvchilar hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining mahalliy va hududiy Kengashi vakillaridan iborat ishchi guru hisoblanadi.

6.1.1.Ko'mak guruhining asosiy vazifalari va vakolatlari:

  • boshlang’ich tashkilot Kengashining faoliyatiga tashkiliy-uslubiy, moddiy va moliyaviy ko'mak ko'rsatish, yillik ish rejasini tuzishda hamda faoliyatini samarali yo'lga qo'yishda yaqindan yordam berish;
  • suhbatlar, seminar-treninglar, debatlarni tashkil etish orqali, boshlang’ich tashkilot faoliyatining samaradorligi va ta'sirchanligini oshirish va talabalar fikrini o'rganish. harakatning yuqori organlari tomonidan ishlab chiqilgan turli uslubiy qo'llanmalar asosida ishni tashkil etish, amalga oshirish hamda talaba-yoshlar o'rtasida harakat faoliyatini targ’ibot-tashviqot qilishga ko'maklashish;
  • boshlang’ich tashkilotning hisobot davridagi faoliyatiga tahliliy-tanqidiy baho berish;
  • boshlang’ich tashkilot Kengashi va etakchisi faoliyatini o'rganish, yo'l qo'yilgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo'yicha takliflar berish;
  • “Kamolot” yoshlar ijtimoiy farakatining maqsad va vazifalarini chuqur tushunadigan, tabiiy etakchilik, tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo'lgan talaba-yoshlar orasidan etakchi lavozimiga nomzodlarni boshlang’ich tashkilot Kengashiga tavsiya etish;
  • ta'lim muassasasida turli yo'nalishlardagi to'garak va klublar tashkil etishda boshlang’ich tashkilotga ko'maklashish;
  • harakatning yuqori organlariga boshlang’ich tashkilotning faoliyat samaradorligini yanada oshirish, yoshlarning turli loyihalari va tashabbuslarini amalga oshirish bo'yicha takliflar kiritishdan iborat.

6.2.Boshlang’ich tashkilot faoliyati harakatning hududiy Kengashi raisi o'rinbosari va oliy ta'lim muassasasining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori tomonidan doimiy ravishda muvofiqlashtirib boriladi.

6.2.1.“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hududiy Kengashi raisi o'rinbosarining vazifalari:

  • harakatning dasturiy faoliyati bilan bog’liq me'yoriy-huhuqiy hujjatlar, uslubiy qo'llanmalar va tarqatma materiallarni boshlang’ich tashkilotga o'z vahtida etkazib berish;
  • boshlang’ich tashkilot hisobot-saylov yig’ilishlarining o'z vahtida o'tkazilishi, uning faoliyatini Nizom va nomenklatura bo'yicha tashkil etilishini nazorat qilish, boshlang’ich tashkilot etakchisi lavozimiga nomzodlarni suhbatdan o'tkazish;
  • oliyta'lim muassasalaridagi boshlang’ich tashkilot etakchilari va yo'nalish sardorlari uchun muntazam o'quvlar, seminar-treninglar tashkil etish, ularning o'zaro tajriba almashuvini yo'lga qo'yish;
  • boshlang’ich tashkilot etakchisining tashabbus va loyihalarini qo'llab-quvvatlash, yutuqlarini ommalashtirish, mavjud muammolarini o'rganib, echimini topishda ko'maklashish;
  • boshlang’ich tashkilot etakchisidan yillik ish reja asosida hisobotlarni (oylik, chorak va yillik) qabul qilish.

6.2.2.Oliy ta'lim muassasasining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektorining vazifalari:

  • boshlang’ich tashkilot faoliyatiga oid barcha tegishli me'yoriy-huhuqiy hujjatlarning yuritilishida uslubiy ko'maklashish;
  • boshlang’ich tashkilot etakchisi hamda yo'nalish sardorlarining faoliyatini to'la qo'llab-quvvatlash;
  • boshlang’ich tashkilot tomonidan ta'lim muassasasi miqyosida o'tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishda amaliy yordam ko'rsatish;
  • boshlang’ich tashkilot faollarining tuman (shahar), viloyat, respublika miqyosidagi yig’ilishlari, malaka oshirish, tajriba almashuv va boshqa tadbirlardagi ishtirokini ta'minlashdan iborat.

VII.Boshlang’ich tashkilot faoliyatini moddiy qo'llab-quvvatlash

7.1.Boshlang’ich tashkilot oliy ta'lim muassasasi tomonidan 2 ta xona (Etakchi xonasi hamda majlislar xonasi), mebel jihozlari (2 ta ish stoli, 1 ta katta aylana stol, 15 ta stul, 2 ta shkaf), kompyuter jamlamasi (internet tarmog’iga ulangan), 1 ta proektor jamlamasi, printer, nusxa ko'paytirish uskunasi, televizor, fotoapparat, videokamera, akustika uskunalari, devonxona mollari bilan ta'minlanadi.

7.2.Boshlang’ich tashkilotga “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mahalliy va hududiy Kengashlari tomonidan tegishli uslubiy ho'llanmalar, ko'rgazmali vositalar, turli ma'naviy-ma'rifiy, tarbiyaviy mavzudagi va boshqa tarqatma, targ’ibot-tashviqot materiallari etkazib beriladi.

7.3.Boshlang’ich tashkilotning loyiha va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash maqsadida “Kamolot” YoIHning hududiy Kengashi tomonidan kichik grantlar tashkil etilib, tanlov asosida moliyalashtiriladi.

7.4.Boshlang’ich tashkilotning ish rejasidagi asosiy tadbirlar valoyihalar oliy ta'lim muassasasining yillik ish rejasiga kiritilib, moliyalashtiriladi.

7.5.Boshlang’ich tashkilot oliy ta'lim muassasasi rahbariyatini va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hududiy Kengashini xabardor qilgan holda, maqsad-vazifalari doirasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan turli grant va beqaraz homiylik dasturlarida ishtirok etishi mumkin.

VIII.Boshlang’ich tashkilot faoliyatini to'xtatish va tugatish tartibi

8.1.Boshlang’ich tashkilot faoliyati boshlang’ich tashkilot tashkil etilgan ta'lim muassasasi rahbariyati hamda harakatning mahalliy Kengashi qo'shma ma'lumotnomasi asosida harakat a'zolarining Umumiy yig’ilishi qarori bilan to'xtatiladi.

8.2.Boshlang’ich tashkilot harakat faoliyati tugatilganda yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarga ko'ra tugatiladi.

8.3.Boshlang’ich tashkilot yuridik shaxs maqomiga ega bo'lsa, uning faoliyati tugatilgan taqdirda shaxsiy tarkibga oid hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasining arxiv muassasalariga saqlash uchun topshiriladi.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi