telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

AL va KHK bilan ishlash bo‘limi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Bo‘limlar » AL va KHK bilan ishlash bo‘limi

  Bo‘lim boshlig‘i

   Nematov Inoyatillo Ubaydullayevich

 

  Qabul vaqti:

   900 - 1700  

 

  Telefon:

   (0 371) 239-01-57

 

  E-mail:

   blalk@tdiu.uz

 

  Veb-sayt:

   www.tdiu.uz

 

 

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘ining lavozim vazifalari:

- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining ushbu sohaga oid ta'lim va kadrlar tayyorlash bo‘yicha qarorlari ijrosini ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- qabul qilingan buyruqlarni amalga oshirish monitoringi olib borish hamda  topshiriqlarni bajarilishi to‘g‘risida axborotlarni prorektorga taqdim etish;

- universitet professor-o‘qituvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quv jarayoniga jalb etishni tashkil qilish;

- uzluksiz ta'lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish bo‘yicha universitetning  professor-o‘qituvchilarini bu jarayonga jalb etish;

- akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘quv rejalarini takomillashtirish, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash;

- akademik litsey va kasb-hunar kollejlari lari bilan hamkorlik shartnomalarini rasmiylashtirish;

- ilmiy, o‘quv va uslubiy anjumanlarni tashkil etish, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarini pedagogik mahoratni oshirish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish ishlarini amalga oshirish;

- akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ta'lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini yanada faollashtirish, ularning me'yoriy-uslubiy, o‘quv-tashkiliy va axborot-resurs ta'minoti sifatini oshirish natijasida o‘quvchilarga berilayotgan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, bitiruvchi yosh mutaxassislarni ish bilan ta'minlashga, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi bilan oliy ta'lim o‘rtasida uzviylik va uzluksizlikni yanada mustahkamlashga ko‘maklashish;

- bo‘lim akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining universitet axborot-resurs markazi fondidagi o‘quv adabiyotlari, fan dasturlari, o‘quv qo‘llanma va darsliklar hamda ularning elektron versiyalaridan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

- hamkor muassasalarda fanlarni o‘zlashtirilishini metodik tahlili, axborot texnologiyasi va pedagogik texnologiyalarini tahlil qilish asosida optimal taxsil olish jarayonini tashkil etish, uni uslubiy va moddiy ta'minotining samarali turini ishlab chiqish chora-tadbirlarini ko‘rish;

- akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayoni, o‘quv-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy, tashkiliy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatni tashkil etish, takomillashtirish va rivojlantirishga ilmiy-uslubiy, tashkiliy va amaliy yordam berish hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

- akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchilarini malakasini oshirish, xususan, ularning kompyuter va Internet savodxonligi, xorijiy tillarni bilishi va undan amaliy foydalanish malakasi, ilg‘or ta'lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan ta'lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish;

- bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish va ularni ishga joylashtirish masalalarida hamkorlikda ish olib borish;

- akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish, o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etish, ularda vatanparvarlik, o‘zlikni anglash, millatimiz, dinimiz va tariximizga yot bo‘lgan turli illatlarga qarshi mustahkam immunitet hosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tashkil etishda ko‘maklashish;

- akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida axborot-resurs ta'minoti va moddiy-texnik salohiyatini takomillashtirish va rivojlantirishga ko‘maklashish, universitet Axborot texnologiyalari markazidan hamkorlikda foydalanishga imkoniyat yaratish. 

E'lonlar

Bizga murojaat