telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Ekonometrika kafedrasi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Kafedralar » Ekonometrika kafedrasi

  Kafedra mudiri

  Ishnazarov Akram Ismoilovich

 

  Qabul vaqti

  900 - 1600

 

  Telefon

  (0 371) 239-28-04

 

  E-mail

   kafekon@tdiu.uz

 

  Veb-sayt

  www.tdiu.uz

 

KAFEDRA TARIXI

«Ekonometrika» kafedrasi ilk bor «Ma’lumotlarni mashinalashgan holda qayta ishlashni tashkil etish» nomi bilan 1979-yilda tashkil topgan. Kafedraning birinchi mudiri  i.f.n., prof. A. Pattohov bo’lib, u kafedrani 1985-yilgacha boshqargan.

1985-1987-yillarda prof. A. Karimov, 1987-1993-yillarda dots. S.A. Novosardova, 1993-2000 yillarda prof. Q.A. Alimov, 2001-2003-yillarda prof. R.X. Alimov, 2003-2004-yillarda dots. S.A. Novosardova, 2004-yildan hozirgi kunga qadar kafedraga i.f.d., professor R.X. Alimov rahbarlik qilib kelmoqda.

2011-yildan boshlab kafedra “Ekonometrika” kafedrasi deb yuritila boshlandi.

«Ekonometrika» kafedrasi 2000-yildan boshlab bakalavriatning «Kasb   talimi   (Informatika   va   axborot texnologiyalari)» ta’lim yonalishi boyicha mutaxassis kadrlar  hamda 2010-yildan «Ekonometrika» mutaxassisligi boyicha magistrlar tayyorlamoqda.

Bugungi kunda kafedra tomonidan tayyorlangan mutaxassislar ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat ko’rsatmokdalar.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida boshqaruvning barcha darajalaridagi mutaxassislar kabi yuqori malakali iqtisodchilarni tayyorlashni sifat jihatdan yuksak pogonalarga’ ko tarish talab etilmoqda.

Bugungi kunda kafedrada 3 ta fan doktorlari, professorlar, 9 ta fan nomzodlari, dotsentlar, 9 ta katta o’qituvchilar, 1 ta assistent faoliyat ko’rsatmokdalar.

Shuningdek, kafedrada 2 nafar katta ilmiy xodim – izlanuvchi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

 

O‘quv –uslubiy ishlar

Kafedrada umumiy 23 ta professor-o‘qituvchi bo‘lib, ulardan 3 nafari fan doktori, professor, 8 nafar fan nomzodi, dotsent ilmiy unvoniga ega, 10 nafar katta o‘qituvchi va 2 nafari assistent lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan  22 tasi asosiy shtatda va 1 tasi o‘rindoshlik asosida (0,5 stavka) faoliyat ko‘rsatdi. Kafedra assistenti Saydullaeva S. bola parvarishi tatilidan so‘ng ishga tushishi munosabati bilan o‘quv yuklamasiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Kafedraning o‘quv-yordamchi personaliga 2 shtat ajratilgan bo‘lib, hisobot davrida 2 ta kabinet mudiri (0,5 stavkadan), 1 ta laborant ishlagan.

Kafedra  yig‘ilishlarida 2015-2016  o‘quv yilida majlislar soni 47 ta jumladan, 10 ta majlis uslubiy-metodologik seminar sifatida o‘tkazildi. Kafedra majlislari va uslubiy-metodologik seminarda ko‘rilgan masalalar bayonnomalarda o‘z aksini topgan. Har bir kafedra majlisida rejaga binoan va rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarilishi, kafedradagi olib borilayotgan ilmiy-uslubiy va metodologik ishlar mazmuni, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazilishi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik ishlari va bu boradagi ishlarni tashkil qilish masalalari muhokama qilib borildi (1-5 ilovalar).

Kafedra majlisida  ko‘riladigan masalalar kafedraning o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy faoliyatining barcha qirralarini qamrab olgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi an’anaviy o‘tgan yilning asosiy yakunlari va navbatdagi yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasidagi hamda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida belgilangan vazifalarga keng e’tibor qaratilgan. Shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi  Qonun  va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tatbiq etish masalalari kafedra majlisida muhokama qilinib, unda belgilangan vazifalarni amalga oshirish kafedra jamoasining doimo diqqat markazida turadi.

2015-2016 o‘quv yilida kafedra bo‘yicha o‘quv ishlari o‘quv rejasi asosida olib borildi. Kafedrada bakalavriat “5111000 –Kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiyalari)”  ta’lim yo‘nalishi hamda “Ekonometrika” magistratura mutaxassisigi bo‘yicha zaruriy Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar va dasturlar ishlab chiqilgan va ular asosida har bir fan bo‘yicha ishchi o‘quv rejalari, o‘quv dasturi,ishchi o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari, o‘quv-uslubiy majmualar va zaruriy uslubiy qo‘llanmalar tayyorlandi.

“5111000 –Kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiyalari)” ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standarti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 10-martdagi 84-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, amalga kiritilgan va Davlat ta’lim standarti O‘zstandart agentligida 4994-son bilan 18 sentyabrda 2014 yilda Davlat ro‘yxatiga olingan.

“5111000 –Kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiyalari)” ta’lim yo‘nalishining malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015-yil 21-avgustdagi 303-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

Ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasi 2014-yil 3-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashida ma’qullangan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan tasdiqlangan. “5111000 –Kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiyalari)” ta’lim yo‘nalishining ishchi o‘quv rejasi universitet Kengashi tomonidan (2014-yil 30-aprel, 9-sonli bayonnoma) ma’qullangan va rektor tomonidan tasdiqlangan. 

5A230106 - “Ekonometrika” magistratura mutaxassisligining Davlat ta’lim standarti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 13 fevraldagi 47-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va amalga kiritilgan. Mutaxassislikning Davlat ta’lim standarti O‘zstandart agentligida 4218-son bilan 2014 yil 7 aprelda Davlat ro‘yxatiga olingan.

5A230106 - “Ekonometrika” magistratura mutaxassisligining malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015-yil 21-avgustdagi 303-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

5A230106 - “Ekonometrika” magistratura mutaxassisligining o‘quv rejasi 2014-yil 10-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashida ma’qullangan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan tasdiqlangan. Mutaxassislikning ishchi o‘quv rejasi universitet Kengashi tomonidan (2014-yil 28-fevral, 7-sonli bayonnoma) ma’qullangan va rektor tomonidan tasdiqlangan. 

Quyidagi ishlar amalga oshirildi:

1. Kafedrada biriktirilgan barcha fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari  va ishchi o‘quv dasturlari mavjud bo‘lib, ular kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan va kafedra majlislarida muhokama qilinib, foydalanishga tavsiya etilgan (7-8 ilovalar).

2. Ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash maqsadida barcha professor-o‘qituvchilar o‘z malakalarini oshirdilar va pedagogik hamda axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.

3. Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish va nazorat qilish bo‘yicha tadbirlar bajarildi. Kafedrada 23 ta fandan (15 ta fandan Kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiyalari) yo‘nalishi bo‘yicha, 8 ta fandan  Ekonometrika  mutaxassisligi bo‘yicha ) ma’ruza matni, 23 ta fandan mashg‘ulotlar uchun mustaqil ishlar o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar, talabalar bilimini baholashning reyting tizimi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar yangilandi.

4.  O‘qituvchilarning o‘zaro darslarga kirishi reja bo‘yicha 47 ta bo‘lib 100 foiz bajarildi,  41 ta ochiq darslar o‘tkazildi.

5.  Davlat Attestatsiya Komissiyasi faoliyatining natijalari, “Kasb ta’limi” (Informatika va axborot texnologiyalari) yo‘nalishi talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi, magistratura davlat imtihoni va dissertatsiya ishi himoyasi natijalari to‘g‘risida ma’lumot jadvallarda keltirilgan (9-10 ilovalar).

Bitiruv malakaviy ishlar himoyasi 24 nafar talabaga rejalashtirilgan,
xaqiqatda 24 nafar talaba (100 foiz) himoya qildi.

Ekonometrika mutaxassisligi bo‘yicha 5 ta magistrlik dissertatsiya himoyasi   rejalashtirilgan, haqiqatda 5 nafar talaba (100 foiz) himoya  qildi (9-10 ilova).

6. O‘quv soatlarining bajarilishi haqidagi ma’lumot 6-ilovada berilgan. “Ekonometrika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2015-2016 o‘quv yilida jami 14286 soat hajmida o‘quv yuklamasi bajarildi.

7.  Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlar talabalar soniga mos ravishda o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlangan (11-ilova).

“Ekonometrika” kafedrasi professor - o‘qituvchilari tomonidan belgilangan talablar asosida  darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati nashr rejasiga kiritildi

Chop etishga rejalashtirilgan adabiyot nomi

Adabiyot turi (darslik yoki o‘quv qo‘llanma)

Muallif(lar)

Nashrga topshirilish muddati (yil, oy)

  1.  

Axborot tizimlari

O‘quv qo‘llanma

R. Alimov, O‘.Xayitmatov va boshqalar

2016, may

  1.  

WEB dasturlash

O‘quv qo‘llanma

R. Alimov,     B.Sharipov

2016, may

  1.  

Iqtisodiy o‘sishning matematik modellari

O‘quv qo‘llanma

Shodiev T.Sh.

2016, iyun

  1.  

Informatsionnie sistemi i texnologii v ekonomiike

O‘quv qo‘llanma

R.X. Alimov, S.A. Novosardova, U.A. Otajonov

2016, may

  1.  

Informatsionnie sistemi

O‘quv qo‘llanma

R.X. Alimov, S.A. Novosardova, U.A. Otajonov

2016, may

  1.  

Intellektual tizimlar

O‘quv qo‘llanma

A.F. Xakimov

2016, iyun

  1.  

Iqtisodiy sistemologiya

O‘quv qo‘llanma

A. Ismoilov

2016, iyun

  1.  

Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtrish va prognozlash

O‘quv qo‘llanma

A.Almuradov

2016, iyun

  1.  

Iqtisodiy -matematik usullar va modellar

O‘quv qo‘llanma

A.Ishnazarov, S.B.Ivanova

2016, iyun

8.  Kafedrada o‘qitiladigan  15  ta  fandan bakalavriat yo‘nalishi  va 8 ta  fandan magistratura mutaxassisligi  bo‘yicha elektron ma’ruza matnlari yaratilgan va o‘quv jarayoniga tatbik etilgan. Shuningdek, har bir fan bo‘yicha o‘quv prospekti tayyorlanib, guruhlardagi har bir talabaga berildi.

9. Malakaviy, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha, Bitiruv malakaviy ishi va Magistrlik dissertatsiya ishlarini tayyorlash bo‘yicha uslubiy  ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan va har bir bakalavr hamda  magistrga takdim etildi.

Unga muvofiq talabalar akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida  hamda  ilmiy - tadqiqot markazlarida o‘z amaliyotlarini o‘tadilar. Amaliyot natijasida talabalar  BMI   va MD uchun etarli material yig‘ishga erishganlar va  bu  BMI va MD larning tayyorlanish darajasining oshishiga olib keldi.  BMI va MD larni  “a’lo” ga himoya qilgan talabalar o‘z ilmiy izlanishlari hususida DAKga joriy dalolatnomalar taqdim etganlar.

10. Kurs ishini himoya qilgan talabalarning soni bakalavriat va magistraturada 52 nafarni tashkil etgan. Talabalarni “Tizimli dasturiy ta’minot”, “Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari”, “Maxsus fanlarini o‘qitish metodikasi”  va “Ekonometrika” fanlarini o‘zlashtirish darajasini ijobiy deb baholash mumkin. Shuni aytib o‘tish kerakki, bu fanlar ancha murakkab fanlar sirasiga kiradi va ularni o‘zlashtirish ko‘p mehnat va talabalar tomonidan o‘z ustida tinimsiz ishlashni talab qiladi.

11. Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ta’minoti bajarilgan. Bakalavriat yo‘nalishining 15 ta fani va magistraturaning 8 ta fani buyicha tayyorlangan namunaviy va ishchi o‘quv dasturlarida mustaqil  ishlarning mavzulari, manbalari va ularni tashkil etish to‘g‘risida alohida bo‘lim keltirilgan bo‘lib, bu borada kafedrada talabalar bilan alohida ishlar olib borilmokda.

Kafedrada o‘tgan o‘quv yili mobaynida mavjud ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etish va fan dasturiga mos o‘quv adabiyotlarini yaratishga oid qator ishlar olib borildi. Shuningdek, kafedrada ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsiyalarni ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor berildi.

 Kafedra professor-o‘qituvchilari  Alimov R.X. , Ishnazarov A. va b. tomonidan “Investitsiya faoliyatini baxolash” nomli o‘quv qo‘llanma  chop etildi.

Kafedra  professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ma’ruza matnlarining elektron variantlari universitetning MOODLE tizimiga, universitet ARM va ZiyoNet ta’lim portaliga kiritilgan. Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari xam  ZiyoNet ta’lim portaliga kiritilgan.

Kafedrada “5111000 –Kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiyalari)” ta’lim yo‘nalishi va “Ekonometrika” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha fanlarning o‘quv dasturlari qaytadan ishlab chiqildi. Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar yangi talablar asosida qayta ishlanib, yangilandi  (fan dasturi, ishchi o‘quv dasturi, o‘quv prospekti, ta’lim texnologiyasi, keys stadiylar, joriy, oraliq, yakuniy nazorat savollari, test savollari, umumiy nazorat savollari, tarqatma va taqdimot materiallari, glossariy, reyting tizimi asosida talabalar bilimini baholash mezonlari), qaytadan chop etilib, elektron versiyalari universitet axborot resurslar markaziga topshirildi.

O‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 10 iyulda 1981-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan topshiriqqa muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-son buyrug‘i bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 26 avgustda 1981-1-son bilan davlat ro‘yxatidan qayta o‘tkazilgan nizomga, 2009 yil 26 maydagi 160-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat asttestatsiyasi to‘g‘risida”gi nizom, 2009 yil 14 avgustda 286-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha Yo‘riqnoma”, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2013 yil 13 dekabrdagi 470-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi buyrug‘i, TDIU Ilmiy kengashining 2014 yil 31 maydagi yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida”gi nizomiga muvofiq har bir fan bo‘yicha reyting tizimi asosida talabalar bilimini baholash hamda talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, uni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqildi.

Joriy o‘quv yilida kafedra tomonidan o‘tkazilgan attestatsiya  natijalari  reyting nazorati shaklida amalga oshirildi. Talabalar bilimini baholash reyting tizimi asosida tashkil etildi va natijalar yangi shakldagi reyting qaydnomalarida hisobga olib borildi (12-ilova).

        Kafedraning barcha  professor-o‘qituvchilari universitet tomonidan tashkil etilgan “Xorijiy tillarni o‘rganish”kursida malaka oshirdilar. Shu bilan birga professor-o‘qituvchilar axborot resurslari markazida mustaqil ravishda yangi ilmiy, o‘quv va boshqa adabiyotlarni o‘rganish asosida va ulardan o‘quv jarayonlarida foydalanish orqali o‘z bilim doiralarini kengaytirib borishdi. Ushbu ishlar natijalari kafedrada mavjud fanlar bo‘yicha keys-texnologiyalar, ta’lim texnologiyalari yaratishga katta zamin yaratmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yo‘nalishlar bo‘yicha yangi fan sohalari bo‘yicha o‘quv va ishchi o‘quv rejalari hamda mavjud fanlar bo‘yicha barcha o‘quv va ishchi o‘quv rejalar mamlakatimizdagi dolzarb masalalarga yo‘naltirilgan holda yangilanib kelgusi o‘quv yili uchun tasdiqlashga topshirildi. 

 

ILMIY-TADQIQOT ISHLARI

Xalqning boy intellektual merosi va universitet iqtisodiyoti, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish asosida quyidagi mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi:

1.   Mavzu: Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari

Kafedrada bu yo‘nalish bo‘yicha prof. R.Alimov boshchiligida quyidagi o‘qituvchilar tomonidan tadqiqot ishlari olib borildi: dots. Ivanova S.B., dots. Almuradov A., dots. Yulchieva G.T., katta o‘qituvchi Majidov R.R, katta o‘qituvchi Maxmudova B.

2. Mavzu: Iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish.

Iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish muammolari bo‘yicha kafedrada prof. T.Shodiev boshchiligida quyidagi o‘qituvchilar tomonidan tadqiqot ishlari olib borildi: dots. Ismoilov A., katta o‘qituvchi  Ishnazarov A., katta o‘qituvchi Nurullaeva Sh. katta o‘qituvchi Mumiinova M.

  3. Mavzu: Noaniq to‘plamlar nazariyasi asosida o‘quv jarayonini sifatini baxolash tamoyillari, usullari va modellarini yaratish.

Bu yo‘nalish bo‘yicha  dots. Xayitmatov U.T. raxbarligida dots. Fayziev R, katta o‘qituvchi Sharipov B.A., Azamatov O.X, dots. Xakimov A.F. lar birgalikda ilmiy izlanishlar olib borishdi. Bu mavzular bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari bir nechta ilmiy-amaliy anjumanlarda maruzalar bilan qatnashishdi.

Kafedrada  ikkita  doktorant  (Boyxonov B . va Muminova K., ilmiy raxbar prof. Alimov R.X.) lar ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Ular o‘zlarining maqola va tezislarini chop ettirishgan.

 Bugungi kunda kafedra o‘qituvchilari quyidagi mavzular bo‘yicha o‘zlarining ilmiy –tadqiqot ishlarini olib borishmoqda:

  •  Ishnazarov A. “Resurslar taqchilligi sharoitida qishloq xo‘jaligi korxonalari ishlab chiqarish tarkibini ko‘pmezonli optimallashtirish” (08.00.06 - Ekonometrika va statistika) mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.

- Jabborov X.F. “Kadrlar tayyorlash tizimining sifat ko‘rsatkichlarini baholash va modellashtirish metodologiyasi” (08.00.06 - Ekonometrika va statistika)” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda

  •  Majidov R.R. “Aktsionerlik korxonalari qimmatli qog‘ozlarining bozor qiymatini o‘zgarish tendentsiyalarini ekonometrik modellashtirish” (08.00.06 - Ekonometrika va statistika) mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda
  •  Sharipov B.A. “Oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini modellashtirish va prognozlashda splayn funktsiyalaridan foydalanish” (08.00.06 - Ekonometrika va statistika) mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.
  •  Saydullaeva S.A. “O‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda axborot resurslaridan optimal foydalanish” (08.00.06 - Ekonometrika va statistika) mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi ilmiy  ishlar chop etildi:

  1. Bayxonov B., Ishnazarov A., Saydullaeva S. O‘zbekiston  Respub-likasi  hududlarida investitsiyalardan samarali foydalanishni baholash. “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda investitsiyalardan foydalanishni ekonometrik modellashtirish masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya tezislari to‘plami, Toshkent 2016 yil 31 mart.
  2. Saydullaeva S., Maxmudova B. Investitsiyalash jarayonida axborot resurslaridan samarali foydalanish.  “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda investitsiyalardan foydalanishni ekonometrik modellashtirish masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya tezislari to‘plami, Toshkent 2016 yil 31 mart.
  3. Saydullaeva S. Ta’lim jarayonida axborot resurslaridan samarali foydalanish.  “Zamonaviy informatikaning dolzarb muammolari: o‘tmish tajribasi, istiqbollari” ilmiy-amaliy anjuman materillari (II-qism) 2016 y. 
  4. Saydullaeva S. Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan    samarali foydalanish. “Toshkent haqiqati”  gazetasi  2016 y. 14 may
  5. Saydullaeva S. Mediata’lim: yangi ta’lim usuli sifatida. “Eko muvozanat” gazeta  6-soni  2016 y. 29 fevral
  6. Saydullaeva S. Turizm va elektron  tijorat. “Xabar” gazeta  2016 y. 27 may.
  7. Djumaniyazov Sh.R. «Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliq tushumlarining tahlili». «Biznes-Ekspert» jurnali, 2-son, 2016 yil, 11-17 b.
  8.  Djumaniyazov Sh.R. «O‘zbekistonda uy-joy kommunal xo‘jaligini isloh qilish va rivojlantirish». «Iqtisodiyot va ta’lim» jurnali, 3-son, 2015 yil, 60-64 b.
  9. Djumaniyazov Sh.R. «Ijtimoiy soha infratuzilmasini  rivojlan

tirish yo‘llari». “O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoatini barqaror rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish omillari” respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi ilmiy maqolalar va ma’ruzalar to‘plami, Toshkent 2016 yil 4 iyun.

10. Djumaniyazov Sh.R. «Iqtisodiyotni modernizatsiyalashda investi -

tsiyalarni jalb etish yo‘llari». “Tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘li -

dagi to‘siqlarni bartaraf etish hamda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishda soliq siyosatining o‘rni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari to‘plami, Toshkent 2016 yil 22 aprel.

11. Djumaniyazov Sh.R. «Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda investitsiyalardan samarali foydalanish yo‘llari». “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda investitsiyalardan foydalanishni ekonometrik modellashtirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferentsiya tezislari to‘plami, Toshkent 2016 yil 31 mart.

12. Djumaniyazov Sh.R. «Ta’lim jarayonida texnik vositalar orqali mustaqil ta’limni samarali tashkil etish yo‘llari». “Iqtisodiy ta’lim rivojlanishining muammolari va istiqbollari” respublika ilmiy-amaliy anjumanining ilmiy maqolalar va ma’ruzalar tezislari to‘plami, Toshkent 2015 yil 25 dekabr.

13. Djumaniyazov Sh.R. «Mulkchilik munosabatlarini takomillash-

tirishda innovatsion omillar tahlili». “O‘zbekistonda mulkchilik shakllarining rivojlanishi: yutuqlar va muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani ilmiy maqolalar va ma’ruzalar to‘plami, Toshkent 2015 yil 10 dekabr.

14. Djumaniyazov Sh.R. «O‘zbekistonda ijtimoiy sohada olib borilayotgan islohotlar tahlili». “O‘zbekistonda ijtimoiy sohalar menejmentini tashkil etish va rivojlantirish: muammolar, echimlar va istiqbollar  ” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanining ilmiy maqolalar va ma’ruza tezislari to‘plami, Toshkent 2015 yil 28 noyabr.

15. Djumaniyazov Sh.R. «Milliy iqtisodiyotning asosiy makroiqti-

sodiy ko‘rsatkichlari tahlili». “Makroiqtisodiy muammolar - 2015” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi ilmiy maqolalar va ma’ruzalar to‘plami, Toshkent 2015 yil 25 noyabr.

16. Abduraxmanova F.F., Nurullaeva Sh.T., Pirmatova M. “Innova-tsion faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi”. Makroiqtisodiy muammolar - 2015 mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani ilmiy maqolalar va ma’ruzalar to‘plami. Toshkent, 2015 (25 noyabr).

17. Nurullaeva Sh.T., Muminova M.A. “Osnovnie aspekti ekonomet-richeskogo modelirovaniya”. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda investitsiyalardan foydalashni ekonometrik modellashtirish masalalari mavzusidagi Respublika ilmiy maqolalar to‘plami. Toshkent, 2016 (31 mart).

18. Muminova M.A., Nurullaeva Sh.T., Ro‘zmetova N.Sh. “Iqtiso-diyotni innovatsion rivojlantirishda investitsiyalardan samarali foydalanish”. Byudjet daromadlarini shakillantirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda fiskal siyosatiga innovatsion yondashuv mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasida materiallari va maqolalari to‘plami. Toshkent, 2016 (23-24 may).

19. Muminova M.A., Nurullaeva Sh.T., Ro‘zmetova N.Sh.  “Iqtisodiyot tarmoqlarini innovatsion rivojlantirishda ekonometrik modellarning o‘rni”. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda investitsiyalardan foydalanishni ekonometrik modellashtirish masalalari mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya tezislar to‘plami. Toshkent, 2016 (31 mart).

20.  X.F.Jabborov. “Ta’lim jarayoni sifatini oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari”. “Zamonaviy informatikaning dolzarb muammolari: o‘tmish tajribasi, istiqbollari” mavzusidagi Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari miqyosida ilmiy-amaliy anjuman (15 aprel 2016 yil) – T.:TDPU,2016.

21.  X.F.Jabborov, N.X.Jalolova. “O‘zbekistonda innovatsion taraq-qiyot va unda ta’limning o‘rni”. “Zamonaviy informatikaning dolzarb muammolari: o‘tmish tajribasi, istiqbollari” mavzusidagi Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari miqyosida ilmiy-amaliy anjuman (15 aprel 2016 yil) – T.:TDPU,2016.

22. Otajanov U.A. Obespechenie razvitiya obrazovaniya na baze novix progressivnix kontseptsiy. «Makroiqtisodiy muammolar - 2015» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani ilmiy maqolalar va tezislar to‘plami. T.: TDIU 2015 yil 25 noyabr. 2011-2015 b.

23. Otajanov U.A. Informatsionnaya sistema marketinga kak chast sistemi upravleniya mikroekonomicheskim ob’ektom. «Makroiqtisodiy muammolar - 2015» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani ilmiy maqolalar va tezislar to‘plami. T.: TDIU 2015 yil 25 noyabr. 232-235 b.

24.  Otajanov U.A. Masofaviy ta’lim texnologiyasi asosida o‘qitish –dolzarb pedagogik muammo sifatida. «Iqtisodiy ta’lim rivojlanishining muammolari va istiqbollari» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani ilmiy maqolalar va tezislar to‘plami. T.: TDIU 2015 yil 25 dekabr. 189-194 b.

25. Otajanov U.A. Bank tizimlarida investitsion portfellarni optimallashtirish. «Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda investitsiyalardan foydalanishni ekonometrik modellashtirish masalalari» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani ilmiy maqolalar to‘plami. T.: TDIU. 2016 yil 31 mart. 83-86 b.

26. Yulchieva G., Yuldosheva D. Iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsion faoliyatning axamiyati. “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda investsiyalardan foydalanishni ekonometrik modellashtirish masalalari” mavzusidagi Respublika tezislar to‘plami. Toshkent, 2016 (31 mart).

27. Yulchieva G., Fayzullaeva D., Yuldosheva D. Ta’lim jarayonlarini zamonaviylashtirishda o‘qituvchining uslubiy ishlarini axamiyati. Iqtisodiy ta’lim rivojlanishining muammolari va istiqbollari Respublika ilmiy-amaliy anjumanining maqolalar va ma’ruza tezislari to‘plami.25 dekabr 2016 y. 

28. Yulchieva G., Yuldosheva D. Ta’lim muassasalarida iqtisodiy tarbiyaning axamiyati. Iqtisodiy ta’lim rivojlanishining muammolari va istiqbollari Respublika ilmiy-amaliy anjumanining maqolalar va ma’ruza tezislari to‘plami.25 dekabr 2016 y. 

30. Yulchieva G., Yuldosheva D., Karimova F. Oliy ta’lim muassa-salarining o‘quv jarayonida axborot texnologiyalarini qo‘llash davr talabidir. Iqtisodiy ta’lim rivojlanishining muammolari va istiqbollari Respublika ilmiy-amaliy anjumanining maqolalar va ma’ruza tezislari to‘plami.25 dekabr 2016 y. 

31. Yulchieva G., Yuldosheva D. Sog‘lom oila muhitida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasi. “Oila instituti va oila qadriyatlarining rivojlanish istiqbollari “ mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanining maqolalar va ma’ruza tezislari to‘plami. 19 may 2016 y. 

 32. Djumaniyazov Sh.R. «Davlat byudjeti daromadlarini shakllan-tirishda soliq tushumlarining  tahlili». Jurnal Birja-ekspert, № 9 2015 g.

  1. Ishnazarov A. Xayitmatov U.T. «Investitsion loyihalar tavakkalchiligini tahlil qilishda foydalaniladigan usullarning muhim jihatlari». “Iqtiso-diyotni innovatsion rivojlantirishda investitsiyalardan foydalanishni ekonometrik modellashtirish masalalari”. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi Ilmiy maqolalar to‘plami. 2016 yil 31 mart.
  2. Ishnazarov A. «Davlat soliq xizmati organlarida kadrlar salohiyatini oshirish afzalliklari». “Byudjet daromadlarini  shakllan-tirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda fiskal siyosatiga innovatsion yondashuv”. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi Ilmiy maqolalar to‘plami. 2016 yil 23-24 may.
  3. Ishnazarov A. «Bilvosita soliqlarning rag‘batlantiruvchi xusu-siyatini oshirish yo‘llari». “Byudjet daromadlarini shakllantirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda fiskal siyosatiga innovatsion yondashuv”. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi Ilmiy maqolalar to‘plami. 2016 yil 23-24 may.
  4. Maxmudova B.A. O‘zbekiston iqtisodiyotida erkin iqtisodiy xududlarni shakllanishida innovatsiya va investitsiyalarning o‘rni. “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda investitsiyalardan foydalanishni ekonometrik modellashtirish masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy - amaliy konferentsiya tezislar to‘plami. T.: TDIU. 2016 yil 31 mart.
  5. Maxmudova B.A., Muzafarova L.A. Innovatsionnoe razvitie predpriyatiy respubliki. “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda investitsiyalardan foydalanishni ekonometrik modellashtirish masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy - amaliy konferentsiya tezislar to‘plami. T.: TDIU. 2016 yil 31 mart.
  6. Maxmudova B.A., Muzafarova L.A. Ta’lim jarayonida AUTO PLAY dasturidan foydalanish imkoniyatlari.  Zamonaviy informatikaning dolzarb muammolari: o‘tmish tajribasi, istiqbollari. Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalalari miqyosida ilmiy-amaliy anjuman materiallari (II-qism). Toshkent-2016., TDPU.
  7. Almuradov A., Fayziev R.A., Fayzieva D.R. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi o‘quvchilariga iqtisodiy bilim berish va olingan bilimni baholashda avtomatlashtirilgan ta’lim va monitoring tizimining imkoniyatlari va afzalliklari. “Iqtisodiy ta’lim rivojlanishining muammolari va istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanining ilmiy maqolalar va  ma’ruza tezislari to‘plami– T.: TDIU. 2015 yil 25 dekabr
  8. Almuradov A., Fayziev R.A., Fayzieva D.R, Fayzieva N.R. Avtomatlashtirilgan ta’lim va va monitoring tizimini takomil-lashtirishda investitsiyaning ahamiyati. “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda investitsiyalardan foydalanishni ekonometrik modellashtirish masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasining ilmiy maqolalar to‘plami – T.: TDIU. 2016 yil 31 mart
  9. Almuradov A., Jabborov K. Kichik biznes va xususiy tadbirkor-likning iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishidagi o‘rni. Jizzax politex-nika instituti tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi, “Sog‘lom ona va bola yili” hamda “Xalqaro oila” kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan 7-Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari, I qism - Jizzax. 2016 yil 13-14 may
  10. Almuradov A., Jabborov K., Ko‘chimov A. Kichik biznes va xususiy tad-birkorlikning aholi bandligi va iqtisodiy o‘sishdagi ulushining prognoz variantlari. Jizzax politexnika instituti tomoni-danO‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi, “Sog‘lom ona va bola yili” hamda “Xalqaro oila” kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan 7-Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari, I qism  - Jizzax. 2016 yil 13-14 may
  11. Majidov R. Iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsion ta’lim texnolo-giyalaridan foydalanish. “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda in-vestitsiyalardan foydalanishni ekonometrik modellashtirish masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanining maqolalar to‘plami. Toshkent, 2016 y. 31 mart
  12. Majidov R., Sunnatov D.D. TDIU magistranti. “Internet texnologiya-lari” fani bo‘yicha innovatsion ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish asoslari. “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda investitsiyalardan foyda-lanishni ekonometrik modellashtirish masalalari” mavzusidagi Respub-lika ilmiy-amaliy anjumanining maqolalar to‘plami. Toshkent, 2016 y. 31 mart
  13. Majidov R., Fayzullaev S.X. TKTI, t.f.n., dotsent, Jalolova N. X. IKI-75 guruh talabasi. Innnovatsion  multimediani ta’limda qo‘llashning afzalliklari va muammolari. “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda investitsiya-lardan foydalanishni ekonometrik modellashtirish masalalari” mav-zusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanining maqolalar to‘plami. Toshkent, 2016 y. 31 mart
  14. Mo‘minova M. “Soliq ob’ektlari va soliq to‘lovchilarni monitoring qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni yanada oshirish yo‘nalishlari”. Byudjet daromadlarini shakillantirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda fiskal siyosatiga innovatsion yondashuv mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasida materiallari va maqolalari to‘plami. Toshkent 2016y.
  15.  Xayitmatov U.T., Azamatov O.X., Xakimov A.F. Effektivnost kapitalovlojeniy v informatsionnqe texnologii. “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda investitsiyalardan foyda-lanishni ekonometrik modellashtirish masalalari” mavzusidagi Respub-lika ilmiy-amaliy anjumanining maqolalar to‘plami. Toshkent, 2016 y. 31 mart.
  16. Xayitmatov U.T., Tairova M. Vliyanie informatsionno –kommunikatsionnix texnologiy na ekonomiku respubliki Uzbekistan. “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda investitsiyalardan foyda-lanishni ekonometrik modellashtirish masalalari” mavzusidagi Respub-lika ilmiy-amaliy anjumanining maqolalar to‘plami. Toshkent, 2016 y. 31 mart
  17. Alimov R.X., Bayxonov B.T. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida investitsiyalashning nazariy-uslubiy asoslari. “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda investitsiyalardan foyda-lanishni ekonometrik modellashtirish masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanining maqolalar to‘plami. Toshkent, 2016 y. 31 mart

Kafedra professor-o‘qituvchilari  2012-2016 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning tarmoqlararo taqsimlanishini ekonometrik modellashtirish uslubiyotlarini takomillashtirish” mavzusida umumiy xajmi 57 mln. so‘mlik  bo‘lgan fundamental loyixa  ishlarini olib borishmoqda. 

         Kafedra professor- o‘qituvchilari IX Respublika innovatsion loyixalar yarmarkasida o‘zlarining “Avtomatlashtirilgan talim va monitoring tizimi” mavzusidagi innovatsion loyiha bilan qatnashishdi.

IX  Respublika innovatsion loyihalar yarmarkasida “O‘rtasaroy” Fermer Xo‘jaligi bilan 2 mln. so‘mlik  innovatsion xamkorlik  shartnomasi tuzildi.

 

Kafedraning talabalar bilan olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan iqtidorli talabalar bilan ishlashga katta e’tibor berildi. Buning uchun kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi ishlab chiqildi.

Kafedrada “Zamonaviy axborot texnologiyalari” va “Zamonaviy ekonometrika”  nomli to‘garaklar faoliyat ko‘rsatdi. To‘garakka  dots. Xayitmatov U.T. va katta o‘qituvchi Ishnazarov A.I.  raxbarlik qildi.

Bu o‘quv yilida  tuzilgan reja asosida Kasb talimi (Informatika va axborot texnologiyalari) yo‘nalishi  va “Ekonometrika” mutaxassisligi talabalaridan  20 nafari  ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishdi.

Har oyda kafedra professor-o‘kituvchilari tomonidan ilmiy seminarlar uyushtirildi.

Ilmiy seminarlarda talabalardan Abzalova D., Zokirov A., Ismailov L., Jalolova N., Dexkanova N., Tairova M.,  Nematova G., Ilxomjonova S., Axmedov S. kabi talabalar faol qatnashishdi.

To‘garak mashg‘ulotlari kafedrada mavjud bo‘lgan zamonaviy kompyuterlarda olib borildi.

2016-yil 8-aprel kuni “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: erishilgan natijalar va rivojlanish istiqbollari ” mavzusida TDIU talabalari ilmiy-amaliy anjumanida talabalar o‘zlarining tezis maruzalari bilan qatnashishdi:

1.  Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda  AKTlarni qo‘llashni muammolari  va echimlari. Ma’ruzachi: N Dexkanova. (IKI-75 guruhi). Ilmiy rahbar: Kat.uk. Majidov R.R

2. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirishda axborot telekommunikatsion texnologiyalarining o‘rni. Ma’ruzachi: Xolikova K. (IKI-25 guruxi ). Ilmiy rahbar: ass. Sagdullaeva S.

3. Primenenie IKT v obrazovanii. Ma’ruzachi: Tangrieva S. (IKI-83 guruhi). Ilmiy rahbar: Kat.uk. Ishnazarov A.

4. O‘zbekistonda innovatsion taraqqiyot va unda ta’limning o‘rni. Ma’ruzachi: Jalolova N. (IKI-75 guruxi) Ilmiy rahbar: Kat.uk. Jabborov X.

5. Ekspert tizimlarining yaratilishi va ulardan foydalanish. Ma’ruzachi: Ubaydullaev N.(IKI-61 guruxi) Ilmiy rahbar: Dots. Yulchieva G.T.

6. Logistik markazlarda buyurtmalarni boshqarish tizimini shakllantirish va rivojlantirish yondoshuvlari.   Ma’ruzachi: Alimova M. (IKI-61 guruxi) Ilmiy rahbar: Dots.Xakimov A.

7. O‘quv jarayonini sifatini oshirishda multimedia vositalaridan foydalanish. Ma’ruzachi: Raximov Sh. (IKI-61 guruxi). Ilmiy rahbar: Dots. Azamatov A

8. Korxona asosiy ko‘rsatkichlarini ekonometrik modellashtirish. Ma’ruzachi: Ne’matova G. (IKI-75 guruxi) Ilmiy rahbar: Kat.uk. Nurullaeva Sh.

9.    Ekonometrik modellashtirishda axborot texnologiyalarining o‘rni

Ma’ruzachi: Inatov X. (IKI-11 guruxi) Ilmiy rahbar: Kat.uk. Muminova M.

10.  AKTdan ta’lim jarayonlarida  samarali foydalanish  Ma’ruzachi: Ismoilov L. (IKI-75 guruxi) Ilmiy rahbar: Dots. Xayitmatov U.T.

11. O‘rta-maxsus, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari bilimini baholashning samarali usuli Ma’ruzachi: Toshtemirov X. (IKI-51 guruxi) Ilmiy rahbar: Dots. Fayziev R.

12.   O‘zbekistonda byudjet-soliq siyosatini takomillashtirish yo‘llari

Ma’ruzachi: Raximov Sh. (IKI-83 guruxi) Ilmiy rahbar: Kat.o‘q.  Djumaniyazov Sh.

13.  Iqtisodiyot sohalarini malakali kadrlar bilan ta’minlashda  avtomatlash-tirilgan ta’lim va monitoring tizimining roli Ma’ruzachi: Fayzieva D.(KE-75 guruxi) Ilmiy rahbar: I.f.n., kat.o‘qit. Almurodov A.

14. Problemi formirovaniya isxodnoy informatsii dlya ekonometricheskogo modelirovaniya Ma’ruzachi: Tairova M. (IKI -25 guruxi) Ilmiy rahbar: Dots. Ivanova S.B.

15. Innovatsionniy podxod pri kontrole uspevaemosti studentov Ma’ruzachi: Inatova Zuxra (IKI-51 guruxi) Ilmiy rahbar: Ass. Urmanov I.N.

Anjumandagi ma’ruzalar yakunida talabalar maruzalari munosib baholanib, 1-o‘rin IKI-75 guruh talabasi Ismailov Lazizga, 2-o‘rin  IKI-25 guruh talabasi Tairova Muxabbatga. 3-o‘rin  KE-75  guruh talabasi  Fayzieva Dilafruzga berildi. Sovrindor talabalar TDIU faxriy yorliqlari va sovg‘alar sifatida noyob kitoblar bilan taqdirlandilar.

 

Xo‘jalik shartnomalari asosida olib borilayotgan ishlar

Kafedrada xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha “O‘rtasaroy” Fermer  xo‘jaligi bilan 2 mln. so‘mlik shartnoma tuzildi.

 

MODDIY-TEXNIK TA’MINOT

Kafedrada quyidagi ofis jihozlari mavjud: 10 ta kompyuter, 2 ta printer, 3 ta telefon apparati.

Kompyuter (1 donasi) lokal tarmoqqa ulangan, kafedrannig elektron adresi ishlamokda va Internetdagi ma’lumotlardan doimiy ravishda foydalanish imkoniyati mavjud.

 

MA’NAVIY-MA’RIFIY VA TARBIYAVIY ISHLAR

Mamalakatimiz istiqboli bugungi kunda ta’lim-tarbiya olayotgan bo‘lajak mutaxassislarga bog‘liq bo‘lib, ularning bilimi, saviyasi, ma’naviy barkamolligi bilan belgilanadi.

Kelajak mutaxassisi bo‘ladigan yosh avlod o‘zida milliylik va umuminsoniylik, vatanparvarlik va mehnatsevarlik, ijtimoiy faollik va burchga mas’ullik fazilatlarini mujassamlashtirmog‘i lozim. Mamlakatimiz jamiyatni yangilash, huquqiy demokratik davlat qurish, bozor iqtisodiyotini takomillashtirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarini kelgusi avlodlarga etkazish, turmush farovonligini oshirish yo‘lidan bormoqda.

Kelajak avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash o‘ta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, mamlakatimizda boshlangan va chuqur ildiz otib borayotgan iqtisodiy islohotlarning ijobiy samarasi, qolaversa, kelajagi buyuk davlat qurishdek o‘ta mas’uliyatli va muhim vazifaning qay darajada hal etilishi aynan mazkur masala echimiga bevosita bog‘liq. Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash masalasining paysalga solinishi yoki bunga panja ortidan qarash, buni qandaydir mavhum yoki o‘z-o‘zidan amalga oshib boraveradigan holat sifatida tushunish va shunday baholash o‘ta kaltabinlik bo‘lur edi. Zero, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, qaerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, o‘sha erda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha - qaerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha erda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni har tomonlama etuk va barkamol tarzda voyaga etkazish, boy ma’naviy merosimizga, milliy an’ana va qadriyatlarimizga ehtirom ruhida tarbiyalash masalasi davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan birini tashkil etadi.

“Ekonometrika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari qo‘yilgan ushbu talablarga javob beruvchi iqtisodchi mutaxassislar tayyorlash borasida o‘z faoliyatini o‘quv-uslubiy va tarbiyaviy tomonlarini kuchaytirishga, milliy iqtisodiyot tarmoqlari bilan aloqalarni har tomonlama mustahkamlashga, chuqur bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashga qaratmoqda.

Kompyuter-kommunikatsion texnologiyalardan oqilona foydalanish, dasturiy vositalar yordamida iqtisodiy masalalarni echa olish, olingan natijalarni chuqur iqtisodiy tahlil qila olish va samarali qarorlar qabul qilish tayyorlanayotgan mutaxassislarni baholashning asosiy mezonidir.

Ushbu aytib o‘tilgan masalalarni yuqori darajada echish kafedra jamoasining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi

Hisobot yilida “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to‘g‘risidagi Qonunlarni, “Keksalarni e’zozlash” va “Sog‘lom ona va bola” yillari  Davlat dasturini hayotga tatbiq eta borib, jahon andozalari asosida ta’lim sifati va mazmunini ko‘tarish, iqtisodiy ta’limdagi innovatsiyalar asosida bosqichma-bosqich jahon ta’lim tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlash, mamlakatimiz iqtisodiyotiga raqobatdosh kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish maqsadida «Ekonometrika” kafedrasida bakalavriatning “Kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiyalari)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 24 ta bakalavr, “Ekonometrika” mutaxassisligi bo‘yicha 5 ta magistrlar tayyorlandi.

 

O‘quv jarayonidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Hozirgi davrda jamiyat oldida turgan eng muhim masalalardan biri bu - respublikamiz ta’lim tizimida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish, buyuk qadriyatlarimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish hamda jismonan sog‘lom, barkamol avlodni tayyorlashdan iborat.

O‘zbekistonning kelajagi bugungi kunda har tomonlama kamolga etayotgan yoshlarga bog‘liq bo‘lmoqda.

Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, biz sog‘lom avlodni tarbiyalashimiz va o‘stirishimiz kerak. Sog‘lom inson deganda biz faqatgina jismoniy sog‘likni emas, balki mustahkam ahloqiy, etik qoidalarga tayangan holda, eng yuksak an’analar ruhida tarbiyalangan insonni nazarda tutamiz. Ushbu vazifani jamoat tashkilotlari bilan bir qatorda davlat idoralari, oliy o‘quv yurtlari ham ado etib kelmoqda. Binobarin, universitet tasarrufidagi «Ekonometrika» kafedrasi jamoasi ham 2015-2016 o‘quv yili davrida O‘zbekiston Respublikasida ta’lim bo‘yicha Milliy Dastur, Davlat ta’lim standartlari asosida etuk ma’naviy qiyofaga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar tayyorlashda faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari kafedra majlislarida, muntazam ravishda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferentsiya va seminarlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, ma’ruzalari, asarlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda Vazirlar Mahkamasi va boshqa vazirliklar tomonidan iqtisodiy islohotni amalga oshirishga hamda kasbiy mahoratni shakllantirishga, yosh avlod tarbiyasiga daxldor ma’naviy-ma’rifiy masalalarga qaratilgan, qonun, qaror, yo‘riqnoma va nizomlarni chuqur o‘rganib, ularni o‘quv jarayoniga tadbiq qilishda ishtirok etib kelmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir” nomli Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi va  “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi to‘g‘risidagi Qarorini o‘rganish shular jumlasidandir.

Hisobot davrida kafedraning tarbiyaviy ishlari tuzilgan rejaga asosan amalga oshirildi. Asosiy e’tibor yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlarni, jahonda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni talabalarga tushuntirib berishga qaratildi. Shu bilan birga mamlakatimiz Prezidentining asarlarini, ya’ni “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch”, ”O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” asarlarini chuqur o‘rganish, respublikamiz hayotidagi eng dolzarb muammo va voqealardan talabalarni doimo xabardor qilib turishga alohida ahamiyat berildi.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, kafedrada hisobot davrida universitet va fakultetimiz talabalari bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishga katta e’tibor qaratildi.

Kafedramiz o‘qituvchilari talabalarning ta’lim tarbiyasi, ularning barkamol avlod bo‘lib etishishlari yo‘lida bir qancha tadbirlar, suhbatlar, bevosita muloqotlar o‘tkazdilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tomonidan 2016 yil - “Sog‘lom ona va bola yili”, deb e’lon qilinishi biz ustoz-murabbiylar zimmasiga yanada mas’uliyatli vazifalarni yukladi.

2015-2016 o‘quv yilida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, TDIU kutubxonasiga  yangi chop etilgan adabiyotlar taqdim etilganligi, Navoiy kutubxonasiga tarmoq orqali ulanish va undagi adabiyotlardan foydalanish uchun  imkoniyatlar yaratilganligi, universtitet o‘quv binolari ta’mirlanganligi, talabalarni bilim olishi uchun qulayliklar yaratilganligi,  hamda yozuvchilarning  “Keksalarni e’zozlash yili” va “Sog‘lom ona va bola yili”da  ma’naviyat va ma’rifatga oid chop etilgan maqolalari, risolalari va kitoblari bo‘yicha slaytlar ochilganligi haqida ma’lumot berildi.

Joriy yilda keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o‘zbek xalqining ko‘p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o‘rnini mustahkamlash maqsadida bir qator vazifalar belgilangani barchamizga ma’lum.

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida OIV infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori OITS, giyohvandlik, kashandalik va boshqa zararli odatlarga qarshi kurash bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirishda muhim omil bo‘lmoqda. Yoshlarni hayot tarzimiz, milliy mentalitetimizga yot ta’sirlar, xususan, ushbu xastalikdan asrab-avaylash professor-o‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar zimmasiga ham muhim mas’uliyat yukladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va universitet rektori tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada jadallashtirish borasida, ta’lim-tarbiya jarayonlarining samaradorligini oshirish yuzasidan bir qancha buyruqlar qabul qilindi. Jumladan, kafedrada O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish kabi tarbiyaviy tadbirlar doimiy amalga oshirilib borildi.

Joriy o‘quv yilida kafedraning quyidagi professor-o‘qituvchilari akademik guruhlarga murabbiylik qilib kelishdi:

Murabbiylarning F.I.Sh.

Guruhi

1

Maxmudova B.

IKI-11

2

Majidov R.

IKI-75

3

Sharipov B.

IKI-25

 

Murabbiylar tomonidan dars jadvallari asosida murabbiylik soatlari tashkil etilgan. Murabbiylik soatlari ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlar rejasi asosida olib borilgan.

Ular Universitetning ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Universitet murabbiylar kengashi bilan hamkorlikda rejada belgilangan mavzularda murabbiylik soatlarini o‘tkazdilar, talabalarning yashashi va o‘qishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar va har bir talaba to‘g‘risida universitet tomonidan berilgan ma’lumotnomani to‘ldirdilar.

 

Milliy istiqlol g‘oyasi targ‘ibotiga doir tadbirlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning mamlakat mustaqilligining 24 yilligi tantanalarida so‘zlagan nutqi talabalar orasida muhokama qilindi va guruhlar oldida turgan masalalar belgilab olindi.

Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalarini talabalarga targ‘ib qilishda Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi asarlari o‘rganildi va chuqur muhokama qilindi:

- “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch ”;

- yurt tinchligi g‘oyasini o‘rganishda “Xafsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidan”, “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”;

- Vatan ravnaqi g‘oyasini o‘rganishda “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”, “Milliy istiqlol mafkurasi, xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir”;

- xalq farovonligi - g‘oyasini o‘rganishda “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovord maqsadimiz”, “Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz”, “Bunyodkorlik yo‘lidan”;

- komil inson g‘oyasini o‘rganishda “Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi”, “Ma’naviy yuksaklik yo‘lida”, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”;

- millatlararo totuvlik g‘oyasini o‘rganishda “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin”;

- dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasini o‘rganishda “Olloh qalbimizda, yuragimizda”;

“Keksalarni e’zozlash yili”, Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturlarida belgilangan vazifalarni o‘rganish.

Bu tadbirlar murabbiylik soatlarida, talabalar turar joylarida tarixchi, faylasuf, huquq-tartibot xodimlari ishtirokida davra suhbatlari va ma’ruzalar shaklida o‘tkazildi.

Prezidentimiz I.A. Karimovning 2015 yil yakunlari va 2016 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi ma’ruzasi va undan kelib chiqadigan vazifalarni fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida muhokama qilindi. Mustaqil respublikamiz ta’lim tizimida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish, buyuk ma’naviyatlarimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish hamda jismonan sog‘lom, barkamol avlodni tayyorlash - hozirgi davrda jamiyat oldida turgan eng muhim masalalardan biridir.

Sog‘lom ona, sog‘lom farzand harakatini har tomonlama rag‘batlantirish, “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash”, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Navro‘z”, pensionerlar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat faxriylarining talantini e’zozlash, yosh avlodni ma’naviyat, axloq va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash haqida Islom Karimovning “Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish – barcha demokratik yangilanish va iqtisodiy islohotlarimizning pirovard maqsadidir” degan kitobida shular haqida so‘z yuritilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari va murabbiylari tomonidan 2015-2016 o‘quv yili davomida guruhlarda doimiy ravishda reja asosida har xil mavzularda suhbatlar olib borildi. Masalan: “Tilga e’tibor – elga e’tibor” (21 oktyabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan), “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” (Prezident Islom Karimovning asari asosida), “Ta’lim va tarbiya – kamolotning ikki qanoti” ,”Naqshbandiy – ma’naviy barkamollik ta’limoti”, “O‘zbekiston va dunyo tsivilizatsiyasi” (26 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi YuNESKOga a’zo bo‘lganligining 21 yilligi munosabati bilan) va shunga o‘xshash boshqa mavzularda ham suhbatlar olib borildi. Qilingan ishlarimizni to‘g‘ri yo‘naltirishdan asosiy maqsad yoshlarimizni sharqona milliy ahloq–odob, vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, etuk mutaxassislar, iymon, irodasi mustahkam insonlar qilib tarbiyalash borasidagi ishlardir. Bunday mas’uliyatli, keng qamrovli ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va uning samarali bo‘lishini ta’minlash barcha professor-o‘qituvchilar va murabbiylarning asosiy vazifasidir. Bu borada universitet xotin- qizlar qo‘mitasi a’zolarining o‘z o‘rni bor.

Istiqlolning dastlabki yillardan boshlab ayollar masalasi, jumladan, ularning jamiyatdagi o‘rnini belgilashga alohida e’tibor berilmoqda. Ayollar huquqini himoya qilish va kafolatlashni ta’minlovchi Prezident farmonlari, qarorlari, hukumat qarorlarini bunga misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.

 Kafedra professor-o‘qituvchilari va yo‘nalish talabalari universitetimiz miqyosida o‘tkazilgan barcha tadbirlarda ishtirok etib kelmoqdalar. Jumladan, ular “Mustaqillik”, “O‘qituvchilar kuni”, “Konstitutsiya kuni”, “Yangi yil”, “Vatan posponlari kuni”, “Xotin-qizlar”, “Navro‘z”, “Xotira va qadrlash kuni” kabi bayramlarni nishonlash kabi tadbirlarda faollik bilan qatnashdilar.

 

Talabalar turar joylarida va ijarada yashovchi talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar

TDIU ning talabalar turar joylarida talabalarning ta’lim tarbiyasi, ularning barkamol avlod bo‘lib etishishlari yo‘lida kafedramiz a’zolari tomonidan bir qancha suhbatlar, tadbirlar tashkil etildi. Davra suhbatlarida respublikamizda o‘zining sharafli mehnati bilan hurmat qozongan kasb egalari taklif etildi. Respublikamiz Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i asosida talabalar uylarida va ijarada yashovchi talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish va “Ma’naviyat” kunlari o‘tkazilishining yo‘lga qo‘yilishi, Universitetimiz rektorati murabbiylarga yanada muhim e’tiborini, ular huquqlarini, imkoniyatlari va imtiyozlarini kengaytirishi ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasini oshirmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari 2015-2016 o‘quv yili davomida “Keksalarni e’zozlash yili” va “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan talabalar turar joylarida davra suhbatlari olib bordilar.

Har bir murabbiy o‘z guruhidagi talabalar bilan doimiy muloqotda bo‘lib keldi. Har bir talabaning uyiga borib oila a’zolari, uy sharoitlari bilan tanishib kelishdi. Har bir murabbiyda talabalar haqidagi ma’lumotlar jamlangan jurnal mavjud. Murabbiylik ish rejasi tuzilgan. Murabbiylar talabalarning o‘qishdagi davomatini muntazam ravishda nazorat qilib, darsga kelmagan talabalar bilan alohida ish olib bordilar. Universitetimiz miqyosida o‘tkazilgan barcha tadbirlarda ishtirok etib kelishmoqda. Kafedrada talabalar uyida ma’naviy va ma’rifiy ishlarni olib borilishi yuzasidan rejalar mavjud bo‘lib, uning asosida tadbirlar o‘z vaqtida olib borildi.

Kafedradagi murabbiylar Universitetning ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Universitet murabbiylar kengashi bilan hamkorlikda rejada belgilangan mavzularda har dushanba kunlari tarbiyaviy muloqot soatlari o‘tkazdilar. Talabalar bilan birgalikda teatr va muzeylarga borildi. Guruh murabbiylari talabalar uyida yashovchi talabalar hayoti bilan tanishib va ular bilan suhbatlar uyushtirishdi. 2015-2016 o‘quv yillarida kafedra o‘qituvchilari talabalar uyida murabbiylik va ustozlik faoliyatini olib bordilar. Har bir murabbiy guruhdagi talabalarning ijarada yashayotgan turar joylari, Toshkentlik talabalarning xonadonlariga borib, ularning yashash sharoitlari bilan tanishib kelib, ma’lumotnomalar to‘ldirdilar va talabalar yashayotgan joylardagi uchastka inspektorlari, mahalla raislari bilan talabalar to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazib keldilar.

Bundan tashqari, o‘quv yili davomida murabbiylar talabalarning o‘zlashtirishi, semestr natijalarining ob’ektivligini to‘liq nazorat qilib kelishdi. Talabalarning davomadi va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari kafedra majlislarida doimiy ravishda muhokama qilinib kelindi.

Kafedrada talabalar uyida ma’naviy va ma’rifiy ishlarni olib borilishi yuzasidan rejalar mavjud bo‘lib, uning asosida fakultet dekani muovinlari bilan tadbirlar o‘z vaqtida olib borildi.

Talaba yoshlarning ma’naviy qiyofasini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor muhimligini inkor etib bo‘lmaydi. Chunki, mustaqilligimizning uch tayanchi - mustaqil siyosat, iqtisodiy qudrat va yoshlar ma’naviyati bir-biri bilan chambarchas bog‘lik bo‘lib, ularning uyg‘un rivoji ta’minlangandagina yurtimiz jahon xamjamiyatida munosib o‘rin egallaydi. Buni inobatga olgan har bir murabbiy o‘z guruhlarida ma’naviy, ahloqiy va g‘oyaviy masalalarga oid muammolarni yoshlar bilan hal etishga, mazkur yo‘nalishda talabalarni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar va suhbatlarni olib bordilar. Masalan, “Talabalarning ma’naviy dunyosi qanday bo‘lmog‘i lozim?”, “Milliy ongni shakllantirishning ma’naviy asoslari”, “An’analar, zamonaviy urf-odatlar va marosimlar”, “Kelajak asr o‘zbek yigit va qizining qiyofasi mening tasavvurimda”, “Ma’naviy-ahlokiy merosning kadrlar tayyorlashdagi o‘rni” kabi mavzularda murabbiy o‘qituvchilar tomonidan uchrashuvlar va suhbatlar amalga oshirildi.

Hisobot yilida “Ekonometrika” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan ma’naviy va ma’rifiy ishlarni olib borilishi yuzasidan rejalar asosida “Ijtimoiy –iqtisodiy va siyosiy ”, “Ma’naviy-axloqiy tarbiya” va sport sohalariga oid bir qancha tadbirlar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kunga 24 yil to‘ldi. 1 sentyabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni – umumxalq bayrami deb e’lon qilingandan beri xalqimiz har yili bu muqaddas sanani quvonch bilan nishonlab kelmoqda. Vatanimizning har bir fuqarosi uchun Mustaqillik bayrami eng aziz va eng ulug‘ Milliy bayram bo‘lib qoldi.

Mustaqillik yillarida yoshlarga katta ahamiyat berilmoqda. Ko‘pgina yoshlarimiz davlat grantlari orqali turli xorijiy oliy dargohlarda ta’lim olishmoqda, turli firma, kompaniyalarda malaka oshirishmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari va guruh murabbiylari talabalar turar joyida yashovchi talabalar hayoti bilan tanishib va ular bilan dolzarb mavzularda suhbatlar uyushtirib kelmoqdalar. Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalar turar joyida murabbiylik va ustozlik, navbatchilik faoliyatini ham olib bormoqdalar.

“Sport veteranlari” mavzusi bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirda dzyudo bo‘yicha jahon chempioni Rishod Sobirov bilan uchrashuv tashkil etildi.

Universitetning 1-talabalar turar joyida Uchtepa tuman, “O‘rikzor” mahalla fuqarolar yig‘ini faoli Dilmurod Tulaev taklif etilib, “Fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari” mavzusida  suhbat o‘tkazildi. 

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – fuqarolik jamiyati shakllanishining huquqiy asosi sifatida” mavzusida  suhbat. 

“Sport salomatlik garovi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirga  sportning dzyu-do turi bo‘yicha jahon yoshlar o‘rtasidagi chempionat kumush medali sovrindori, jahon universiadasi qatnashchisi, yuz kg dan ortiq vaznda bir necha marta O‘zbekiston chempioni, 

Osiyo chempionati bronza medali sovrindori, xalqaro toifadagi sport ustasi Boltaboy Boltaev, dzyu-do bo‘yicha sport ustalari Xolmo‘min Ergashev va Ruslan Begmatovlar taklif etildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Soliq Akademiyasi dotsenti Ulug‘bek Begijonovich Turdibekov taklif etilib, “Globallashuv va ma’naviy-axloqiy tarbiya” mavzusida   TDIU 1-sonli talabalar turar joyida talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

“Ekonometrika” kafedrasi fakultet talaba kizlari o‘rtasida o‘tkazgan «Sharqona odob-axloq» mavzusidagi davra suhbatini tashkil etdi. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi “Oila va huquq asoslari” bo‘limi boshlig‘i, yuridik fanlari nomzodi  Hamidova Mahbuba Alijonovna tashrif buyurdilar.

“O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi professori B.Aliev taklif etilib, “Oila demokratik jamiyat qurilishining asosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

 

Talabalar bilan darsdan tashqari olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Zamonaviy bilim olish va o‘zlariga Universitet rahbariyati tomonidan yaratilgan barcha imkoniyatlardan to‘liq foydalangan holda jamiyat uchun zarur mutaxassis bo‘lib etishish talaba yoshlarning asosiy ijtimoiy funktsiyasi va bosh vazifasi hisoblanadi. Talabalar bilan darsdan tashqari olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning muhim tomoni esa talabalarni ushbu vazifalarni amalga oshirishga to‘g‘ri yo‘naltirish, tegishli sharoitlar yaratishga qaratilgandir. Bu borada talabaning darslardan tashqari kutubxonaga qatnashishi hamda darslarni o‘zlashtirishi va talabalar bilan darsdan tashqari olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar katta ahamiyatga egadir.

Yoshlarni ma’naviy boy va ma’rifatli qilishning muhim yo‘llaridan biri darsdan tashqari o‘tkazilayotgan tadbirlarning mazmuni va mohiyatiga bog‘liq. Murabbiylarning o‘zlari bu tadbirlarning mazmun va mohiyatini to‘liq o‘zlashtirgan holda, tadbirlarning o‘tkazish tartibini ishlab chiqishdi, ularni samara beradigan tarzda yo‘naltirishdi, barcha jarayonlarda talabalar bilan birgalikda ishtirok etishdi.

Ma’naviyatni yanada boyitish, yuksaltirishda estetik tarbiyaning ahamiyati ham katta ekanligi ma’lum. Mazkur tarbiya ishlari borasida yoshlarga yurtimizning ma’naviy va madaniy merosini o‘rganishga keng imkoniyat yaratish maqsadida respublikamizdagi tarixiy obidalar, muqaddas joylar va mustaqillik davridagi qurilish ob’ektlari, muzeylarga talaba yoshlarni sayohat-ekskursiya ishlariga jalb qilindi. Xususan, talabalarni ma’naviy va ma’rifiy maskanlarga jalb etish borasida “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”, “O‘zbekiston tarixi muzeyi” va “Shahidlar maydoniga” sayohatlar uyushtirildi.

Bundan tashqari murabbiylik guruh talabalari va kafedra o‘qituvchilari sport turlari bilan ham shug‘ullanib kelmoqdalar. Masalan, 2016 yil aprel oyida universitet miqyosida o‘tkazilgan mini futbol bo‘yicha musbaqada “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” fakulteti komandasi safida IKI-75 guruhi talabasi S.Inoyatov qatnashdi. Sportning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada “Ekonometrika” kafedrasi katta o‘qituvchisi R.Majidav qatnashib, faxrli sportchi naminatsiyasi bo‘yicha universitetning faxriy yorlig‘ini qo‘lga kiritdi.

2015-yil 11-noyabr kuni kafedrada professor-o‘qituvchilar va Kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiyalari) yo‘nalishi talaba-yoshlari o‘tkazgan tadbirda professor-o‘qituvchilar sportning bu turi bo‘yicha o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar va shashka bo‘yicha talabalar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada quyidagi talabalar sovrinli o‘rinlarni egalladilar:

birinchi o‘rin – Ismoilov A.

ikkinchi o‘rin – Jalolova N.

uchinchi o‘rin – Ne’matova G.

 

Ustoz-shogird milliy an’analar asosidagi tadbirlar

O‘zbekiston Respublikasida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta ta’lim vazirligining tegishli buyruqlari va topshiriqlari asosida kafedra murabbiylari o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bu borada murabbiylar “Ustoz-shogird” milliy an’analarimizni tiklab va davom ettiruvchi mas’ul shaxs sifatida o‘z faoliyati mobaynida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy sohada, o‘quv va o‘quv-uslubiy sohada, ilm-fan va tadqiqot sohalarida murabbiy ishini rejalashtirish ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar.

“Ekonometrika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Favvoralar kuni” dagi tadbirda yo‘nalish talabalari bilan faol qatnashdi.

Universitet, fakultet miqyosida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda murabbiylar guruh talabalari bilan birgalikda faol ishtirok etdilar.

 

Talaba va professor-o‘qituvchilar, nafaqaxo‘rlar, kam ta’minlanganlar hamda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan amalga oshirilgan mehr-muruvvat tadbirlari

Yoshlarning jamiyatdagi o‘rni, salohiyati hamda yosh avlodning iqtidorini yuzaga chiqarish, tanlagan kasbining ustasi bo‘lib etishishlari uchun barcha shart-shariotlar yaratilganligi, ular o‘z huquqlarini himoya qilishga qodir ekanliklari haqida fikr jamiyat hayotida yoshlarning Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanishi, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ijtimoiy hayot, iqtisodiyot, ilm-fan,  madaniyat va san’at,  sportning yuksalishidagi ishtirokini yanada kengaytirish kabi ishlar borasida  maslahatlar berildi.  Kasal bo‘lib qolgan o‘qituvchilardan xabar olib turish diqqat e’tiborimizda turdi. Shanbaliklarda aktiv ishtirok etish har doim ta’kidlab o‘tildi. Mehr-muruvvat ishlarini kerakli darajada olib borish nazarda tutildi.

Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti “Ekonometrika” kafedrasi dotsentlari A.Almuradov, G.Yulchieva, katta o‘qituvchi M.Mo‘minova, assistent S.Saydullaevalar  9-may “Xotira va qadrdash kuni” munosabati bilan  2016 yil 6 may kuni Chilonzor tumani “Beshyog‘och” mahalla fuqarolar yig‘ini Furqat berk ko‘cha 173-uy 9-xonadonda   istiqomat qilayotgan mehnat faxriysi Slava Chorievning uyiga  bayram sovg‘alari bilan toshrif buyurdilar.

Universitetda uzoq yillar ishlab, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan mehnat faxriysi S.Novasardovaning xonadaniga borib, uning holidan xabar olindi, sovg‘alar berildi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari nafaqaga chiqqan dotsent T.Xakimovni kafedraga taklif etib, qiziqarli  davra suhbati tashkil etdilar. Tadbir yakunida T.Xakimovga sovg‘alar taqdim etildi.

14-15 mart kuni  2015 yilda Respublika umumiy shanbalik kuni tashkil qilindi. Shanbalikda kafedra  professor-o‘qituvchilari va Kasb ta’limi  yo‘nalishi talabalari faol  qatnashdilar.

 

Xotira va Qadrlash kuni 9 may munosabati bilan amalga oshirilgan tadbirlar

Xotira va Qadrlash kuni arafasida 2015-yil 7-may kuni Ikkinchi urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari  bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda universitetda uzoq yillar ishlab, bugungi kunda nafaqada keksalik gashtini surayotgan mehnat faxriylari qatorida kafedramiz veteranlaridan F.Gaynuddinova, N.Samig‘janova, N.Murodova,  B.Berkinova va D.Tulaevlarga universitetdan qimmatli sovg‘alar berildi.

2015-yil 25-mart  kuni IKI-01 guruhining talabalari guruh rahbari B. Maxmudova boshchiligida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. 

 

Huquqbuzarlik, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar va talaba hamda o‘qituvchi xodimlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari haqida

Universitet, fakultet miqyosida “Huquqbuzarlik, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar va talaba hamda o‘qituvchi xodimlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari haqida” davra suhbati o‘tkazildi. Talabalar tomonidan huquqbuzarlik holatlari bo‘lmagan. Har doim talabalar uyida va murabbiylik soatlarida talabalar bilan shu mavzuda suhbat olib borilgan.

Giyohvandlik yomon illatligi, uning oxiri o‘lim ekanligi talabalarga tushuntirib borilgan. Ularga talaba odobli, axloqli, insofli, madaniyatli, o‘qimishli, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lishi haqida ma’ruzalar olib borilgan. Har bir murabbiy o‘z guruhida ana shunday maslahatlar bilan ishlab kelindi.

Universitetimizda Navro‘z bayramiga bag‘ishlb o‘tkazilgan bayram tantanalarida kafedra professor-o‘qituvchilari va yo‘nalishimiz talabalari faol ishtirok etdilar.

Navro‘z bayrami kunlarida universitet xotin-qizlar qo‘mitasi a’zolari ishtirokida “Sumalak” pishirish tadbiri tashkillashtirildi.

Ushbu bayramda guruh talabalari devoriy gazeta chiqardilar, hamda bayram dasturxoniga sumalak, varaqi, qatlama, qozon kabob, chak-chak, ko‘k chuchvara, manti va xilma-xil pishiriqlar pishirib keldilar.  

Universitet rahbariyati va fakultet dekanati tomonidan tasdiqlangan grafik asosida kafedra professor-o‘qituvchilari TDIU talabalar turar joylarida, 5-binoda muntazam navbatchilik olib bordilar.

2015-2016 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajardilar.

Demak, bungungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxtu-saodati, ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin,  baxt-saodat faqat boylik, mol-mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon – e’tiqodli farzand nafaqat ota – onaning, balki butun jamiyatning katta boyligidir.

Shu haqiqatdan kelib chiqqan holda, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning, nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimizga aylanishini istardik.

Shu bois, biz mustaqillik davrida oila institutini jamiyatning boshqa muhim ijtimoiy tuzilmalari, yurtimizdagi ma’naviy o‘zgarishlar bilan uyg‘un tarzda rivojlantirish, uning nufuzini oshirish masalasiga davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi sifatida doimiy e’tibor berib kelmoqdamiz.

Ma’lumki, keyingi yillarda yuritimizda har qaysi yilga aniq bir nom berib, shu asosda maxsus davlat dasturlari ishlab chiqish va amalga oshirish yaxshi an’anaga aylanib qoldi.

Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil – bu ta’lim – tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Ma’lumki, ota – bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu- ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan.

Albatta, ta’lim – tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiriradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.

Shu bois, bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan ishlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab, oliy o‘quv yurti ta’lim – tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi Asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab – quvvatlashini talab qiladigan umummiliy masaladir.

Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq.

Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir.

