telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Chilonzor akademik litseyi

You are here

Bosh sahifa » Faoliyat » AL va KHK bilan ishlash » Chilonzor akademik litseyi

  Direktor

  Abduraxmanov Olim Kalandarovich

 

  Qabul vaqti:

  Payshanba 1500 - 1700

 

  Telefon:

  (0 371) 245-22-64, 245-67-45

 
   Fax:    (0 371) 245-44-59  

  E-mail:

  info@tdiual.uz

 

  Veb-sayt:

  www.tdiu.uz

 

 

Chilonzor Akademik litseyi direktorining lavozim vazifalari

O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa  qonun osti hujjatlarining bajarilishini ta'minlaydi, litsey faoliyati ustidan rahbarlikni amalga oshiradi, pedagogik kengashni boshqaradi, o‘quv tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish yo‘llarini belgilaydi, Davlat ta'lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining bajarilishini ta'minlaydi, litseyning moliyaviy va xo‘jalik masalalarini xal etadi, byudjet va byudjetdan tashqari moliyaviy mablag‘larni shakllantiradi va ulardan samarali foydalanishini ta'minlaydi, litseyning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etadi, kadrlarni tanlash va  joy-joyiga ko‘yishni amalga oshiradi, shtat jadvalini tasdiqlaydi, pedagogik xodimlar attestatsiyasini tashkillashtiradi, xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi, mehnat, ishlab chiqarish, ijro intizomi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta'minlaydi, xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus komissiyaga boshchilik qiladi, xodimlarga qo‘shimchalar, mukofotlar va moddiy yordamni tayinlaydi, o‘quvchilar qabulini, kursdan-kurga o‘tishini boshqaradi, jamoat va  xomiy tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi, korxona, kam ta'minlangan farzandlarini ijtimoiy himoyalash, fuqarolarni og‘zaki va yozma murojaatlari bo‘yicha qabul qiladi.

 

Akademik litsey tarixi

1992-yilda tashkil topgan TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litseyi Respublika iqtisodiyot litseyi bazasida 1999 yilda tashkil etilgan. Davlat byudjeti va Koreya Respublikasi hukumati krediti loyihasi asosida fizika (1 komplekt), kimyo (1 komplekt), biologiya (1 komplekt), informatika (2 ta kompyuter sinfi), lingafon (2 komplekt) o‘quv xonalari jihozlangan.

TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litseyiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 10 sentyabrdagi 406-sonli “1999-2005-yillarda litseylararo va kasb-hunar kollejlarining moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda mablag‘ bilan ta’minlash” to‘g‘risidagi qaroriga asosan “TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litseyi” maqomi berilgan.

Ta’lim muassasasida hozirgi kunda 30 ta guruhda 881 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularga jami 69 nafar umumta’lim fanlar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berishmoqda. Professor-o‘qituvchilarning 69 nafari ham oliy ma’lumotli. 11 nafar professor-o‘qituvchilar TDIU va boshqa oliy o‘quv yurtlarida o‘rindoshlik asosida ishlamoqda. TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litseyi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Tarix” fakulteti, “Axborot texnologiyalari” va “Mikroiqtisodiyot” kafedralari, Toshkent moliya instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Fizika-matematika” va “Malaka oshirish” fakultetlari hamda “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi, Toshkent Axborot texnolagiyalari Universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining “Matematika” insituti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Hozirgi kunda akademik litseyda 7 ta (Fizika-matematika, Ona tili va adabiyot, Ingliz tili, Rus tili va adabiyot, Jismoniy tarbiya va YoChQBT, Ijtimoiy-gumanitar fanlar va Informatika) kafedra bevosita faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

Oʻquv-uslubiy ishlar

Litseyda  yillik ish reja, fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari,  taqvim mavzu rejalar, ma’ruzalar matni, tehnologik xarita va ilovalar slaydlari bilan o‘quv uslubiy majmuaga jamlangan va ularning  elektron varianti  har bir o‘qituvchida mavjud. Litseyda 3 ta laboratoriya xonasi hamda 1 ta kimyo xonasi mavjud. Kimyo, biologiya va fizika fan kabinetlari O‘zbekiston-Koreya hamkorligida laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan, ulardan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, 2011-2012 va 2013-2014 o‘quv yillarida litseyda o‘quv xonalarining 30 tasi o‘quv partalari, shkaf va proektorlar bilan jihozlandi. 2 ta lingofon kabineti tashkil qilindi.

 

Litseyda 2 ta kompyuter xonasi mavjud bo‘lib, ular Pentium-IV kompyuterlari bilan jihozlangan va oʻquv jarayonida samarali foydalanib kelinmoqda.

Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilgan. 2011-2012 o‘quv yilida Respublika fan olimpiadalarining 4-bosqichida O‘ktamova Nozima “Iqtisodiy bilim asoslari” fanidan eng yuqori natija ko‘rsatib faxrli 1-o‘rinni egalladi va oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli o‘qishga kirish faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. 2012-2013 o‘quv yilida Respublika fan olimpiadalarining 4-bosqichida Ubaydullaev Farruh “Amaliy geografiya” fanidan eng yuqori natija ko‘rsatib faxrli 2-o‘rinni egalladi va oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli o‘qishga kirish faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Litsey internet tarmog‘iga ulangan bo‘lib, har oyda barcha internet yangiliklari kerakli imkoniyatdan kelib chiqib talab etilgan mavzular o‘quvchilarga taqdim etiladi. Barcha kafedralarda yangi pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan dars ishlanmalari va o‘quv qo‘llanmalarning elektron variantlari litsey kutubxonasida mavjud bo‘lib, ulardan professor-o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar foydalanmoqdalar.

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Akademik litseyda “O‘qituvchi-hayot maktabini yaratuvchidir”, “Voyaga yetmagan yoshlar orasida diniy aqidaparastlik, huquqbuzarlik, jinoyatchilik”, “Til-millat ko‘zgusi”, “Yoshlar giyohvandlikka qarshi”, “Barkamol avlod-taraqqiyotimiz garovidir”, “Zukkolar tadbiri”, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazilib turiladi.

    

Shuningdek akademik litseyda har yili o‘quvchilarni Oliy majlis deputatlari  va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishtirib borish maqsadida  o‘quvchilar tashrifi tashkil qilinadi. O‘quvchilar u yerda o‘zlarini qiziqtirgan savollar orqali kerakli ma’lumotlarga ega boʻladilar.

Litsey Axborot – resurs markazi 21400 ta kitob fondiga egadir. Jumladan, darsliklar 7608 ta, badiiy adabiyotlar 5332 ta, siyosiy adabiyotlar 1562 ta, iqtisodiyotga oid kitoblar 1200 ta, uslubiy qo‘llanmalar 677 ta, laboratoriya ishi va masalalar to‘plamlari 175 ta, boshqa xildagi adabiyotlar hamda elektron darsliklardan iborat. Axborot – resurs markazi 6 ta kompyuter bilan ta’minlangan. O‘quv jarayoniga amaliy yordam berish maqsadida litseyda axborot resurslar markaziy o‘quv, ilmiy, badiy hamda turli xil o‘quv adabiyotlari bilan ta’min etilgan. Barcha zaxiradagi adabiyotlarning 70% lotin yozuvidagi adabiyotlardir. Akademik litseyda sport ishlari ham na’munali ishga qo‘yilgan.  Litseyning sport zali va trenajyor  homiy ota-onalar yordami bilan ta’mirlandi va sport anjomlari va jixozlari bilan boyitildi. Litseyda 23 ta to‘garak faoliyat yuritmoqda. To‘garaklarning 15 tasi fan to‘garaklari, 8 tasi sport to‘garaklaridir.

 

Ilmiy tadqiqot ishlari

Litsey ilmiy-tadqiqot ishlari bilan barcha professor-o‘qituvchilar muntazam shugʻullanib kelmoqda, ilmiy sohada yaxshi natijalarga erishmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 19 maydagi “Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi akademik litseyida ta’lim jarayonini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 206-sonli buyrug‘iga asosan TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litseyida tajriba sinov tariqasida 2011-2012 va 2012-2013 o‘quv yillaridan akademik litseyda alohida fanlarni ingliz tilida olib borilishini tashkil qilish maqsadida, ingliz tili kafedrasi o‘qituvchilarining izlanishi va ularning sa’y-harakatlari bilan 1-kurs o‘quvchilarining 12 ta va 2-kurs o‘quvchilarining 15 ta fandan darsliklari ma’ruza matni sifatida ingliz tiliga tarjima qilinib, chop ettirildi va oʻquvchilar 100 % ta’minlandi.

2013-2014 o‘quv yilida tarjima qilingan ma’ruza matnlari bilan o‘quvchilarni yanada bog‘liq holda ishlarni tashkil etish maqsadida akademik litsey o‘qituvchilari tomonidan ishchi daftarlar ishlab chiqildi va hozirda  undan o‘quvchilar samarali foydalanib kelmoqda.

2013-yil 6 oktyabr sanasida TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litseyi o‘qituvchisi Tosheva Dilrabo o‘zining ma’ruzasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Medison shahridagi Wisconsin Universitetida bo‘lib o‘tadigan CESS (Central Eurasian Studies Society) konferensiyasida qatnashdi.

E'lonlar

Bizga murojaat