telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

O'zbekiston respublikasining davlat madhiyasi

You are here

Bosh sahifa » O'zbekiston respublikasining davlat madhiyasi

O‘zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir. O‘zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo‘r ehtirom bilаn qаrаsh O‘zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.

 

Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

 

Naqorat:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!

 

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar ona yurt, mangu bo‘l obod!

 

Naqorat:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!

 

 

Mutal Burhonov musiqasi, Abdulla Oripov so‘zi

 
 
 
 
 

 

 

E'lonlar

Bizga murojaat