telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Ijtimoiy fanlar kafedrasi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Kafedralar » Ijtimoiy fanlar kafedrasi

  Kafedra mudiri

  Muxtarov Azamat

 

  Qabul vaqti:

  1400 - 1700

 

  Telefon

  (0 371) 239-28-83​

 

  E-mail

  kaffal@tdiu.uz

 

  Veb-sayt

  www.tdiu.uz

 

 

Kafedra  tarixi

Toshkent xalq xo‘jaligi instituti tarkibida «Falsafa» kafedrasi 1961-yilda tashkil topdi. Kafedraga dastlab dots. V.M.Yakovlev, keyinchalik prof. S.P.Tursunmuxamedov, dots. I.I.Isxoqovlar rahbarlik qildi. Ular safida dots. I.Erbo‘taev, dots. B.U.Qosimov, kat.o‘qit. R.A.Dervish kabi tajribali o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatdilar. Keyinchalik prof. V.M.Kandinov, dots. D.Mamatov, prof. I.Saifnazarov, dots. O.S.Bahodirov, dots. O‘.K.Jalolova, dots. A.F.yemelin, dots. J.Qodirov, dots. Yu.Sattorov, dots. T.Karimov, dots. J.Mahkamov, dots. A.Muxtarov, dots. A.Hukumov, prof. O.Fayziyev, dots. N.Baratov va boshqalar kafedraga kelib qo‘shildilar.

1970-yillarga kelib kafedra ham son, hamda sifat jihatidan o‘sdi va kafedrada yangi mutaxassisliklar ochildi. Natijada “Falsafa” kafedrasi «Umumiqtisodiy mutaxassisliklari falsafa kafedrasi» kafedra mudiri, f.f.d., prof. Y.J. Jumaboyev va «Hisob-iqtisod mutaxassisliklari falsafa kafedrasi»ga kafedra mudiri V.M.Kandinov ajraldi va 1978-1993-yillar davomida mustaqil faoliyat ko‘rsatdi.

1993-yilga kelib, har ikkala kafedra qayta birlashtirildi. Kafedraga iste'dodli olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, falsafa fanlari doktori, professor Y.Jumaboyev boshchilik qildi. 1998-yildan boshlab esa kafedrani falsafa fanlari doktori, professor I.S.Saifnazarov va 2010-yildan boshlab esa f.f.d., prof. A.Muxtarov boshqarib kelmoqda.

Bugungi kunda kafedrada jami 15 ta professor-o‘qituvchi bo‘lib, ularning 15 tasi asosiy shtatdagi o‘qituvchilardir. Shundan  2 ta fan doktori, professorlar, 5 ta fan nomzodi, dotsentlar, 5 ta katta o‘qituvchi va 3 ta assistent faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 68 foizni tashkil etadi.

Katta o‘qituvchilar L.Ilxomjonov “G‘afur G‘ulom ijodida ijtimoiy-falsafiy, ma'naviy-ahloqiy g‘oyalar talqini”,  X.Doniyorov “Milliy davlatchilik taraqqiyotida diniylik va dunyoviylikning uyg‘unligini ta'minlash”, assistent A.Obidov  “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda konfetsiyalararo hamjixatlikning o‘rni”  mavzularida  ilmiy-tadqiqot  ishlarini olib bormoqdalar.

Kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati o‘sib bormoqda. Faqatgina 2000-2015-yillar mobaynida kafedrada 1700 b.t. dan ortiq hajmda ilmiy va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi. Shu davr mobaynida 19 ta ilmiy monografiya, 15 ta o‘quv qo‘llanma va 3 ta darslik chop etildi. Kafedra o‘z faoliyati davomida respublikamizdagi yirik ilmiy muassasalar, oliy o‘quv yurtlari hamda respublikaning ma'naviy-ma'rifiy markazlari bilan o‘zaro hamkorlik olib bormoqdalar.

Kafedrada bakalavr bosqichi talabalari uchun “Falsafa” (etika, estetika, mantiq), “Ma'naviyat asoslari. Dinshunoslik”, “Milliy g‘oya”; magistratura bosqichi tinglovchilari uchun “Milliy g‘oya” fanlari o‘qitiladi. O‘qishlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Kafedrada mavjud fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua, elektron darsliklar va prospektlar  yaratilgan.

 

O‘quv-uslubiy ishlar

2015-2016 o‘quv yilida kafedrada olib borilgan o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar 2015-yil 27-avgust oyida kafedra majlisida tasdiqlangan o‘quv-uslubiy reja asosida olib borildi. 2015-2016-o‘quv yilida kafedra jamoasi joriy yildagi o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlarni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning sifat bosqichi talablaridan kelib chiqib, pedagogik texnologiya hamda zamonaviy axborot tizimlariga javob bera oladigan darajada olib borilishiga va mavjud standartlar darajasiga chiqarishga asosiy e'tiborni qaratdilar. «Falsafa (etika, estetika, mantiq)», «Ma'naviyat asoslari. Dinshunoslik»,  «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar», “Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi” fanlarining namunaviy dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan.  2015-2016 o‘quv yilida kafedra jamoasi namunaviy dastur asosida ishchi dastur, o‘quv, o‘quv-uslubiy, uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqdilar.

Ushbu ishchi dasturlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti   I.A.Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”,  “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch”, “Ona Vatanimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir”, asarlari “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”, “Asosiy vazifamiz -  jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat”, “Bosh maqsadimiz – iqtisodiyotimizda olib borayotgan islohotlarni va tarkibiy o‘zgarishlarni keskin chuqurlashtirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berishdir” nomli  ma'ruzalari, “Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati - ulug‘” Prezidentimiz Islom Karimovning 9 may “Xotira va qadrlash”  kuni munosabati bilan ommaviy-axborot vositalari xodimlariga bergan intervyusi  asosida qayta ishlab chiqildi.

Joriy yil davomida kafedrada o‘tiladigan fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirish maqsadida kafedra jamoasi tomonidan, jumladan professorlar I.Saifnazarov, A.Muxtarov; dotsentlar A.Boboev, T.Sultonov, G.Abdullaxanova, N.Raximbabaeva; katta o‘qituvchilar L.Ilxomjonovlar “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”, “Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi”, “Falsafa (Etika, estetika, mantiq)”, “Ma'naviyat asoslari. Dinshunoslik”, fanlaridan o‘quv-uslubiy majmualarni yangilab, qayta ishlab chiqdilar. 2015-2016 o‘quv yilida kafedra jamoasi universitet tomonidan tashkil etilgan  uch oylik “chet tili” “ta'lim texnologiyalari” va “informatika” fanlaridan kurslarda tahsil oldilar.

Bugungi kunda kafedrada hamda universitet kutubxonasida kafedrada -o‘tiladigan 100% fanlardan elektron darsliklar va o‘quv-uslubiy majmualar mavjud.

«Ijtimoiy fanlar» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi fanlardan elektron o‘quv-uslubiy majmualar yaratildi:

A. Muxtarov, T. Sultonov, Yo. Nuriddinov “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan o‘quv-uslubiy majmua.

I.Saifnazarov, A.Muxtarov, N.A.Raximbabaeva, G.Abdullaxanova, D.Sultonova  “Falsafa (etika, estetika, mantiq)” fanidan o‘quv-uslubiy majmua.

I.Saifnazarov, A. Muxtarov, L.Ilxomjonov “Ma'naviyat asoslari. Dinshunoslik” fanidan o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqdilar.

Kafedra katta salohiyatga ega bo‘lganligi sababli Respublikada yetakchi oliy o‘quv yurti kafedralaridan biri hisoblanadi, shu bois kafedra muntazam ilmiy va uslubiy seminarlar, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil qiladilar.

Bakalavr bosqichida o‘tiladigan barcha fanlar ma'ruza matnlarining to‘plamlari darslik sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan. Lekin shunga qaramasdan kafedra jamoasida ma'ruza matnlari ishlab chiqilgan:

1.Falsafa (etika, estetika, mantiq) –A.Muxtarov, G.Abdullaxanova, N.Raximbabayeva.

2. Ma'naviyat asoslari. Dinshunoslik – I.Saifnazarov, Yo. Nuriddinov, L.Ilxomjonov.

3. Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillari –I.Saifnazarov, A.Muxtarov, T. Sultonov.

4. Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi – I.Saifnazarov, A.Muxtarov, T.Sultonov.

Ma'ruza matnlari va ishchi dasturlari tajriba sinov tarzida tavsiya etilgan namunaviy dasturga mos holda ishlab chiqilgan.

2015-2016 o‘quv yilida kafedra jamoasi kafedrada o‘tiladigan barcha fanlardan foydalaniladigan adabiyotlarni, test va reyting savollarini qayta tuzatishlar asosida ishlab chiqdilar. 

O‘quv yilining boshida o‘zaro va ochiq darslarga kirish rejasi tuzilib, kafedra majlisida tasdiqlangan. Ushbu reja asosida professor-o‘qituvchilar bir-birlarining o‘zaro darslariga kirib tajriba almashdilar. Bu haqdagi ma'lumot ro‘yxatga olish daftarida qayd etilgan.  Ochiq darsga kirish Universitetning o‘quv bo‘limi tomonidan belgilangan reja asosida ham amalga oshirildi, bunda har bir kafedra a'zosining tajriba almashinuvi muntazam kafedra majlisida muhokama qilinib borildi (har oyda 2 marotaba). 

Uslubiy ishlar

2015-2016 o‘quv yilida kafedrada olib borilgan o‘quv-uslubiy ishlar 2015 yil 27 avgust oyida kafedra majlisida tasdiqlangan o‘quv-uslubiy reja asosida olib borildi. 

Bakalavr bosqichidagi o‘tiladigan barcha fanlarning namunaviy dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

Magistratura bosqichi uchun o‘tiladigan “Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” fanidan namunaviy dastur O‘zMU tomonidan berilgan. “Falsafa (etika, estetika, mantiq)”, “Ma'naviyat asoslari. Dinshunoslik”, “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillari”, “Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi”(magistratura bosqichi uchun) fanlaridan 2015-2016 o‘quv yilida ishchi dasturlari qayta ishlab chiqildi. Ushbu fanlardan reyting nizomi bo‘yicha o‘tkaziladigan birinchi va ikkinchi oraliq nazoratlar uchun savollar va 30 tadan variantlar tuzib chiqildi.

Ushbu o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilardan A.Muxtarov va A.Boboevlar tomonidan “Mantiq” fanidan o‘quv qo‘llanma va N.A.Raximbabaeva, U.Qudratovalar tomonidan “Madaniyatning milliy va umuminsoniy jixatlari” deb nomlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanib universitet Kengashi tomonidan tasdiqlanib nashr etildi.

Kafedrada o‘tiladigan fanlar bo‘yicha ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi foiz hisobida quyidagicha:

- Falsafa (etika, estetika, mantiq) - 100%

- Ma'naviyat asoslari. Dinshunoslik - 100% 

- Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillari - 100%

- Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi - 80%

O‘quv jarayonida ma'ruza matnlaridagi normativ qoidalariga to‘liq rioya qilinmoqda.

Joriy o‘quv yilida kafedrada quyidagi fanlardan ma'ruza va seminar mashg‘ulotlari o‘tildi:

Bakalavr bosqichida:

Falsafa (etika, estetika, mantiq) – 90 soat, 54 soat ma'ruza, 36 soat seminar.

Ma'naviyat asoslari. Dinshunoslik - 54 soat, 36 soat ma'ruza, 18 soat seminar.

Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar: - 38 soat, 18 soat ma'ruza, 20 soat seminar.

Magistratura bosqichida:

Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi - 40 soat, 20 soat ma'ruza, 20 soat seminar.

Professor-o‘qituvchilari uslubiy ishlarni quyidagi uchta bosh yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

Birinchidan - kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchi-larning ilmiy-pedagogik va ma'naviy-axloqiy saviyasiga ko‘ra zamonaviy talablar darajasida bo‘lish, ya'ni pedagogik mahoratga ega bo‘lish;

Ikkinchidan - kafedra jamoasi oldida turgan o‘quv-uslubiy ishlarning yuksak professional darajada bajarilishini ta'minlash;

Uchinchidan - kafedra a'zolarining har tomonlama o‘sishi va rivoj-lanishiga, ayniqsa yosh o‘qituvchi-assistentlar bilan ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan katta yoshdagi tajribali ustozlarning bilim va malakalarini keyingi avlodning shakllanishiga ta'sir etuvchi vorisiylik munosabat-lariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

2015-2016 o‘quv yilidagi umumiy o‘quv soatlari – 9688 soat hajmida belgilanib, bajarilgani – 9688 soat hajmida, 11.25 ta to‘liq ish hajmi asosida belgilangan.

Shulardan: asosiy shtatda 13 ta; 3 tasi to‘liq, 9 tasi 0.75 stavka, 1 tasi 0,5 stavkada, 4 tasi tashqi o‘rindoshlik asosida 0.25 stavkada faoliyat yurgizdilar.

2015-2016  o‘quv yilining oxiriga kelib kafedra bo‘yicha belgilangan soatlar hajmi 9688 soatga belgilangan, bajarildi – 9688 soat. Soatbay 170 soat hajmida belgilangan, bajarildi – 170 soat. Kafedra professor-o‘qituvchilarining yillik o‘quv yuklamalarining bajarilishi ushbu hisobotda ilova qilingan.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining barchasi deyarli rejalashti-rilgan o‘quv soatlari yuklamalarini to‘liq bajardilar.

O‘quv yili mobaynida kafedra a'zolari kafedradagi mavjud fanlardan reyting tizimini yuqori ko‘rsatkichda, ob'ektiv o‘tkazishga alohida e'tibor berdilar. Bu haqda reyting natijalari alohida ilova qilinadi.

 

ILMIY-TADQIQOT ISHLARI


“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi jamoasi 2015-2016 o‘quv yilida Universitetning ilmiy-tadqiqot mavzusidan kelib chiqqan holda “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qaror topishining falsafiy, ma'naviy asoslari” mavzusida ilmiy faoliyatini davom ettirdi. Mazkur hisobot yilida mavzu yanada konkretlashtrilib va chuqurlashtirilib ishlab chiqildi. Jamoaning ilmiy faoliyati asosan 2 yo‘nalishda amalga oshirildi.

Fuqarolik jamiyati qaror topishining ma'naviy-ma'rifiy asoslari.

Fuqarolik jamiyati rivojlanishining g‘oyaviy asoslari.

Birinchi ilmiy yo‘nalish sohasida ma'naviy-havfsizlikni ta'minlash yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e'tibor berildi. Chetdan bo‘layotgan ma'naviy tazyiqlar professor-o‘qituvchilarimizning risolalarida, ilmiy maqolalarida chuqur tahlil etildi. Professor A. Muxtarovning “Globallashuv sharoitida ma'naviy tahdidlarni bartaraf etish omillari” nomli “Ma'naviyat” nashriyotida chop etilgan risolasi, shuningdek professor I. Saifnazarovning hammualliflikda yozgan “Mafkuraviy hurujlar nima?” (Toshkent.: Ma'naviyat – 2015) risolasi hamda boshqa professor-o‘qituvchilarning bu mavzuga oid ilmiy maqolalari bunga isbot bo‘la oladi.

Ikkinchi ilmiy yo‘nalish bo‘yicha professor-o‘qituvchilarimiz fuqarolik jamiyati rivojlanishining g‘oyaviy asoslarini ijtimoiy fanlar muammolari misolida tadqiq qildilar, jamiyat hayotida ijtimoiy bilimlarni yuksaltirib borish zaruriyatini asoslab berdilar.

Professor I. Saifnazarovning “Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda falsafiy metodologiyaning o‘rni va roli” maqolasida inson ijtimoiy-siyosiy faoliyatida falsafiy metodologiyaning roli isbotlab berilgan. Falsafiy metodologiyaning xususiy metodologiyadan farqi uning turli shakllari tahlil qilingan. Shuningdek jamiyatimiz tinchligini saqlashda va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda uning ahamiyati oshib borayotganligi ko‘rsatilgan. Dotsent A. Boboevning qator maqolalarida hozirgi murakkab va ziddiyatli sharoitda falsafiy bilimlarga ehtiyojning oshib borayotganligi, mafkuraviy tarbiyada ob'ektiv falsafiy bilimlarga tayanish zarurligi, ma'naviy yuksalish falsafiy tafakkur tarzi bilan uzviy bog‘liq ekanligi ko‘rsatib berilgan.

Professor A. Muxtarov, professor I. Saifnazarov, dotsent T. Sultonov va boshqalarning maqolalarida ham asosiy mavzuning u yoki bu jihatlari dolzarb muammo sifatida chuqur tahlil qilingan.
Kafedramiz jamoasi “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”, “O‘zbekiston tarixi” kafedralari bilan hamkorlikda “Globallashuv jarayonlari va axborot asrida yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning ma'naviy-ma'rifiy va g‘oyaviy jihatlari” mavzusida 2016 yil 18 may kuni Respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazdi. Bu anjumanni tashkil qilishda prof. A. Muxtarov, prof. I. Saifnazarov alohida jonbozlik ko‘rsatdilar. Dots. A. Boboev, dots. T. Sultonov, katta o‘qituvchi F. Usmonov kelib tushgan maqolalarni saralab, tahrir qilib, ilmiy maqolalar to‘plami sifatida nashrga tayyorladilar. Unda Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari 30 ga yaqin ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etdilar.

Prof. A. Muxtarov 3 ta risola 1 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, 1 ta xorijda nashr etilgan maqola, 3 ta ilmiy maqola nashr etdi. Universitetimizda ijtimoiy-gumanitar kafedralar bilan hamkorlikda respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazishda mas'ullik qildi.

Prof. I. Saifnazarov 1 ta risola, 1 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma va 3 ta ilmiy maqola nashr etdi. Shu yili o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqolalari to‘plamiga muharrirlik qildi.

Dots. A. Boboev 4 ta ilmiy maqola nashr etdi va mas'ul muharrirlik qildi. Kafedra jamoasining ilmiy ishlari bo‘yicha mas'ullik qildi.

Dots. T. Sultonov 2 ta ilmiy ommabop risola (hamkorlikda), 1ta o‘quv qo‘llanma (hamkorlikda), 2 ta ilmiy maqola nashr etdi. Ilmiy-amaliy konferensiya maqolalar to‘plamiga mas'ul muharrirlik qildi.

Dots. G. Abdullaxanova falsafiy fanlarning dolzarb mavzulariga oid 3 ta ilmiy maqola e'lon qildi.

Dots. N. Raximbabaeva 1 ta ilmiy maqola, 1 ta tezis va 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma e'lon qildi. Mazkur o‘quv yilida uning “Madaniyatning milliy va umuminsoniy jixatlari” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi nashr etildi. Kafedrada o‘quv-uslubiy ishlarga mas'ullik bilan bir qatorda Falsafa fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmuani takomillashtirdi. Talabalarning ilmiy ishlariga rahbarlik qildi.

Dots. Yo. Nuriddinov “Dinshunoslik” fanidan 1 ta  o‘quv qo‘llanma va “Fan va turmush” jurnalida 1 ta ilmiy maqola e'lon qildi. Shuningdek u universitetimizda o‘tkazilgan konferensiya maqolalar to‘plamida ham  maqola bilan ishtirok etdi.

Kat. o‘qit. H. Yunusov universitetimizda o‘tkazilgan konferensiya ilmiy maqolalar to‘plamida 1 ta maqola bilan qatnashdi. Shuningdek 2 ta talabaning ilmiy ishiga rahbarlik qildi.

Kat.o‘qit. L. Ilhomjonov mustaqil tadqiqotchi sifatida doktorlik dissertatsiyasining 2 bobini qo‘lyozmada yozib tugatdi. OAK ro‘yxatiga kiradigan jurnalda (O‘zMU habarlari 2016 yil, 1-son), shuningdek universitetimizda nashr qilingan konferensiya ilmiy maqolalar to‘plamida ham maqolasi bilan qatnashdi.

Kat.o‘qit. F. Usmonov mustaqil tadqiqotchi sifatida doktorlik dissertatsiyasini dastlabki qoralamasini nihoyasiga yetkazdi. Uni kafedra muhokamasiga qo‘yish uchun tayyorladi. Shuningdek mazkur o‘quv yilida 2 ta ilmiy maqola e'lon qildi. 2 ta talabaning ishiga ilmiy rahbarlik qildi.

Kat. o‘qit. H. Doniyorov mustaqil tadqiqotchi sifatida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. OAK ro‘yxatiga kiruvchi O‘ZMU habarlarida 1 ta maqola konferensiya ilmiy to‘plamida 1 ta maqola nashr etdi. Shuningdek 4 ta talabaning ilmiy ishiga rahbarlik qildi, ulardan 1ta talaba fan olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Kat. o‘qit. A. Obidov mustaqil tadqiqotchi sifatida Falsafa bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini qo‘lyozma holida yozib tugatdi. Xalqaro ilmiy konferensiyasida 1ta tezisi bilan qatnashdi.

Assistent D. Sultonova 1 ta ilmiy maqola e'lon qildi. Talabalar ilmiy to‘garagiga hamda 2 ta talabaning ilmiy ishiga rahbarlik qildi.

Assistent A. Muzaffarov doktorlik dissertatsiyasining mavzusini aniqladi. Xorij nashrlarida 2 ta maqola e'lon qildi. Respublika miqyosida 1 ta maqolasi nashr etildi.

Assistent Sh. Mamatqulov 1 ta OAK jurnaliga kiruvchi “Demokratlashtirish va inson huquqlari” (2016 yil 1-son), “Imom Buxoriy saboqlari” (2015 yil 4-son) jurnallarida ilmiy maqolalarini e'lon qildi. Universitetimizda o‘tkazilgan konferensiyada qatnashib, ilmiy maqolalar to‘plamida 1 ta maqolasi chop etildi. 

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining natijalari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 yanvardagi 33-F-sonli farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2016 yil 23 yanvardagi 27-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida 2016 yil 18 mayda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Ijtimoiy fanlar”, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”, “O‘zbekiston tarixi” kafedralari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi hamkorligida “2016 yil – Sog‘lom ona bola yili”ga bag‘ishlab “Globallashuv jarayonlari va axborot asrida yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning ma'naviy-ma'rifiy va g‘oyaviy jihatlari” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, “Adolat” SDP faollari, tegishli vazirlik va tashkilotlar vakillari, poytaxtimiz va viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari olimlari, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Konferensiyada so‘zga chiqqan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori B.Xodiev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati U.Sulaymonov va boshqalar mustaqillik yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekistonda nav­qiron avlodning puxta bilim olishi, kasb-hunar egallashi, milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol topishi yo‘lida e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini alohida e'tirof etishdi. 2016 yilning yurtimizda “Sog‘lom ona va bola yili” deb e'lon qilinishi navqiron avlod kelajagi yo‘lida amalga oshiriladigan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etayotganligi ta'kidlandi. Shu munosabat bilan qabul qilingan “Sog‘­lom ona va bola yili” Davlat dasturida, avvalo, ham jismonan, ham ma'nan sog‘lom, yuksak intellektual salohiyatli, chuqur bilim va keng dunyoqarashga ega, mamlakat taqdiri va kelajagi uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir avlodni tarbiyalash, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini ana shu maqsadlarga safarbar etishga doir keng miqyosli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi aytildi.

Ushbu konferensiyaning maqsadi globallashuv jarayonlari va axborot asrida yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning ma'naviy-ma'rifiy va g‘oyaviy jihatlari xususida fikr almashish, mushohada yuritish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va amaliyotchilarning ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalarini jamlash, ular bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralarga taqdim etiladigan taklif va amaliy tavsiyalar tizimini shakllantirishdan iborat ekanligi belgilab olindi. Konferensiyaning yuqorida keltirilgan maqsadi asosida quyidagi vazifalarga alohida e'tibor qaratildi:

mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning yoshlar hayotidagi ahamiyatini oshirish;

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy hamkorligini  rivojlantirishdagi masalalar yechimlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

milliy ma'naviyatga zid mafkuraviy, diniy-ekstremistik hamda axloqiy tahdidlar va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash, ularni hal qilish uslublarini ko‘rsatish;

mazkur mavzuga doir ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini o‘rganish;

yoshlar faolligini oshirish yuzasidan o‘tkaziladigan ma'naviy-tadbirlarda yangi uslubiy texnologiyalarning o‘rni va rolini tahlil qilish asosida ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

 

Iqtidorli talabalar bilan olib borilgan ishlar

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasida  2015-2016 o‘quv yilida “Yosh faylasuflar”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat” talabalar to‘garaklari ilmiy faoliyatini olib bordi. “Yosh faylasuflar” to‘garagida 31 ta talaba, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat” to‘garagida 24 ta talaba faol ishtirok etishdi. 2015-2016 o‘quv yili rejasi asosida to‘garakning qatnashchi talabalariga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan dars mashg‘ulotlari olib borildi.

2016-yil 8-aprelda o‘tkazilgan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: erishilgan natijalar va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi  talabalar ilmiy-amaliy anjumanida 20 ta talabalar o‘z tezislari va taqdimot ishlari bilan qatnashishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2016 yil 29 martdagi 129-sonli buyrug‘i hamda TDIU rektorining 2016 yil 2 apreldagi 100-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasi to‘g‘risida”gi nizom talablari bajarilishini ta'minlash maqsadida, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan 2016 yil 15 aprel kuni 1/117 auditoriyada “Milliy g‘oya” fani bo‘yicha respublika olimpiadasining birinchi bosqichi o‘tkazildi.

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari talabalar fan olimpiadasini yuqori saviyada o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlari olib bordi va unda 39 nafar talaba ishtirok etdi. “Milliy g‘oya” fani bo‘yicha dasturga muvofiq ko‘p variantli yozma va og‘zaki topshiriqlar sifatli ishlab chiqildi. Olimpiada qatnashchilari bilimi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi buyrug‘ining 4-ilovasida keltirilgan namunaviy mezon asosida xolisona baholandi. Hakamlar hay'atining baholariga ko‘ra quyidagi natijalar e'lon qilindi.

1-o‘rin. Qulmatov Jasur Chori o‘g‘li – “Iqtisodiyot” fakulteti 2-bosqich Ke-52 guruh talabasi. Ilmiy rahbar: prof. I.Saifnazarov.

2-o‘rin. Haqqulova Nigora G‘ofur qizi – “Xalqaro turizm” fakulteti, 2-kurs, TU-51 guruh talabasi. Ilmiy rahbar: katta o‘qituvchi F.Usmonov.

3-o‘rin. Normurodov Avazbek – “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti, 2-kurs, SS-51 guruh talabasi. Ilmiy rahbar: dots. N. Rahimbabayeva.

Xulosa qilib aytganda, kafedramiz jamoasi ilmiy tadqiqot soxasida sezilarli natijalarni qo‘lga kiritdilar. Ammo, bu borada oldimizda turgan vazifalar ancha ko‘p. Jumladan, chet ellardagi jurnal va to‘plamlarda kafedramiz a'zolari ishtirokini kuchaytirish, vazirlik grifini olgan holda ilmiy uslubiy nashrlarni ko‘paytirish, OAK ro‘yxatiga kirgan jurnallarda ilmiy maqolalarni e'lon qilish lozim. Bu vazifalar professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatiga alohida e'tiborni qaratish mas'uliyatini talab qiladi.

 

MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR

Kafedraning 2015-2016 o‘quv yiliga mo‘ljallangan “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar”i kompleks rejasi kafedraning 2015-yil 27-avgustdagi 1-sonli yig‘ilish qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar hamda murabbiylik faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha katta o‘qituvchi L.Ilhomjonov mas'ul etib tayinlangan.

Kafedraning “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasi”da asosan professor-o‘qituvchilar va murabbiylar tomonidan joriy o‘quv yilida amalga oshiraladigan ma'naviy-ma'rifiy va axloqiy-tarbiyaviy ishlari, shuningdek 1 va 2-sonli “Talabalar turar joyi”da hamda jamoat o‘rtasida olib boradigan ishlari o‘z aksini topgan. Barcha professor-o‘qituvchilarning bu boradagi shaxsiy ish rejalari kafedraning yuqoridagi yig‘ilishida atroflicha ko‘rib chiqilib, tasdiqlangan. Shu bois joriy o‘quv yilidagi ishlar ana shu reja asosida olib borildi.

Shuni alohida ta'kidlash o‘rinliki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyish va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan Qonunlar, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi buyruqlari, universitet ilmiy kengashi qarorlari va rektorning buyruqlari kafedra professor-o‘qituvchilari ish faoliyatining asosiy mazmunini tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2015-yil 31-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tadbirdagi nutqi, 2015-yil 7-dekabrdagi “Asosiy vazifamiz — jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat” O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag‘ishlangan “Turkiston” saroyida o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda so‘zlagan ma'ruzasi, 2016-yil 14 fevraldagi Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2016 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi “Bosh maqsadimiz — mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir” ma'ruzasi,  2015 yil 31 dekabrdagi «Yangi yil» tabrigi,  “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi, 2016 yil 21 martdagi “Navro‘z” umumxalq bayrami tantanasida qilgan ma'ruzasi, 9-may “Xotira va qadrlash” kunidagi ma'ruzasi universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida hamda Toshkent shahar Chilonzor, Hamza, Yunusobod, Mirobod tumanlari aholisi o‘rtasida keng targ‘ib qilindi. Akademik guruhlarda olib borilgan dars jarayonlarida 5-10 daqiqa davomida ma'naviyat va ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy masalalariga e'tibor qaratildi. Bu ishda prof. I.Saifnazarov, prof. A. Muxtarov, dotsentlar:  A.Boboev, T.Sultonov, N.Raximbabaeva, kat. o‘qit. L. Ilhomjonov, F. Usmonov alohida namuna ko‘rsatdilar.

Chilonzor tumani xokimiyati, Chilonzor tuman Ma'naviyat targ‘ibot markazi tuman bo‘limi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Toshkent viloyati Xalq deputatlarining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqi mazmuni va 2016 yil 11 fevraldagi O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi homiylik Kengashini navbatdagi yig‘ilishida ko‘rilgan masalalar bo‘yicha so‘zlagan nutqi mazmuni bo‘yicha Chilonzor tumanidagi “3-Katta Chilonzor”, “Novza” mahallalarida kafedra mudiri prof. A. Muxtarov hamda  prof. I. Saifnazarov, “Katta Qozirobod”, “2-Katta Chilonzor” mahallalarida kafedra dotsentlari T. Sultonov, N. Raximbabaeva,  “Do‘mbirobod”, “Katta Do‘mbirobod”, “Naqqoshlik” mahallalarida kafedra dotsentlari A. Boboev va G. Abdullaxanova, “Bog‘iston”, “Oqtepa” mahallalarida kafedraning katta o‘qituvchilari L. Ilhomjonov, F. Usmonov, “Do‘stlik”, “Xalqlar do‘stligi”, “Hamza” mahallalarida kafedra katta o‘qituvchisi H. Yunusovlar ma'ruzalari bilan qatnashdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi buyrug‘iga asosan kafedra mudiri professor A. Muxtarov, dotsent T. Sultonov 2015-yil 12-25-avgust kunlari Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida  O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining 24 yillik bayrami taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, kino va teatr aktyorlari, san'atkorlar ijodiy guruhida aholining keng qatlamlari o‘rtasida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, adabiy-badiiy kechalar, davra suhbatlarda qatnashdilar. Xususan, kafedra mudiri prof. A. Muxtarov Samarqand viloyati Jomboy, Bulung‘ur, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Oqtosh, Ishtixon, Poyariq tumanlarida joylashagan kasb-hunar kollejlari, Akademik Litseylar, “Mehribonlik uylari”da va MFYlarida tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda ma'ruzalar bilan qatnashdi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari mustaqillik bayrami munosabati bilan tashkil etilgan hasharda faol ishtirok etdilar. Biriktirilgan yerga gul va rayhon ko‘chatlari ekildi. Auditoriyalar va u yerdagi jihozlar dars jarayoniga tayyorlandi.

2015-yil 21-oktyabrda Ma'naviyat targ‘ibot markazi Chilonzor tumani bo‘limi tomonidan “Do‘stlik” mahallasida “Jonajon Vatanimizni asrash va rivojlantirish bizning qo‘limizda” shiori ostida “Ogohlik davr talabi”, “O‘z uyingni o‘zing asra”, “Vatan muqaddasdir” mavzularida ma'naviy-ma'rifiy tadbir Chilonzor tumani 178-maktabda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda dots. T. Sultonov, dots. N. Rahimbabaeva va A. Obidov o‘z ma'ruzalari bilan qatnashdilar.

2015-yil 5-noyabr kuni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri f.f.d. prof. A.Muxtarov tomonidan TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litseyida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ““Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” deb nomlangan kitobi va uning mazmun-mohiyati” mavzusida tadbir tashkil etildi va ma'ruza qilindi.

2015 -yil 13 noyabr kuni  f.f.d. prof. A.Muxtarov, f.f.n. dots. N.Raximbabaeva, ass. A.Obidovlar  tomonidan Toshkent aloqa qasb-hunar kollejida ham “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir”  deb nomlangan kitobi va uning mazmun va mohiyati mavzusida ma'ruza qilindi.

2015 yil 2 dekabr kuni TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litseyida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish va targ‘ib qilish” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Prof. A. Muxtarov, dots. T. Sultonovlar ma'ruza qildilar.

2015 yil 4 dekabr kuni Toshkent radiotexnika avtomatika va elektronika  kasb-hunar kollejida O‘zbeksiton Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” mavzusida dotsent N. Rahimbabaeva ma'ruza qildi.

Toshkent Iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 23 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – hayotimiz bosh mezoni” mavzusi yuzasidan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda kofedra dotsentlari T. Sultonov va N.A. Raximbabaeva ishtirok etdilar. 

Quyi Chirchiq ijtimoiy-iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish” kasb-hunar kollejida ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 23 yilligi munosabati bilan xuddi shu mavzuda tadbir o‘tkazildi. Kafedradan prof. I. Saifnazarov, dots. T. Sultonov, assistent A. Obidovlar ishtirok etdilar.

2015 yilning 5 dekabr kuni 7 bino faollar zalida 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Sh.U.Yakubov, M.E. Dadaxo‘jaevalar ishtirok etdilar. 

2016 yilning 13 yanvar kuni 7 bino faollar zalida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan muqaddas Vatan” mavzusida kafedra tomonidan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jo‘raev Qodir Asadovich, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Karomova Komila Ziyodullaevna, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo‘lim boshlig‘i, polkovnik Nurillaev Arzikul Jo‘rakulovich, O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi mas'ul xodimi, shoira Usmonova Munavvara Abduxakimovna ishtirok etdilar. 

2016 yilning 12 fevral kuni 7-bino faollar zalida Zahiriddin Muxammad Bobur tug‘ilgan kuniga 533 yil to‘lishi munosabati bilan kafedra tomonidan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori Muxammadali Abduqunduzov ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 19 fevraldagi “2016 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-2493 sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq kafedra mudiri professor A. Muxtarov 2015 yilning 15-22 mart kunlari Samarqand viloyati Bulung‘ur, Jomboy, Tayloq, Urgut, Pastdarg‘om, Oqdaryo, Poyariq, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Nurobod, Paxtachi, Ishtixon, Qo‘shrabot, Nurobod tumanlarida, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlarida o‘tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumxalq bayrami-Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2016 yil 26 martdagi 4437-F-son farmoyishi ijrosini ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan majlisining 2016 yil 2 apreldagi 28-sonli bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida, olimlar, madaniyat, adabiyot va san'at namoyondalari ishtirokida o‘tkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy va madaniy uchrashuvlar rejasiga muvofiq kafedra mudiri A. Muxtarov  2016 yilning 15-20 aprel kunlari  Samarqand viloyati Bulung‘ur, Jomboy, Tayloq, Urgut, Pastdarg‘om, Oqdaryo, Poyariq, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Nurobod, Paxtachi, Ishtixon, Qo‘shrabot, Nurobod tumanlarida, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlarida o‘tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etdi va ma'ruzalar qildi.

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan N. Rahimbabaeva BRA-53 guruhida,  L. Ilhomjonov BRA-51,  A. Obidov BRA-52, X. Doniyorov BRU-54,  X. Yunusov SS-51, F. Usmonov SS-52, G. Abdullaxanova  BRU-11 akademik guruhlarida murabbiylik qildilar. Murabbiylik soatlarida universitetda qabul qilingan koorporativ odob-ahloq qoidalari, ichki tartib intizomi, kiyinish va muomala madaniyati haqida muntazam ravishda suhbatlar tashkil etib borildi. 2015 yil 10 oktyabr kafedra dotsentlari N.A. Raximbabaeva, G. Abdullaxanova “Buxgalteriya hisobi va audit” fakultetining BRU-53, BRU-11 guruh talabalari Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan respublika urush va mehnat faxriylari pansionatiga tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida ularga sovg‘alar tarqatildi.

Shuningdek guruh murabbiylari tomonidan tuzilgan “Murabbiylik soatlari” bo‘yicha tuzilgan reja asosidagi mavzular bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi. Xususiy xonadonlarda va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari muntazam o‘rganilib borildi. Ularning ota-onalari bilan doimiy ravishda guruh murabbiylari muloqotda bo‘lib borishdi. “Talabalar turar joyi”da yashovchi talabalarning yashash sharoitlari ham o‘rganilib turildi. Shuningdek u yerdagi xonalarning ahvoli, yashash sharoitlari bilan muntazam habardor bo‘lib borildi.

Shuningdek, akademik guruh murabbiylari G. Abdullaxanova, N.Raximbobaeva, L.Ilhomjonov, A.Obidov,  X. Doniyorov, F. Usmonov, D. Sultonova  o‘quv yili davomida guruh talabalarini Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘iga, «Temuriylar tarixi» davlat muzeyiga, «O‘zbekiston xalqlari tarixi» muzeyiga, G‘afur G‘ulom uy-muzeyiga, O‘zbekiston davlat San'at muzeyiga, O‘zbekiston San'at galereyasi, O‘zbekiston xalq amaliy san'ati muzeyi, Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi Respublika kutubxonasiga hamda «Shahidlar hiyoboni»ga, “Xasti Imom” majmuasiga tashriflarini uyushtirishdi va esdalik uchun suratlarga tushishdi. Yoshlarning madaniyati va ma'naviyatini  hamda estetik tarbiyasini yuksaltirish maqsadida talabalarning O‘zbekiston milliy akademik teatriga, Muqimiy teatriga hamda kinoteatrlarga tashriflari amalga oshirildi.

