telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Ilmiy kengash

Bosh sahifa » Ilmiy kengash

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 14.07.2016.I.03.01 raqamli
Ilmiy kengash to‘g‘risida

M A ' L U M O T 

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 16.07.2013.I.03.01 raqamli Ilmiy kengash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2013-yil 22-iyuldagi 004-i sonli qarori bilan tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisining 2016-yil 15-iyuldagi 57-sonli qaroriga asosan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 16.07.2013.I.03.01 raqamli Ilmiy kengash tarkibiga ayrim o‘zgartirishlar kiritilib, qayta tasdiqlangan va 14.07.2016.I.03.01 raqam bilan ro‘yxatga olingan.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 14.07.2016.I.03.01 raqamli Ilmiy kengashga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasini o‘tkazishga ruxsat berilgan:

08.00.01 - Iqtisodiyot nazariyasi;
08.00.02 - Makroiqtisodiyot;       
08.00.06 - Ekonometrika va statistika;
08.00.13 - Menejment (iqtisodiyot fanlari bo‘yicha)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining “Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash to‘g‘risidagi Nizom”iga asosan 14.07.2016.I.03.01 raqamli Ilmiy kengashning tarkibi 20 kishidan iborat etib belgilangan.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 14.07.2016.I.03.01 raqamli Ilmiy kengash asosida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha bir martalik ilmiy kengash tuzishga ruxsat berilgan: 
 
08.00.10 - Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti;
08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari bo‘yicha). 

Ilmiy kengash raisi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xodiev Baxodir Yunusovich;
Ilmiy kengash raisi o‘rinbosari Toshkent xalqaro Vestminster universiteti kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Shodiev Tursun Shodievich;
Ilmiy kengash ilmiy kotibi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Marketing kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi Samadov Asqarjon Nishonovich. 

Universitet huzuridagi 14.07.2016.I.03.01 raqamli Ilmiy kengash qoshida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha Ilmiy seminarlar faoliyat olib boradi:

08.00.01 - Iqtisodiyot nazariyasi va 08.00.02 - Makroiqtisodiyot;       
08.00.06 - Ekonometrika va statistika;
08.00.13 - Menejment. 

Ilmiy kengash qoshida tashkil etilgan malakaviy imtihon komissiyalari tomonidan quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihonlar qabul qilishga ruxsat etilgan: 

08.00.01 - Iqtisodiyot nazariyasi;
08.00.02 - Makroiqtisodiyot;       
08.00.06 - Ekonometrika va statistika;
08.00.13 - Menejment;
08.00.10 - Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti;
08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot. 

Ilmiy kengash manzili: 
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 
Ma'muriy bino, 4-qavat 11-xona.
Tel.: (+99871) 239-28-72.    

E'lonlar

Bizga murojaat