telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Buxgalteriya hisobi kafedrasi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Kafedralar » Buxgalteriya hisobi kafedrasi

  Kafedra mudiri

  Xolbekov Rasul Olimovich

 

  Qabul vaqti:

  1400 - 1700

 

  Telefon

  (0 371) 239-28-10​

 

  E-mail

  kafbux@tdiu.uz

 

  Veb-sayt

  www.tdiu.uz

 

 

Kafedra tarixi

TDIU «Buxgalteriya hisobi» kafedrasi  yuqori malakali buxgalter-iqtisodchilarni tayyorlab beruvchi ko‘hna va navqiron  kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedraga 1932-yilda asos solinib,  “Buxgalteriya hisobi va tahlil”  deb nomlangan va “Moliya va kredit” mutaxassisligiga xizmat qilgan. O‘sha paytlarda kafedrada “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”, “Xalq xo‘jaligi tarmoqlarida buxgalteriya hisobi”, “Balans tahlili”, “Byudjet hisobi va hisoboti”, “Xo‘jalik hisoblari”  kabi fanlar o‘qitilgan.

1936-1937 yillarda kafedraga V.I. Pereslegin, 1940 yildan iqtisod fanlari nomzodi B.N. Mirenskiy, 1942-yilda N.A.Kiparisovlar rahbarlik qilgan.

Respublikamiz mustaqillikka erishganidan  so‘ng 1991-2011yillarda kafedrada 4 fan doktori  15 fan  nomzodlari yetishib chiqib, «Buxgalteriya hisobi» kafedrasining ilmiy kadrlarni tayyorlash sohasidagi faoliyati yanada jonlandi Hozirgi kunda kafedrada 2 ta professor, 7 ta dotsent, 6 ta katta o‘qituvchi va 2 ta assistent o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqdalar. Ilmiy salohiyat 53 foizni tashkil etadi.

 

Ilmiy-tadqiqot ishlari

“Buxgalteriya hisobi” kafedrasining ilmiy salohiyati bugungi kunda 52 foizni tashkil etadi. 2016 o‘quv yilida kafedramizda 17 ta asosiy 2 ta o‘rindoshlik asosida professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishdi. Bulardan 2 ta fan doktori, 6 ta fan nomzodi, 7 ta katta o‘qituvchi, 4 ta assistent faoliyat olib bormoqda.

2016-yil 25-noyabrda «Mustaqillik yillarida bank moliya tizimini rivojlantirish» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani “Buxgalteriya hisobi”, “Iqtisodiy tahlil va audit”, “Bank ishi” va “Moliya” kafedrlari hamkorlikda  anjumanini o‘tkazdi.

Kafedra qoshida “Yosh buxgalterlar” to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda va unga assistent D.M. Mavlyanova rahbarlik qilmoqda.

Kafedramizda mustaqil tadqiqotchilik asosida doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanish olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodimlar, ilmiy tadqiqotchi va iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot natijalarini muntazam ravishda har haftadagi kafedra yig‘ilishida va belgilangan muddatlarda fakultet va TDIU kengashida muhokama qilib borilmoqda.

Kafedrada katta ilmiy xodim-izlanuvchi xodim M.J.Temirxonova va shuningdek, kafedraning barcha professor-o‘qituvchilariga qulay sharoitlar yaratilgan, unga professor B.G‘oyibnazarov ilmiy rahbar sifatida biriktirilgan bo‘lib, hisobotlari muntazam ravishda kafedra yig‘ilishida muhokama qilib borilmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari xo‘jalik shartnomalarida faol ishtirok etib kelishmoqda. Jumladan, 2016-o‘quv yilida 8 million  besh yuz ming so‘mlik xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha pul mablag‘lari universitetimiz hisob raqamiga tushirilgan. Shuningdek, ikki million bir yuz so‘m pullik xizmat ko‘rsatildi.

Kafedrada ilmiy texnik va texnologik muammolar banki shakllantirilib, bu borada kafedra professorlari boshchiligida Toshkent moliya-iqtisodiyot kollejida, kafedra filiali ochilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari ushbu sohadagi muammolarni yechimini topish maqsadida ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy ish natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bularning ilmiy ish natijalari O‘zR Moliya vazirligiga va boshqa vazirliklarga taqdim etilgan hamda ulardan tegishli hujjatlar olingan.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va innovatsion texnologiyalarni amaliyotga keng tadbiq etish borasida 08.00.07 “Moliya. Buxgalteriya hisobi” ixtisosligi bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy tadqiqot mavzulari dolzarb muammo sifatida o‘rganilmoqda. Ushbu muammo doktorlik, magistrlik dissertatsiyalari va BMIlarda ham o‘z aksini topmoqda.

Umumkafedra mavzusi bo‘yicha professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot faoliyati

Kafedra professori R.O.Xolbekov “Ishlab chiqarish hisobining tashkil qilish tamoyillari va usullarini takomillashtirish”, professor S.V.Vaxidov “Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi tashkil qilishning muammolari”, dots. B.Xoshimov “Uzoq muddatli aktivlar hisobini takomillashtirish muammolari”, dots. A.T.Mahkamboev “O‘zbekiston Respublikasida korporativ boshqaruv hisobini takomilllashtirish muammolari”, dots. F.T. Abduvahidov “O‘zbekiston Respublikasida eksport-import operatsiyalari hisobini takomillashtirish muammolari”, katta o‘qituvchi D.A.Sotivoldieva “Ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish xarajatlari hisobini takomillashtirish”, katta o‘qituvchi A.S.Turkmanov “Mashina-traktor parklarida xarajatlar hisobini takomillashtirish”, katta o‘qituvchi”, assistent R.A.Abduraxmonov “Neft-gaz qazib olish korxonalarida xarajatlar hisobini takomillashtirish” mavzulari borasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Davlat ilmiy-texnik dasturlari bo‘yicha bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari

Kafedrada M. Po‘latov, R. Xolbekov, R. Suleymanova, O. Rixsimboev, Sh. Dadaboev tomonidan ¹ F-1-104 “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida intellektual kapital hisobining uslubiyatini ishlab chiqish” mavzusida yiliga 30 mln so‘mlik ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda.

Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari va tashkilotlari uchun bajariladigan xo‘jalik shartnomalari

Hozirda 8 million besh yuz ming so‘mlik xo‘jalik shartnomasi va 2 million 100 ming so‘mlik pullik xizmat ko‘rsatildi.

“Toshkentdonmahsulotlari” AJ dan 2 million so‘m, “Real-Komfort” XF dan 3 million so‘m, “Sprint-Azia” MChJ dan 2 million so‘m, “Express Shans” MChJ dan 1 million, “Mizraobod Omad” oilaviy korxonadan 5 yuz ming so‘m xo‘jalik shartnomasi asosida ishlar bajarilgan.

“AVTODARYOTRANS” dan 1 million so‘m, “ODIL-AUDIT”MChJ dan 1million yuz ming so‘mga pullik xizmat ko‘rsatilgan.

Fan va ishlab chiqarish integratsiyasi

Hozirda kafedra “Aksionerlik jamiyatlarida hisob siyosatini rivojlantirish” mavzusida “Toshkentdonmahsulotlari” AJ va Toshkent viloyati, Bekobod metal zavodi, Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on fermerlar kengashi bilan o‘zaro innavatsion xamkorlik shartnomasi tuzildi.    

Innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar (innovatsion yarmarkalarda ishtirok etish, yarmarkalarda tuzilgan shartnomalar)

“Azia Sprint” MChJ bilan innovatsion loyiha tayyorlanib, unda tarmokning ishlab chikarish xususiyatlaridan kelib chikib, 21-sonli BHMS asosida ishchi schyotlar rejasi bo‘yicha g‘oyalar ilgari surilgan va bu loyiha innovatsion yarmarkada ro‘yxatga olindi.

Xalqaro hamkorlik va xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy aloqalar natijalari

Buxgalteriya hisobi kafedrasi bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi Lipetsk shahridagi “Lipetsk Davlat Texnika universiteti”, “Rossiya halqlar Do‘stligi universiteti”, Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti, Don davlat texnika universiteti, Ural davlat iqtisodiyot universiteti (21.04.2016y.), Sankt-Peterburg davlat temir yo‘llar universiteti, Tambov davlat universiteti, Rossiya Federatsiyasi xukumati qoshidagi moliya universitetining Kaluga filiali bilan (12.08.2015y.) ilmiy hamkorlik qilib kelmoqda.

Shuningdek, Ural davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan tashkil etilgan “yevroosiyo yoshlar iqtisodiy forumida” xalqaro ekspert sifatida qatnashdi.

Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash samaradorligi

Kafedra professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy ish natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. 

Doktorlik dissertatsiyalari himoyasi 
Katta ilmiy xodim-izlanuvchi tadqiqotchilik faoliyati

Kafedrada bugungi kunda ikki nafar katta ilmiy-xodim izlanuvchilar Abdusalomova N.B., M. Temirxonovalarining ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Abdusalomova N.B. “Qora metallurgiya korxonalarida xarajatlar hisobini uslubiyotini takomillashtirish” mavzuida doktorlik dissertatsiyasining 1-2-boblari ustida ish olib bormoqda. “Iqtisodiy nazariya”, “Prezident asarlari” va “Chet tili” nomli minumumlar muvafaqqiyatli topshirilgan.

Shu jumladan, M.Temirxonova “Sovershenstvovanie finansovogo ucheta i ochetnosti v turisticheskix firmax” mavuida dissertatsiya ishining II, III -bobini yakunladi, xorijda va respublika jurnallarida maqolalarini chop etishga topshirilgan, “Matematik modellashtirish”, “Iqtisodiy nazariya”, “Prezident asarlari” nomli minumumlar muvafaqqiyatli topshirilgan.

2016-yil 6-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Buxgalteriya hisobi” kafedrasining ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi. Unda “Buxgalteriya hisobi” kafedrasining professor o‘qituvchilari, va ularning ilmiy rahbarligida talabalar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini rivojlantiri masalalari” mavzuida taqdimotlar qilindi.

2016-yil 23-noyabr kuni “Buxgalteriya hisobi” kafedrasining dotsenti Sh.T.Ergasheva tomonidan “Buxgalteriya hisobining yangi tahrirdagi qonuni ahamiyati va vazifalari” mavzuida ilmiy seminar o‘tkazdi.

Mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash

Kafedrada bugungi kunda ikki nafar mustaqil tadqiqotchilik izlanuvchilar A. Achilov “Kimyo sanoati korxonalarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini uslubiy jixatdan takomillashtirish yo‘nalishlari” mavzusida, M.Kolonov “Avtomobil va daryo transporti tashkilotlarida xarajatlar hisobi va uslubiyotini  takomillashtirish” mavzusida o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda va ilmiy tadqiqot ish mavzulari tasdiqlanib e'lon qilish uchun OAK jo‘natilgan. Kafedra mustaqil izlanuvchilari A.Achilov, M.Kolonovlar attestatsiyadan o‘tdi.

Iqtidorli yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar

Kafedrada iqtidorli talabalar ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida “Yosh buxgalter” ilmiy to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib, unda kafedra professor-o‘qituvchilari talabalarni ilmiy tezis va maqola yozish jarayonlarida tegishli maslahatlarni berib kelishmoqda. Mazkur ilmiy to‘garakka kafedra assistenti D.M. Mavlyanova ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada ilmiy to‘garakning iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularga maslahat soatlari grafigi tuzilgan bo‘lib, to‘garak faoliyati muntazam ravishda olib borilmoqda. 

Iqtidorli talabalar bilan ishlash va ularning fan olimpiadadagi faol ishtirokini ta'minlash o‘quv yilining mart oylaridan boshlanadi. 2016 yilning 15 aprelida “Buxgalteriya hisobi iqtisodiy tahlil va audit” fani bo‘yicha fan olimpiadasining 1- bosqichi bo‘lib o‘tdi. 2016 yilning 20-21 may kunlari respublika olimpiadasining 2-bosqichi bo‘lib, unda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Buxgalteriya hisobi va audit” fakultetining 4-bosqich talabasi Shoraxmatov Suxrob qatnashib respublika bosqichiga tavsiya etildi va 2-bosqichda fahrli 1- o‘rinni egalladi.

Rossiya Federatsiyasi yekaterinburg shaxrida “Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari asosida milliy standartni shakllantirish” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro fan olimpiadasida, to‘garak a'zosi 4-bosqich talabasi Akromov Abdulla Bahodir o‘g‘li R.O.Xolbekov ilmiy raxbarligida qatnashdi. Xalqaro olimpiadada sovrinli 3-o‘rinni egalladi, 3-darajali diplom va 5000 rubl mukofotni qo‘lga kiritdi.

Professor-o‘qituvchilarining kafedra koshidagi “Yosh buxgalter” ilmiy to‘garagiga qatnashuvchi talabalar bilan olib boriladigan qo‘shimcha mashg‘ulot jadvali.

E'lonlar

Bizga murojaat