Kafedraning ma'naviy-ma'rifiy ishlarida “Talabalar turar joylari”da kafedra kunlarini o‘tkazishga alohida e'tibor qaratildi. TDIUning 1 va 2-sonli “Talabalar turar joylari”da kafedra jamoasi quyidagi tadbirlarni “Kafedra kunlari”da o‘tkazdilar:

2016 yilning 15 sentyabr kuni 1-son “Talabalar turar joyi” da O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan “Betakrorimsan, yagonasan, ona vatanim-O‘zbekistonim” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

2015 yilning 20 oktyabr kuni 1-son “Talabalar turar joyi”da  o‘zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilganliga 26 yil to‘lishi  munosabati bilan “Til – millat taqdirida” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

2016 yilning 1 fevral kuni 1-son “Talabalar turar joyi”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtmoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda TDKTI professori A. Qodirov qatnashdi.

2016 yilning 13 fevral kuni 1-son “Talabalar turar joyi”da kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar o‘rtasida shaxmat-shashka musobaqasi tashkil etildi.

2016 yilning 23 mart kuni 1-son “Talabalar turar joyi”da Navro‘z – umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro‘zi ayyom muborak” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda shoir va yozuvchilardan Tohir Karim va Madraim Safarov ishtirok etdilar.

Joriy o‘quv yilida kafedra qoshida “Yosh faylasuflar”, “Milliy istiqlol g‘oyasi” ilmiy-ma'rifiy to‘garagi faoliyat ko‘rsatib, ushbu to‘garakda 40 nafar talaba va magistrlar ishtirok etishib o‘z bilim va dunyoqarashlarini boyitdilar. Talaba va magistrlarning qiziqarli maqolalari universitet “Iqtisodchi” gazetasida chop etildi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan barcha ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar «Iqtisodchi» gazetasining «O‘tgan oyning muhim voqyealari» rukni ostida bosilgan habarlarda o‘z aksini topgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari televidenie ko‘rsatuvlari va radio eshittirishlarida ham muntazam chiqishlar qildilar.

Kafedra katta o‘qituvchisi L. Ilhomjonov 5-10 mart kunlari Buxoro davlat universitetining 85 yillik yubileyi munosabati bilan “Universitet tarixi muzeyi”ni yaratishda yaqindan yordam berdi. 2016 yilning 16-18 may kunlari “18-may Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan Samarqand shahrida tashkil etilgan “XXI asr: muzey va ta'lim” mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminarda qatnashdi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari muntazam ravishda tashkil etib kelinayotgan hayriya xasharlariga va obodonlashtirish tadbirlariga faol qatnashib kelayaptlar. Shuningdek 12-13 mart kunlari tashkil etilgan umumxalq xasharida faol qatnashib universitetning belgilangan hududida daraxt va gul ko‘chatlari o‘tkazildi, daraxtlarga shakl berildi va oqlandi, beligilangan auditoriyalar tartibga keltirildi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari Chilonzor tumani mahallalaridagi diniy ekstremistik oqimga mansub oilalarni o‘rganish va ular bilan suhbat o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarda faol ishtirok etdilar.

O‘z navbatida 21 mart Navro‘z umumxalq bayramini, 1-may “Favvoralar kuni”ni universitetda tashkil etish va uni o‘tkazishda kafedra professor o‘qituvchilari N. Rahimbabaeva, M. Abdullaxanova, D. Sultonovalar dasturxon tuzatish, milliy taomlar tayyorlash va sahna ko‘rinishlari tayyorlashda L. Ilhomjonov, A. Obidovlar esa milliy buyumlar bilan  yaqindan yordam berdilar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari har yili mehnat ta'tili kunlarida universitetning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Iqtisodchi”  oromgohida ham madaniy ham jismoniy dam olib, sog‘liqlarini tiklash imkoniyatiga ega.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib borish

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari universitetga biriktirilgan va hamkorlik o‘rnatilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishga, o‘quvchilarda ona Vatanga muhabbat va sadoqatni shakllantirishda, Prezident ma'ruzalarini targ‘ib qilishda, millatimiz va tariximizga yot bo‘lgan turli illatlarga qarshi mustahkam immunitet hosil qilishga qaratilgan tadbirlarda, davra suhbatlarni tashkil etishda faollik ko‘rsatdilar.

2015 yil 4 noyabr kuni   TDIU  “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri f.f.d.prof A. Muxtarov boshchiligida  TDIU qoshidagi   akademik litseyda “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir“ mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Ma'naviy-ma'rifiy tadbirda, TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litsey direktori, i.f.d.prof. O.Abduraxmonov, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari E. Xolmatov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Sh. Karimova, TDIU professor-o‘qituvchilari dots. Sultonov, A.Obidov hamda litsey professor-o‘qituvchilari va 60 ta litsey o‘quvchilari ishtirok etdilar.

TDIU “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri f.f.d.prof  A.Muxtarov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” nomli kitobning asosiy g‘oyasi, mazmun  va mohiyatini litsey o‘quvchilariga tushuntirib berdi.

2015 yil 1 dekbr kuni “Quyi Chirchiq ijtimoiy-iqtisodiy va xizmat ko‘rsatish” kasb-hunar kollejida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 23 yilligi munosabati bilan  “Konstitutsiya – hayotimiz bosh mezoni” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirda Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori I.Saifnazarov, dotsent T.Sultonov va assistent A.Obidovlar ma'ruza qildilar.

2015 yil 2 dekabr kuni R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa  akademik litseyida “Konstitutsiya-ta'lim taraqqiyotining huquqiy kafolati” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiya a'zosi  Sh. Yakubov, shuningdek Glier nomidagi akademik litseyining ijtimoiy-gumanitar fanlari kafedrasining o‘qituvchilari va o‘quvchilari hamda TDIU “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari  I. Saifnazarov, T.Sultonov, A.Obidovlar ishtirok etdilar.

Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati  Shuxrat Yakubov so‘zga chiqib, “Konstitutsiya-bilim olishning xuquqiy asosi” mavzusida,  faylasuf-iqtisodchi, f.f.d.prof. I. Saifnazarov “Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” mavzusida qisqacha ma'ruza qildilar. Ma'ruzadan so‘ng litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilari  Konstitutsiya haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

2015 yil 4 dekabr kuni TDIU “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari  “Toshkent radiotexnika va avtomatika kasb-hunar kolleji”da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan  “Konstitutsiya – hayotimiz bosh mezoni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida kollej direktori  B.I. Ziyamuxamedov, ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha direktor muovini K.R. Nasriddinova, Ijtimoiy-gumanitar fanlari kafedrasi mudiri Z.Z. Jabborova, kollej professor-o‘qituvchilari va o‘quvchilari hamda TDIU professor-o‘qituvchilari f.f.n.dotsent N.A. Raximbabaeva, f.f.n.,dots T.Sultonov, ishtirok etdilar. Tadbirda  TDIU dotsenti  N. Raximbabaeva so‘zga chiqib, Konstitutsiyaning hayotbaxsh kuchi, barqarorlashtiruvchi ta'siri kundan-kunga ortib borishi, Konstitutsiya oliy darajadagi hujjat sifatida davlatimizning qiyofasi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tuzumini, islohotlarning strategik yo‘nalishlarini, fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatini hamda ma'naviy qadriyatlarimiz asosini mustahkamlab berishda Konstitutsiya asosiy qonun ekanligini o‘quvchilarga nazariy va amaliy jixatdan tushuntirib berdi. Tadbir so‘ngida ayrim dolzarb bo‘lgan savollarga TDIU professor-o‘qituvchilari  o‘quvchilarga  batafsil javob berdi.

2015 yil 4 dekabr kuni “Toshkent Iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji”da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan  “Konstitutsiya – hayotimiz bosh mezoni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida kollej direktori  X.Muxiddinov, ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha direktor muovini S.Muxammadjonova, kollej professor-o‘qituvchilari va o‘quvchilari hamda TDIU professor-o‘qituvchilari f.f.n.dotsent N.A. Raximbabaeva, f.f.n.,dots T.Sultonovlar ishtirok etdilar.

2016 yil 8 iyun kuni Ma'naviyat targ‘ibot markazi Chilonzor tumani bo‘limi tashabbusi bilan “Toshkent radiotexnika va avtomatika kolleji”da  “Sog‘lom avlod tarbiyasida millatlararo totuvlikning o‘rni” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Ma'naviyat targ‘ibot markazi Chilonzor tumani bo‘limi rahbari A. Obidov, TDIU “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari prof. A. Muxtarov, A.Muzaffarov, Sh.Mamatqulov, kollej professor-o‘qituvchilari va 230 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda TDIU professori A. Muxtarov so‘zga chiqib, yurtimizda huqm surayotgan tinch va osoyishta hayot, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni saqlash, chegaralarimiz dahlsizligini asrash, uzoq va yaqin atrofimizdagi davlatlar bilan do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada yo‘lga qo‘yish kerakligini ta'kidlab o‘tdi. Tadbir so‘ngida ayrim dolzarb bo‘lgan savollarga professor-o‘qituvchilar   batafsil javob berdilar.

2016 yil 16 iyun kuni TDIU “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari A.Muxtarov, Sh. Mamatqulov, A. Muzaffarov, Ma'naviyat targ‘ibot markazi Chilonzor tumani bo‘limi tashabbusi bilan “Toshkent pedagogika kolleji”da “Milliy va diniy bag‘rikenglik-barqarorlik omili” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazdilar. Tadbirda kollej professor-o‘qituvchilari va 200 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar.  

2015-2016 o‘quv yilida kafedra tomonidan hamkorlikda AL va KHK bilan olib borilgan ilmiy seminar va davra suxbatlari, tashkil etilgan ma'ruzalar muvaffaqiyatli bajarildi. Hamda o‘tkazilgan tadbirlarning bayonnomalari universitet AL va KHK bilan hamkorlikda ishlash bo‘limiga yetkazildi.

 

Malaka oshirish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2015 yil 22 avgustdagi “2015 yilning sentyabr-dekabr oylarida o‘tkaziladigan Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari rejasi va tinglovchilar kontingentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 073-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2015-2016 o‘quv yilida o‘z rejalariga muvofiq malaka ishlarini olib bordilar. Kafedra mudiri, professor A. Muxtarov Respublika Bosh ilmiy metodik markazida 288 soatlik “Ta'lim tizimi menejmenti” qayta tayyorlash kursini o‘tadi. U ushbu qayta tayyorlash kursida ta'lim olib, I.A. Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma'ruzasidan kelib chiqadigan ustuvor yo‘nalishlarning mazmun va mohiyati mavzusida bitiruv ishi attestatsiyasini o‘tadi va ijobiy (62,4 ball) bahoga himoya qildi. 2015 yil sentyabr-oktyabr oylarida O‘ZMU PKTMOMMda katta o‘qituvchilar H. Doniyorov va L. Ilhomjonov har biri 288 soatlik “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘z malakasini oshirdilar. Katta o‘qituvchi H. Doniyorov “Huquqiy davlatda g‘oyaviy tahdidlarning yo‘nalishlar” mavzusi bo‘yicha bitiruv malakaviy ishi attestatsiyasida 76 ball bilan himoya qildi. katta o‘qituvchi L. Ilhomjonov esa “Matbuot asoslari” va “Dinshunoslik” fanining  ustuvor yo‘nalishlari mavzusida bitiruv ishi attestatsiyasida 70,6 ball bilan himoya qildi. Dots. G. Abdullaxanova 2015 yil noyabr-dekabr oylarida O‘zMUning PKTMOMMda 288 soatlik “Falsafa (etika, estetika, mantiq)” fani bo‘yicha qayta tayyorlash kursida ta'lim olib, “Ispolzovanie novûx pedagogicheskix texnologiy u prepodavanii temû «Problema sotsialnogo prognozirovaniya. Filosofskie problemû.» mavzusida bitiruv malakaviy ishi attestatsiyasini 77 ball bilan himoya qildi.  Assistent D. Sultonova 2016 yil mart-aprel oylarida O‘zMU, PKTMOMMda “Falsafa (etika, estetika, mantiq)” fani bo‘yicha qayta tayyorlash kursida 288 soatlik ta'lim olib “Nikoh va oilaning axloqiy asoslari” mavzusini amaliy mashg‘ulotlarni  o‘tish usuli” mavzusida bitiruv ishi attestatsiyasini 74 ball bilan himoya qildi.

Umuman xulosa qilib aytganda kafedra professor-o‘qituvchilarining ko‘pchiligi Respublika Bosh ilmiy metodik markazida, Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi PKQT va ularning MOTMda hamda O‘zMU huzuridagi Tarmoq mintaqaviy markazlarida malakalarini oshirib bitiruv malakaviy ishi attestatsiyalaridan muvaffaqiyatli o‘tdilar. Ushbu kafedra professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish ishlari  “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi umumiy yig‘ilishida ularning hisobotlari tinglanib borildi. O‘rganilgan ish tajribalarini ommalashtirish yuzasidan fikr-mulohazalari inobatga olinib ta'lim tizimiga joriy qilinmoqda.

E'lonlar

Bizga murojaat