 

AKADEMIK LISEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARI BILAN HAMKORLIK

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2011-yil 5-avgustda o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni rivojlantirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etish to‘g‘risida”gi yig‘ilishi bayoni qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2011-yil 14-martdagi 109-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish yuzasidan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish to‘g‘risida” va 2011-yil 1-noyabrdagi 436-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quv jarayonini takomillashtirishga amaliy uslubiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi buyruqlariga muvofiq “Ekonometrika” kafedrasi reja asosida quyidagi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda:

  • Yashnobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji,
  • Toshkent iqtisodiyot kolleji,
  • Toshkent aloqa kasb-hunar kolleji,
  • Yunusobod mashinasozlik kasb-hunar kolleji,
  • Pskent sanoat, iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji,
  • Quyi Chirchiq ijtimoiy-iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji,
  • Toshkent viloyati Chinoz tumani Qurilish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji,
  • Respublika televidenie va radio kasb-hunar kolleji,
  • Mirzo Ulug‘bek informatika kasb-hunar kolleji,
  • TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litseyi,
  • TDTU qoshidagi Chilonzor akademik litseyi,
  • Toshkent pedagogika kasb-hunar kolleji,

 

Universitetga biriktirilgan AL va KHKlarida o‘tilgan ochiq va muammoli darslar:

“Ekonometrika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari G.Yulchieva, O‘.Xayitmatov, B.Maxmudova, R.Majidov, B.Sharipovlar Yashnobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejida  2015 yil 2 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim –  O‘zbekistonim!” nomli ilmiy seminar o‘tkazdilar.

“Ekonometrika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari R.Fayziev, R.Majidov, G.Yulchieva, X.Jabborov, U.Otajonov, M.Mo‘minova, Sh.Nurullaeva, B.Maxmudova, B.Sharipovlar Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi Chilonzor akademik litseyida  2015 yil 30 noyabrda “O‘quv jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish” mavzusida  munozarali dars o‘tkazishdi.

“Ekonometrika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari  A.Ismoilov, B.Maxmudova, X.Jabborovlar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi Chilonzor akademik litseyida 2015 yil 30 noyabrda “Zamonaviy operatsion tizimlar”  mavzusida ochiq dars o‘tkazishdi.

R.Fayziev, Sh.Nurullaeva, R.Majidov, X.Jabborov, I.O‘rmonov, Sh.Jumaniyozovlar 2015 yil 22 dekabrda Yunusobod mashinasozlik kasb-hunar kollejida “Ta’lim tizimida axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusida munozarali dars o‘tkazishdi.

“Ekonometrika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari O‘.Xayitmatov, O.Azamatov,   A.Xakimov, A.Ishnazarov, Sh.Djumaniyozovlar Toshkent viloyati Chinoz tumani Qurilish va iqtisodiyot kasb-hunar kollejida  2016 yil 18 fevralda “Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida munozarali dars o‘tkazishdi.

“Ekonometrika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari G.Yulchieva, M.Mo‘minova, B.Maxmudova, R.Majidov, S.Saydullaevalar 2016 yil 20 aprelda Yashnobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalar bo‘yicha ilmiy seminar o‘tkazdilar.

“Ekonometrika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari N.Ro‘zmetova, Sh.Nurullaeva, M.Mo‘minova, A.Ishnazarov, X.Jabborovlar 2016 yil 4 may  kuni Toshkent iqtisodiyot kollejida “Ekonometrik masalalarni echishda axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusida ochiq dars o‘tkazishdi.

Toshkent pedagogika kasb-hunar kolleji va “Ekonometrika” kafedrasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirlar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir  ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalar to‘g‘risida 22 yanvar 2016 yil o‘tkazilgan tadbirda “Ekonometrika” kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Sharipov ishtirok etdi.

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan 5-fevral 2016-yil tashkil etilgan tadbirda “Ekonometrika” kafedrasi katta o‘qituvchisi R.R.Majidov ishtirok etdi.

Toshkent pedagogika kolleji o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, repraduktiv salomatlikni mustahkamlash, erta turmush, erta tug‘ruqning salbiy oqibatlarini tushuntirish maqsadida saqlqsh tizimi xodimlari ishtirokida 22 fevral 2016 yil o‘tkazilgan davra suhbatida “Ekonometrika” kafedrasi dots. G.Yulchieva va ass.S.Saydullaevalar ishtirok etishdi.    

Toshkent pedagogika kollejida “Zulfiyaxonim qizlari el ardog‘ida” mavzusida “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari bilan 11 mart 2016 yil o‘tkazilgan uchrashuv tadbirida “Ekonometrika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Nurillaeva va M.Mo‘minovalar ishtirok etishdi.

Navro‘z umumxalq bayramini tantanali nishonlash bo‘yicha 18-mart 2016-yil tadbirida “Ekonometrika” kafedrasi katta o‘qituvchisi B.A.Maxmudova ishtirok etdi.

“Sport salomatlik garovi” mavzusi bo‘yicha 08 aprel 2016yil o‘tkazilgan tadbirda kasb-hunar kolleji direktori M.X.Tadjieva, Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari  E.I.Rashidovalar ishtirok etishdi

Toshkent pedagogika kollejida voyaga etmaganlar orasida erta turmush qurish hamda yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish, diniy muhitini sog‘lomlashtirish hamda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida “Oila jamiyat tayanchi” mavzusida 22-aprel 2016-yilda tashkil etilgan davra suhbatida “Ekonometrika” kafedrasi katta o‘qituvchisi U.Otajonov tadbirda ishtirok etdi.

“9 may — Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan 6-may 2016-yil bag‘ishlangan tadbirda “Ekonometrika” kafedrasi dots A.Ismoilov va katta o‘qituvchisi Sh.R.Jumaniyozov, X.F.Jabborovlar ishtirok etishdi.

Toshkent pedagogika kollejida 15 may –“Xalqaro oila kuni” munosabati bilan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ko‘p yillik turmush tajribasiga ega bo‘lgan ziyolilar, faxriylar bilan “Oilam – ona Vatanim” mavzusida 13 may 2016 yil o‘tkazilgan tadbirda “Ekonometrika” kafedrasi dots.A.Xakimov va dots. O.Azamatovlar ishtirok etishdi.

Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan 20 may 2016 yil bag‘ishlangan tadbirda kasb-hunar kolleji direktori M.X.Tadjieva, Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari  E.I.Rashidovalar hamda kollej o‘quvchilari ishtirok etishdi.            

“Ekonometrika” kafedrasida tayyorlangan yangi o‘quv rejalar va o‘quv dasturlar muhokamasiga 15 mart 2016 yil bo‘lib, o‘tgan yig‘ilishiga  kasb-hunar kolleji direktorlari taklif etildi.

“Ekonometrika” kafedrasida tayyorlangan yangi o‘quv rejalar va o‘quv dasturlar muhokamasiga 15 mart 2016 yil bo‘lib, o‘tgan yig‘ilishiga Yashnobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori Mirsoliev Erkin Ergashovich, mazkur kollejning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muovini Tojiev Javlonbek  Rustamovich, Toshkent transport  kasb-hunar kolleji direktori  Maxamatov Abdurashid O‘tkirovich, Toshkent bank kasb-hunar kolleji direktori Maxmudov Azamat Normurodovichlar taklif etildi. Taklif etilganlar Universitet professor-o‘qituvchilari  tomonidan ishlab chiqilgan ushbu o‘quv rejalar va o‘quv dasturlar kollejlar rahbariyatlari tomonidan ham ma’qullanganini aytib, bu kadrlar kelajakda raqobatga bardoshli qilib tayyorlanishi va kasb-hunar kollejlariga ishga taklif etilishlarini ta’kidladilar. 

       “Kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiyalari)” ta’lim yo‘nalishining quyidagi 4-kurs talabalarini malakaviy amaliyotlarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida bitiruv malakaviy ishlariga materiallar yig‘ib hamda malakaviy amaliyotlarini o‘tab kelishdi.

F.I.Sh.

Guruhi

Malakaviy amaliyot o‘tash joyi

1.

Axmedov Sherali Sultonmurod o‘g‘li

IKI-61

 Sariosiyo tumani canoat va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji 

3.

Axrorova Xumora Ulug‘bek qizi

IKI-61

Chinoz xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji

4.

Bobojonova Laylo Boboxonovna

IKI-61

 Navoiy viloyati informatika va elektron sanoat kasb-hunar kolleji

6.

Ernazarov Jaxongir Nasirdin o‘g‘li

IKI-61

Yashnobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji

7.

Zokirov Abbos Valijon o‘g‘li

IKI-61

Toshkent avtomobil yo‘llar kasb-hunar kolleji

9.

Ismatullaev Toxirjon Furqatilla o‘g‘li

IKI-61

Chinoz xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji

10.

Kaxarov Sirojiddin Rustamali o‘g‘li

IKI-61

Yashnobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji

13.

Toshpo‘latov Farrux Farxod o‘g‘li

IKI-61

Yashnobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji

14.

Ubaydullaev Najibullo Nurillo o‘g‘li

IKI-61

Yashnobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji

15.

Xusniddinova Madina Jamaliddin qizi

IKI-61

Toshkent iqtisodiyot va moliya kasb-hunar kolleji

19.

Xabibullina Zarina Rafael’evna

IKI-01

Chilanzarskogo akademicheskogo litseya pri TGEU

20.

Mirzaraximova Aziza Baxrom qizi

IKI-01

Chilanzarskogo akademicheskogo litseya pri TGEU

21.

Nazarova Sevara Alisherovna

IKI-01

Yashnabadskogo professionalnogo kolledja kompyuternix texnologiy

22.

Toshturdieva Mavlyuda Boxodirovna

IKI-01

Yashnabadskogo professionalnogo kolledja kompyuternix texnologiy

“Ekonometrika” kafedrasining dotsenti Fayziev R.R. tomonidan Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun “Ish joylarini kompyuterlashtirish” fanidan o‘quv qo‘llanma  qayta nashr etildi.

“Ekonometrika” kafedrasining professor-o‘qituvchilari B.A. Sharipov va  S.A. Saydulaevalar tomonidan Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun  “Web dasturlash” fanidan o‘quv qo‘llanma tayyorlanmoqda.

“Ekonometrika” kafedrasining katta o‘qituvchisi X.F. Jabborov tomonidan Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun  “Dasturlashtirish” fanidan o‘quv qo‘llanma tayyorlanmoqda.

E'lonlar

Bizga murojaat