Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI KENGASHI

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kengashi Oliy ta'lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, oliy o‘quv yurtining faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko‘rib chiqishni universitet rektori raisligida Kengash tashkil etiladi.

Oliy o‘quv yurti jamoasi sayi-xarakatlarini quyidagi masalalarni bajarishga qaratilgan faoliyatni birlashtirish hisoblanadi: Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiya va kompyuterlashtirish asosida yuqori sifatli bakalavr va magistrlar tayyorlashni ta'minlash, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, yoshlarda vatanparvarlik, fuqarolik, o‘z Vatani bilan fahrlanish, ma'naviy-ma'rifiy va madaniy xususiyatlarni shakllantirish.

Universitet Kengashi tarkibiga quyidagilar kiradi: rektor (rais), prorektorlar, fakultet dekanlari, universitet tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar direktorlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudirlari, shuningdek, universitet talabalari va xodimlari kasaba uyushmalarining vakillari. Kengashning boshqa a'zolari fakultetning umumiy majlisida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan Kengashga saylanuvchi a'zolarining soni rektorning buyrug‘i bilan belgilanadi. Kengash tarkibiga universitetning muayyan yo‘nalish muammolari bo‘yicha ishlovchi, yirik olim va mutaxassislar, shuningdek, davlatlararo va bevosita aloqalari bo‘lgan xorijiy o‘quv yurtlarining vakillari kiritilishi mumkin. Vakolat muddati – 5 yil.

Universitet rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Har o‘quv yilining boshida, turli sabablarga ko‘ra Kengash tarkibidan chiqqanlar o‘rniga, yangi a'zolar saylanadi yoki Nizom bo‘yicha kiritiladi.

Universitet Kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq davlat ta'lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining qat'iy bajarilishini ko‘rib chiqish;
  • Xorijiy mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari bilan birlashgan Ilmiy kengashlarni tashkil etishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi;
  • Fakultetlarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma'naviy-ma'rifiy ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarni, shuningdek, litseylar, universitet qoshidagi ilmiy jamiyatlarning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitib boradi, qabul natijalari to‘g‘risida qabul komissiyasining, bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji, buyurtmalar bilan aloqalar to‘g‘risida marketing xizmatining hisobotini eshitadi;
  • Talabalarning yirik malakaviy amaliyotiga yakun yasaydi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar beradi;
  • Ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy ishlarning rejalarini, professor-o‘qituvchilar tarkibini malaka oshirish masalalarini muhokama etadi;
  • Xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
  • Fakultet va kafedralarni ochish, bekitish, o‘zgartirishga bog‘liq bo‘lgan masalar bo‘yicha qaror qabul qiladi;
  • Marketing xizmatlari takliflarini hisobga olgan holda yangi ta'lim yo‘nalishlarini (mutaxassisliklarni) ochish to‘g‘risida taklif kiritadi; 
  • Darslik, o‘quv qo‘llanma va ilmiy o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish masalalarini ko‘rib chiqadi;
  • «Oliy o‘quv yurtlari pedagogik xodimlarini ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq professor-o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o‘tkazadi;
  • Professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning xujjatlarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi;
  • Mustaqil-izlanuvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchi va universitet ta'limidan keyingi boshqa shakllarga nomzodlarni tavsiya etadi;
  • Iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni «Iste'dod» jamg‘armalari orqali xorijiy oliy o‘quv yurtlariga stajirovkaga tavsiya etadi;
  • Ta'lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida rahbarlarning hisobotlarini eshitadi;
  • Universitetning bitiruvchilari safidan nomzodlarni stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilikka qabul qilishga tavsiya etadi, shuningdek, universitet fakultetlarga bo‘linmagan yoki fakultetda kengash tashkil etilmagan hollarda, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarning shaxsiy rejalarini va nomzodlik dissertatsiyasi mavzularini tasdiqlaydi;
  • Universitetning iqtidorli talabalari va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilari safidan nomzodlarni nomdor stipendiyalarni olishga tavsiya etadi;
  • Fakultet dekanlarining fakultetni tamomlaganlar va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni bitirganlari bilan aloqalari to‘g‘risida hisobotlarini eshitadi, kadrlar tayyorlashni yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi;
  • «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog‘liqlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi;
  • Universitet talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarini belgilaydi;
  • Universitet rivojlanishining joriy (yillik) istiqboliy rejalarini tasdiqlaydi va moliyaviy – xo‘jalik faoliyati natijalarini eshitadi;
  • Oliy ma'lumotli mutaxassislarning malaka oshirish rejalarining loyihalarini muhokama etadi, universitetning malaka oshirish tarmoqlari rahbarlarining hisobotini eshitadi;
  • TDIU bitiruvchilari hamda professor-o‘qituvchilarning ingliz tilini bilishlarini ta'minlash va kompyuter texnologiyalari, Internetdan foydalana olishlari bo‘yicha tayanch ko‘nikmalarni shakllantirish masalalarini muhokama qiladi va chora-tadbirlar belgilaydi;
  • Ta'lim jarayonining o‘quv adabiyotlari bilan ta'minlanganligi, yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanamalari, shuningdek, innovatsion ta'lim texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qiladi.

Kengash o‘z ishini har o‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan rejaga muvofiq amalga oshiradi. Universitet Kengashi ish rejasini Kengash tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.

O‘quv va ilmiy ishlarning barcha masalalari bo‘yicha Kengashning qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallashga o‘tkaziladigan tanlovlar, professor va dotsent ilmiy unvonlarini berishga taqdimnomalar esa yopiq ovoz berish yo‘li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Universitet kengashi qarorlari universitet rektori tasdiqlaganidan so‘ng, kuchga kiradi. Kengashning majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar Kengashning raisi va Kengash kotibi tomonidan imzolanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Hay'ati qarorlari hamda buyruqlari asosida ish rejasiga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Kengash raisi, universitet rektori

Kengash kotibi N.Shamshiyeva


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi